0‘zbekiston respublikasi oliy va 0‘rta maxsus ta’lim vazirligi
Mashina tarktor parklarining daromadlari va ishlab chiqarish xarajatlari
Download 1.24 Mb.
|
Qishloq xojalik infratuzilmasi
Mashina tarktor parklarining daromadlari va ishlab chiqarish xarajatlari
AJ MTPning ishlab chiqarish faoliyati natijasida korxona ola- digan foyda, amaldagi qonunchiliqka binoan barcha soliq va majburiy to‘lovlami to‘lagandan so‘ng, uning ixtiyorida qoladi va amaldagi qonunchilik muvofiq, aksiyalar bo‘yicha dividend to‘lashga yo‘naltirilishi mumkin. Dividend deb, barcha soliq va 200 majburiy toMovlami to'lagandan, qayta investitsiyalar amalga oshirilgandan so‘ng jamiyat tasarrufida qoladigan va aksiyador- lar orasida taqsimlanishi kerak bo‘lgan foyda qismi tushuniladi. Dividendlar jamiyat ixtiyoriga qolgan sof foyda va (yoki) o‘tgan yillardan taqsimlanmay qolgan foyda hisobidan to‘lanadi. Jamiyat har bir aksiya turi bo'yicha e’lon qilingan dividendlami to‘lashi shart. Aksiyadorlar umumiy yig‘ilishi qaroriga binoan, dividendlar pul ko‘rinishida yoki boshqa qonuniy to‘lov vositasi ko‘rinishida to‘lanishi mumkin. Dividendlar aksiyadorlar orasida ularga tegish- li aksiyalar soni va turiga mutanosib ravishda taqsimlanadi. AJ MTPning umumiy yig‘ilishi qaroriga muvofiq, joylashtiril- gan aksiyalar bo‘yicha dividendlami har chorakda, yarim yilda yoki yilda bir marotaba to‘lashga haqli. Quyidagi holatlarda jamiyat dividend to‘lash (e’lon qilish) haqida qaromi qabul qilishga haqli emas: Jamiyat Ustav jamg‘armasi to'liq shakllanmaguncha; Dividend to‘lab berish paytida jamiyatda qonunda belgilan- gan nochorlik belgilari mavjud boMsa yoki bunday to‘lov amalga oshirilishi natijasida Jamiyatda nochorlik belgilari pay do bo‘lishi mumkin bo‘lsa; Jamiyatning sof aktivlari qiymati uning Ustav va Zaxira jamg‘armalaridan kam bo‘lsa; Jamiyat chiqargan imtiyozli aksiyalar Jamiyat foydasi miq- doridan qatiy nazar, hamda Jamiyat tugatilgan taqdirda (tugatish qiymati) aksiya nominal qiymatining 20% miqdorida dividend olishga huquq beradi. Imtiyozli aksiyalar bo‘yicha dividendlar ushbu maqsadlar uchun shakllantirilgan maxsus jamg‘arma hisobidan to‘lanishi mumkin. Oddiy aksiyalar bo'yicha to‘lanayotgan dividendlar miq- dori imtiyozli aksiyalar bo‘yicha to‘lanadigan miqdordan oshib ketsa, aksiyadorlar Umumiy yig‘ilish qarori bilan imtiyozli aksiyalar egalariga to'lanadigan dividendlar miqdori oddiy aksiyalar egalariga to‘lanadigan dividendlar miqdoriga tenglashtirilishi mumkin. Yillik dividendlami to‘lash, dividend miqdori va toTash shak- li to‘g‘risidagi qaror AJ MTPning kuzatuv kengashi tavsiyasiga ko‘ra aksiyadorlar umumiy yig‘ilishi tomonidan qabul qilinadi. Yillik dividendlar miqdori jamiyat kuzatuv kengashi tavsiya et- gan miqdordan katta bo‘lishi mumkin emas, shu bilan birga, ushbu dividendlar miqdori toTangan oraliq dividendlar miqdoridan kam bo‘lma«ligi kerak. Dividendlami toTash muddati bunday qaror qabul qilingan kundan boshlab 60 kundan oshmasligi kerak. Dividendlami to‘lashda, birinchi navbatda imtiyozli aksiyalar bo‘yicha dividendlar to‘lanadi, so‘ng oddiy aksiyalar bo‘yicha dividendlar tulanadi. Dividend egasi, uning qonuniy vorisi yoki merosxo‘ri tomonidan talab qilinmagan dividendlar, belgilangan da’vo ber- ish muddati tugagandan so‘ng, aksiyadorlar Umumiy yig‘ilishi qa- roriga binoan Jamiyat tasarrufida qoldiriladi. Dividendlar to‘lash haqida qaror qabul qilgan Umumiy yig‘ilishni o‘tkazish uchun tuz- ilgan Jamiyat aksiyadorlari reestrida qayd etilgan aksiyadorlariga- gina ushbu dividendlami olish huquqiga ega bo‘lishadi. AJ MTPda kerakli miqdorga etguncha, yillik sof foydaning 5% ni ajratish yo‘li bilan ustav jamg‘armasi miqdorining 15% miq- dorida zaxira jamg'armasi shakllantiriladi. Zaxira jamg‘armasi mablag‘lari ziyonlami qoplash, jamiyat obligatsiyalarini sotib olish, sof foyda etmaganda imtiyozli aksiyalar bo‘yicha dividendlar to‘lash va amaldagi qonunchilikka binoan bunday huquqqa ega aksiyadorlar talabiga ko‘ra aksiyalami qayta sotib olishga mo‘ljallangan. Zaxira jamg‘armasi mablagTarini boshqa maqsad- larga ishlatishman etiladi. Zaxira jamg‘ armasi mablag‘lari qisman yoki to‘liq sarflangan bo‘lsa, sof foydadan ajratmalar tiklanadi. AJ MTPning moliyaviy-xo‘jalik faoliyati ustidan nazoratni aksiyadorlar umumiy yig‘ilishi tomonidan korxona ustaviga muvo- fiq bir yilga tayinlangan va uch kishidan iborat taftish komissiyasi amalga oshiradi. Jamiyat taftish komissiyasi vakolatlari amaldagi qonunchilik va mazkur ustav bilan belgilanadi. AJ MTPning taftish komissiyasi faoliyati tartibi, aksiyadorlar umumiy yig‘ilishi tomonidan tasdiqlangan Nizomga mufoviq tartibga solinadi. Uning moliyaviy-xo‘jalik faoliyatining yillik yoki boshqa davr uchun imlijalarini tekshirish (taftish) taftish komissiyasi tashabbusi bi- Ian, aksiyadorlar umumiy yig‘ilishi, kuzatuv kengashi yoki Jami- yatning ovoz beruvchi aksiyalaming o‘n foizidan каш bo‘lmagan uksiyalar egasi (egalari) talablariga asosan amalga oshiriladi. Taftish komissiyasi, o‘ziga yuklatilgan vazifalami bajarish jarayoni- da korxonada hech qanday lavozimni egallab turmagan mustaqil ekspertlami jalb etishgahaqli. Taftish komissiyasi talabiga ko‘ra, korxonaning boshqaruv organlarining mansabdor shaxslari moliyaviy-xo‘jalik faoliyatga tegishli barcha hujjatlami taqdim etishlari shart. Taftish komissiyasi, amaldagi qonunchilikka muvofiq, navbatdan tashqari aksiyadorlar umumiy yig'ilishi chaqirtirishni talab etishga haqli. Taftish komissiyasi a’zolari bir vaqtning o'zida Kuzatuv kengashi a’zosi boTishlari mumkin emas, shuningdek, AJ MTP boshqaru- vida boshqa lavozimni egallashga haqli emas. Kuzatuv kengashi a’zolariga va boshqaruv organlarida lavozimga ega shaxslar ak- siyalari taftish komissiyasi a’zolarini saylaganda ovoz berishda ishtirok etmaydi. Aktivlaming balans qiymati bir milliard so‘mdan oshsa, korxonada ichki audit xizmati tashkil etiladi. Ichki audit xizmati jamiyat kuzatuv kengashiga hisobot beradi. Ichki audit xizmati ijroiya organi, vakolatxona va filiallar ishini qonunchilikka, ta’sis va boshqa hujjatlar talablariga rioya qilish- larini, buxgalteriya hisobida va moliyaviy hisobotlarda ma’lumot toTiq va to‘g‘ri aks ettirilishini, xo‘jalik faoliyatini amalga oshi- rishda belgilangan qoida va talablami bajarilishini, aktivlar but- ligini, hamda jamiyatni boshqarish bo‘yicha qonunchilik bilan belgilangan talabalarga rioya qilinishini tekshirish va monitoring olib borish yoTi bilan baholaydi va nazorat qiladi. Ichki audit xizmati o‘z faoliyatini O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi to- monidan belgilangan tartibga asosan olib boradi. AJ MTP, O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligi bilan belgilangan tartibda buxgalteriya hisobini olib borishi va moliyaviy hisobotlami taqdim etishi shart. Qonunchilikka ko‘ra, korxonada buxgalteriya hisobini tashkil etilishi, holati va haqqoniyligi, te- 203 gishli idoralarga o‘z vaqtida yillik hisobot va boshqa moliyaviy hisobotlami, hamda aksiyador, kreditor va ommaviy axborot vosi- talariga faoliyat bilan bog‘liq boshqa ma’lumotlami taqdim etish uchun javobgarlik Boshqaruv zimmasiga yuklatiladi. Aksiyador- lar umumiy yig‘ilishiga taqdim etilayotgan yillik hisobot, buxgal- teriya balansi, foyda va ziyonlar hisobidagi ma’lumotlar to‘g‘riligi jamiyat taftish komissiyasi tomonidan tasdiqlangan bo‘lishi shart. AJ MTP ko‘rsatilgan hujjatlami e’lon qilishdan avval, har yilgi tekshirish va moliyaviy natijalami tasdiqlash uchun, jamiyat va uning aksiyadorlari bilan mulkiy manfaatlar orqali bog‘liq bo‘lmagan auditorlik tashkilotini taklif etishi shart. Korxonaning yillik hisoboti aksiyadorlar yillik umumiy yig‘ilish o‘tkazilishidan kamida 30 kun avval kuzatuv kengashining dastlabki tasdig‘idan o‘tishi shart. I Download 1.24 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling