0‘zbekiston respublikasi oliy va 0‘rta maxsus ta’lim vazirligi
-Rasm. Qishloq xojaligini texnika vositalari bilan ta’minlanganlik darajasini belgilovchi ко ‘rsatkichlar tizimi1
Download 1.24 Mb.
|
Qishloq xojalik infratuzilmasi
10-Rasm. Qishloq xojaligini texnika vositalari bilan ta’minlanganlik darajasini belgilovchi ко ‘rsatkichlar tizimi1
AJ MTPlarida mashinalardan foydalanish samarasi nafaqat ulaming ekspluatatsiyasi, texnik tavsifi, balki ulardan foydalanish- da qancha jonli mehnatni siqib chiqarishi, mashinalaming mehnat sig‘imiga va ulami yaratishga sarflangan mehnat bilan ulami qo‘llash natijasida olingan mehnat o‘rtasidagi farq qanday dara- jaga tengligiga bog‘liq. Birinchi ko‘rsatkich mashinalardan foydalanish davrida, ik- kinchisi ishlab chiqarish jarayonida, uchunchisi xalq xo‘jalik tarmog‘ida nomayon bo‘ladi. Ayrim bir tarmoq, ya’ni uni ishlab chiqarish yoki undan foydalanish jarayoni nuqtayi nazaridan mashinalar samaradorligini boholash nisbiylik kasb etadi. Qishloq xo’jaligida texnika vositalaridan foydalanish samar- dorligini baholash ko‘p qirrali masala bo‘lib, unga qo‘yilgan maqsadga muvofiq aniqlash, natijalami turli ko‘rinishda bo‘lishini keltirib chiqaradi. Bu esa qishloq xo‘jaligida texnika vositalaridan foydalanish samaradorligini baholash masalaga majmuali yon- dashuvni taqozo etadi. Qishloq xo‘jlik texnikalaridan foydalanish samaradorligini ba- holashda tarmoqni texnika vositalari bilan ta’minlanganlik daraja- si muhim ahamiyat kasb etadi. Chunki, ta’minotning qay darajada bo‘lishligi texnikalaridan foydalanish samaradorligini provard natijani shakllantiradi. Shu nuqtayi nazardan qishloq xo‘jaligini texnika vositalari bilan ta’minlanganlik darajasini belgilovchi ko‘rsatkchilar olib borilgan tadqiqotlar asosida tizimlashtirildi. Qishloq xo‘jaligida texnikani yangilashning ikki shaklini ajra- tib ko‘rsatish mumkin: Birinchidan yaroqsiz holga kelgan eski tehnikalami tanlab almashtirish. Ikkinchisi miqdor jihatdan eskisidan farq qilmaydigan, o‘zining texnik-ekspluatsiya xususiyati bo‘yicha nisbatan yuqori bo‘lgan, yangi zamonaviy texnika bilan almashtiriladi. Ba’zi hollarda mashinalar parkini bir muncha, yani agrotexnik ishlami qisqa muddatlarda yahshi bajarishni ta’minlash maqsa- dida zarur miqdorlargacha ko'paytirish mumkin bo‘ladi. Bunday jarayon har qanday korxona faoliyatida tabiy holat bo‘lib hisob- lanadi. Mavjud texnikani yangilashni ikkinchi shakli ilmiy tehnik taraqqiyot yutuqlarini o‘zida mujassamlagan yangi zamonaviy texnika bilan almashtirish hisoblanadi. Bunday texnika odatda o‘zining texnik-iqtisodiy ko‘rsatkichlari bo'yicha eski qo‘llanilgan texnikadan keskin farq qiladi. Har qanday holatda ham tehnikani yangilash ishlab chiqarishning ilg‘or innovatsion texnologiyalarga yo‘naltirilgan bo‘lishi lozim. Fenner xo‘jaliklarida texnikadan foydalanish samaradorlig- ini aniqlashda o‘rtacha ko‘rsatkichlar qo‘llanilmoqda. MTPlar- dan foydalanish samaradorligini baholash va tahlil qilish uchun ko‘rsatkichlar tizimi sodda, keng mutaxassislar ommasiga tu- shunarli bo‘lishi lozim va shu asosda mexanizatsiya vositalaridan foydalanish samaradorligini oshirish bo‘yicha bir qator tadbirlami belgilash va rejalashtirish kerak. Umuman olganda mashina traktor parkidan foydalanish samaradorligini tahlil qilish va umumiy baholashda asosan bir yil yoki bir necha yil uchun korxonalaming yillik yoki bir necha yillar bo‘yicha yig‘ma hisobot ma’lumotlari bo'yicha o‘tkaziladi. Fermer xo‘jaliklarida texnikani foydalanishning iqtisodiy samaradorligini bir-muncha to‘la ta’riflash uchun hisob-hisobot va reja hujjatlari asosida hisob kitob qiladigan haqiqiy va reja - me’yoriy ko‘rsatkichlar qo‘llaniladi. Me’yomomalami, reja topshiriqlami bajarish darajasi va MTP foydalanish darajasini ta’riflovchi amaliy va reja me’yoriy ko‘rsatkichlar nisbatini ifodalovchi nisbiy miq- dorlar juda muhim hisoblanadi. Ko‘rsatkichlar tizimini tahlil qilish, texnikadan har tomonlama foydalanishni tadqiq etish imkoni- yatlarini beradi. U yoki boshqa ko‘rsatkichlar va o‘lchovlami tahlil etish uchun qaysi obyektlar, qaysi foydalanish davri olingan, baja- rilgan ishlami miqdori va tarkibi qandayligiga qarab tanlab olinadi. Bunda alohida turdagi mashinalar bo‘yicha olingan ba’zi tahliliy ko‘rsatkichlar, butun bir agregatlar guruhi, mashinalar majmuasi, Ыг xil markali traktorlar yoki butun traktorlar parki ishini baholash- da, (lekin odatda boshqa o'lchov birliklarda) qo‘llanilishi mumkin. Agarda bir agregatning muayyan ishini haqiqiy bajarilishini aniq birliklar hisobida (ga, s, tn, tn-km, va boshqalarda) o‘lchansa, bu- lun traktorlar parki bo‘yicha ishni muayan davr uchun bir qancha ishlar bo‘yicha faqatgina umumlashtiruvchi o‘lchovlarda, masa- lan, etalon traktor bilan, shartli haydalgan gektarlarda ifodalash mumkin. Mashina traktor parkidan foydalanish samaradorligini tahli- li qilishda qishloq xo‘jalik ishlab chiqarishi natijalarini alohida resurs turlari va joriy ishlab chiqarish sarflari bilan taqqoslash maqsadga muvofiq bo‘ladi. Masalan o‘simchiIikda ishlab chiqil- gan yalpi mahsulot qiymatini, 100 ga shudgorga, MTPning 1000 so‘mlik qiymatiga, uni ishlab chiqarishning 1000 so'mlik sarfiga, bir o‘rtacha yillik mehanizatorga, o‘simchilikdagi 1 ishchi kuni mexnati sarfiga va hokozo hisobida qaralishi mumkin. SHunday qilib, texnikani foydalanish samaradorligini tahlil qilishda quyi- dagilami rejalashtirish va hisobga olish zarur: mashina va agregatlarda ish bajarish, mexanizatsiyalashgan ishlar hajmi; ish vaqti fondi, undan foydalanish, ishlami bajarish muddat- lari; mexanizatorlar va yordamchi xodimlar mehnat sarfi; eksplutatsiya sarf-xarajatlari; yoqilg‘i - moylash materiallari harajatlari. Undan tashqari, ulardan biri texnika bo‘lgan, ishlab chiqarishning ko‘pgina omillarining o‘zaro ta’siri natijasi bo‘lib hisoblan- gan va qishloq ho‘jaligi ishlab chiqarishining asosiy natijalarini tavsiflovchi, ko‘rsatkichlami qoMlash lozim bo‘ladi. «Qishloq xo‘jaligining moddiy-texnika bazasi» deganda nimani tushunasiz? Qishloq xo‘jaligida lizing munosabatlari qanday tartibda shakllanadi? Qishlo q xo ‘j aligi korxonalari moddiy-texnika ta ’ minotining tashkiliy omillari nimlaardan tashkil topadi? ASMda transportdan foydalanishning o‘zigaga xos xususi- yatlari nimalardan iborat? AJ MTP о ‘ z faoliyatini va oldida turgan vazifalami amalga oshirish uchim qanday huquqlardan foydalanadi. AJ MTPning ishlab chiqarish faoliyatining tashkiliy-iqti- sodiy asoslarini yoritib bering. Fenner xo‘jaliklarida tehnikani yangilashning qanday shakllari mavjud? AJ MTPlarida texnikadan samarali foydalanish afzalliklari nimalardani iborat? Download 1.24 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling