0‘zbekiston respublikasi oliy va 0‘rta maxsus ta’lim vazirligi


Download 1.24 Mb.
bet42/78
Sana31.01.2023
Hajmi1.24 Mb.
#1143365
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   78
Bog'liq
Qishloq xojalik infratuzilmasi

Birinchi yo‘nalish. Turli xil yo‘nalishlarda fermer va dexqon xo‘jaliklari va boshqa agrar tadbirkorlik subyektlariga maslaxatlar berish bilan shug‘ullanayotgan markazlar. Jumladan, agronomiya va tuproq unumdorligi, o‘simliklami himoya qilish, ilg‘or agro- texnologiyalar, naslchilik ishlari irigatsiya va milioratsiya bo‘yicha va boshqalar.
lkkinchi yo‘nalish. Moliyaviy, buxgallcriya va huquqiy huj- jatlami tayyorlab berish hamda ular talabnomalari asosida xiz­mat ko‘rsatish va mahsulotlar topshirish shartnomalari bo‘yicha to'lovlar va tushumlami undirishga amaliy yordam ko‘rsatish yo‘nalishlarida faoliyat yuritayotgan markazlar. Masalan, biznes- rejalar tayyorlab terish, bankdan krcdit olish uchun hujjatlar tay­yorlab berish, investitsiya uchun tcxnik-iqtisodiy asosnoma tay- yorlash, buxgalteriya xizmatlarini bajarish va boshqalar.
Uchinchi yo‘nalish. Qishloq xo‘jaligi tovar ishlab chiqaruvchi- lami va boshqa iste’molchilami turli xildagi ma’lumotlar va ax- borotlar bilan ta’minlash. Jumladan, qishloq xo‘jaligi mahsulotlari narxlari, moddiy-texnika resurslari narxlari, yangi texnika vosita- lari va ilg‘or texnologiya, biostimulyatorlar, shuningdek, ob-havo va iqlim to‘g‘risidagi ma’lumotlar va boshqalar.
Ta’kidlash joizki, hududlarda faoliyat ko‘rsatayotgan axborot- konsaltining markazlari xizmat ko‘rsatish jarayoni bir xil tashkil etilmagan bo‘lib, ayrim chekka hududlarda bunday markazlar faoliyati talab darajasida emas. Ayrim yo‘nalishlardagi xizmat­larga, jumladan, qishloq xo‘jaiigi mahsulotlari marketingi xiz- mati hamda xizmat ko‘rsatish va mahsulot topshirish shartnoma- lari bo‘yicha to'lovlar va tushumlami undirishga amaliy yordam ko‘rsatish (ikkinchi yo‘nalish) sohasini takomillashtirish talab eti- ladi. Ayrim markazlar tashkiliy tuzilmasida marketing bo‘limi ham- da xizmat ko‘rsatish va mahsulot topshirish shartnomalari bo‘yicha to‘lovlar va tushumlami undirishga amaliy yordam ko‘rsatish (gu- ruhi) yo‘nalishi ko‘zda tutilgan bo‘Isa, boshqalari bunday guruhlar faohyatini qo'llab-quwatlash talab etiladi. Shuningdek, markaz mutaxassislari xizmat ko‘rsatiladigan hudud to‘g‘risida to‘liq ma’lumotga ega emas va marketing tadqiqot olib borish doimiy ra- vishda olib borilmaydi.
Shu bois, axborot-konsalting markazlari tarkibida “Marke­ting tadqiqotlari o‘tkazish va axborotlar to‘plash bo‘limi” hamda xizmat ko‘rsatish (ish bajarish) va mahsulot topshirish shartnoma­lari bo‘yicha to'lovlar va tushumlami undirishga amaliy yordam ko‘rsatish guruhini tashkil etish maqsadga muvofiq bo‘hb, ushbu bo‘lim va guruh mutaxassislarining vazifalari aniq belgilanishi lozim. Ta’kidlash joizki, respublikamizda fermer xo‘jaliklari yer maydonlari hajmini maqbullashtirish maqsadida qator tashkiliy- iqtisodiy tadbirlar amalga oshirilgan bo‘lsada, ba’zi tumanlarda fer- merlar Kengashi qoshida tashkil etilgan axborot-konsalting markaz­lari to‘laqonli faoliyat ko‘rsatayotgan bo‘lib ular tashkiliy-moddiy jihatdan ko‘makka muxtoj hisoblanadi.
Axborot-konsalting markazlarida hududidagi talabni aniqlash uchun markazlarda buyurtmalar portfelini shakllantirish maqsadga muvofiq bo‘ladi, bunda axborot-konsalting markazi xodimlari to- monidan kelayotgan yil uchun hududda faoliyat yuritayotgan qishloq tovar ishlab chiqamvchilardan buyurtmanomalar yig‘ish orqali ta­labni aniqlash mumkin. Buyurmalar portfelini yuqorida qayd etilgan uch yo‘nalish bo‘yicha shakllantirilish tavsiya etiladi.
Axborot-konsalting markazlari faoliyatini barqarorlashtirish, ular ko‘rsatayotgan xizmatlarga talabni oshirish ko‘p jihatdan xizmat ko'rsatishning metodologik jihatdan nisbatan zamonaviy va inno- vatsion tizm va shakllarini qo‘llashga bog'liq bo‘lib qolmoqda.


  1. Download 1.24 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   78




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling