0‘zbekiston respublikasi oliy va 0‘rta maxsus ta’lim vazirligi


BOB-QISHLOQ ISHLAB CHIQARISH INFRATUZILMA XIZMATLARI TIZIMIDA AXBOROT VA KONSALTING TA’MINOTINI TASHKIL ETISH


Download 1.24 Mb.
bet40/78
Sana31.01.2023
Hajmi1.24 Mb.
#1143365
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   78
Bog'liq
Qishloq xojalik infratuzilmasi

BOB-QISHLOQ ISHLAB CHIQARISH INFRATUZILMA XIZMATLARI TIZIMIDA AXBOROT VA KONSALTING TA’MINOTINI TASHKIL ETISH

  1. Infratuzilma tizimida axborot-konsating markazi xizmatlarining o‘rni va unga bo‘lgan talabni aniqlash

uslubiyoti
Qishloq xo‘jaligida bosqichma-bosqich olib borilayotgan is- lohotlar va erkinlashtirish jarayonlari soha iqtisodiyotini yuk- saltirishga, ishlab chiqarish samaradorligini oshirishga, fermer va qishloq tadbirkorlarining mavjud resurslardan oqilona va samarali foydalanishni tashkil etgan holda iqtisodiy-moliyaviy qudratini mustahkamlashga olib kelmoqda.
Bugungi kunda Prezidentimiz va hukumatimizning bir qator qaror va farmoyishlar asosida agrar sohada tadbirkorlik subyektla- rini axborot bilan ta’minlash va ularga turli maslahatlar ko‘rsatish tizimini rivojlantirish borasida majmuali chora-tadbirlar amalga oshirilib kelinmoqda. Fermer xo‘jaliklarga xizmat ko‘rsatuvchi zarur infratuzilmalar, jumladan, axborot-konsalting marka- zlari tashkil etish asosida ularga xizmatlar ko‘rsatishning yo‘lga qo‘yilishi, shimday tadbirlar jumlasiga kiradi. Darhaqiqat, mam- lakat agrar sohasida kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivoj- lantirishga qaratilgan chora-tadbirlar tarkibida, fermer va dehqon xo‘jaliklariga xizmat qiluvchi infratuzilma obyektlarini barpo qilishga ustuvor vazifa sifatida e’tibor qaratilishi, bu sohaning muhim amaliy ahamiyatga egaligidan dalolat bermoqda. Yurt- boshimiz ta’kidlaganidek, “...Iqtisodiyotimizda tub demokratik va bozor islohotlarining amalga oshirilayotgani, xususiy mulkka keng yo‘l ochib berish, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik, qishloq xo‘jalik sohasida hal qiluvchi kuchga aylanib borayotgan fermer- likni rivojlantirish uchun qulay sharoitlar, imtiyoz va preferensiya- lar yaratish, xususiy mulk va mulkdorlar huquqlarini himoya qilish
bo'yicha ko‘plab qonun hujjatlari qabul qilingani muhim prinsipial ahamiyatga ega bo‘ldi.”
Tahlillar ko‘rsatishicha, bir qator fermer xo‘jaliklari yuqori ishlab chiqarish ko‘rsatkichlariga erishganligi bilan aksariyat ho- latlarda ulaming moliyaviy ahvoli pastligicha qolmoqda. Bunday xo‘jaliklar faoliyatining tahlil natijalariga ko‘ra, ulaming bun- day vaziyatga tushib qolishga boshqa omillar bilan bir qatorda xo‘jalik rahbarlaming bilimi, kasbiy mahorati, tajribasi talab dara- jasida emasligi hamda xo‘jalik faoliyatini boshqarish uchun zarur ma’lumot va axborotlar bilan ta’minlash masalasi yaxshi yo‘lga qo‘yilmaganligi hisoblanadi. Bu o‘z navbatida xo‘jaliklarda tnav- jud yer va suv, moddiy-texnik, moliyaviy va mehnat resurslaridan va boshqa mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanilmaslikka olib kelmoqda.
Faqatgina doimo o‘z bilim, malakasini doimo oshirib borayot- gan va yuqori darajadagi kasbiy mahoratga ega bo‘lgan rahbar yoki mutaxassisgina xo‘jalik faoliyatiga oid oqilona va to‘g‘ri qarorlar qabul qilishni, xo‘jalik ishlab chiqarish yo‘nalishi va rivojlanish strategiyasini to‘g‘ri belgilashga, ishlab chiqarishga innovatsion g‘oyalar joriy etgan holda yer, suv, mehnat va moliyaviy resurslar- dan samarali foydalanishni tashkil etishi mumkin.
Bu hoi bozor iqtisodiyoti sharoitida har qanday xo‘jalik yuritish subyekti kabi, fermer va dehqon xo‘jaliklari ham o‘z faoliyatini sa­marali у o‘ lga qo ‘ yishi uchun ma ’ lum bir axborot va ma’ lumotlarga, xizmat ko'rsatish tizimiga ehtiyoj sezadi. Eng kerakli axborotlarga o‘z vaqtida va muntazam ega bo‘lgan fermer va dehqon xo‘jaligi esa kuchli raqobat sharoitida yashovchanlik va moslashuvchanlik xususiyatlarini saqlab qolgan holda barqaror faohyat ko‘rsata oli- shi mumkin.
Shuning uchun axborot-konsalting markazlari faoliyati tash- kiliy-iqtisodiy mehanizmini bozor qonunlari asosida takomil- lashtirish, ular faoliyatini qishloq xo‘jaligi ishlab chiqaruvchilar faoliyatining yakuniy natijasi bilan uzviy bog‘lovchi iqtisodiy mexanizmni shakllantirishga ehtiyoj sezilmoqda.
210
Xo‘jalik menejeri boshqaruvchisiga oid bunday xislatlami fermer xo‘jaligi rahbari yoki mutaxassislarida shakllantirish ko‘plab rivojlangan mamlakatlarda axborot-konsalting xizmatlari ko‘rsatuvchi axborot-konsalting markazlariga yuklatilgan. Bugun- gi kunda respublikamiz agrar sohasida axborot konsalting markaz- larini rivojlantirish quyidagi rnuammolami hal etishga imkon be- radi, ya’ni:

  • Zamonaviy ilmiy-tadqiqot ishlari va qishloq xo‘jaligi amali- yotida erishilgan yutuqlami keng targ‘ib etish;

  • Agrar soha tadbirkorlik subyektlari, fermer va dehqon xo‘jaliklariga fan-texnika yangiliklari, mehnatni va ishlab chiqa- rishni tashkil etish va boshqarish bo‘yicha ilg‘or tajriba va ilmiy amaliy tavsiyalardan foydalanish va amaliyotga joriy etishga sha- roit yaratish;

  • Xuquqiy, me’yoriy, iqtisodiy-moliyaviy, tashkiliy-agro- texnologik hujjatlar, standart va tartib-qoidalar borasidagi ma’lumotlar bazasini shakllantirish, ulami davriy va uzluksiz yangilab borish hamda ulardan agrar tadbirkorlik subyektlarining foydalanishiga imkon yaratish;

  • Agrar tadbirkorlik subyektlari va birinchi navbatda fermer xo'jaliklariga sifatli, arzon va ishonchli resurslar manbaini izlab topishga va ulardan foydalanish, xarid qilish tartib-qoida va yo‘llarini o‘zlashtirishga;

  • Qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishga innovatsion loyihalar asosida ilg‘or g‘oya va agrotexnologiyalarini joriy etishga va in- fratuzilma xizmatlaridan foydalanish yo‘nalishlari, tartib va shart- sharoitlarini bilishga;

  • Xo‘jalik tarmoqlarini diversifikatsiyalash yo‘nalishlarini o‘rganish, innovatsion jozibadorligini oshirish va investitsiyalami jalb etishni kengaytirishga;

  • Zarur bo‘lgan paytlarda turli yo‘nalishdagi (huquq, iqtisod, moliya, menejment, marketing, eksport-import, standart va boj- xona, agrotexnologiya, zootexniya, veterinariya, texnika va agro-

texnologiya va boshqa yo‘nalishlar) malakali mutaxassislar masla- hatidan foydalanish imkoniyatlariga ega bo‘lishga;

  • Agrar fanni moliyalashtirish ilmiy-tadqiqot institutlari - kadrlar tayyorlash va malakasini oshirish tizimi - yangiliklami amaliyotga joriy etish kabi jarayonlarini yagona tizim asosida uyg‘unlashgan holda tashkil etishga va boshqalar.

Axborot-konsalting markazlari o‘z ustavi va belgilab olgan va- kolati bo‘yicha turli yo‘nalishdagi xizmatlarni amalga oshirishi mumkin:

  • Agrar tadbirkorlik subyektlariga turli yo‘nalishlarda masla- hatlar berish;

  • Agrar tadbirkorlik subyektlari so‘rov va talabnomalar bo‘yicha axborotlarni uzatish-yetkazish, analitik xisobot, buxgal- teriya hisob-hisobotlarini tayyorlash, turli yo‘nalishlarda tadqiqot- lar o‘tkazish, ular asosida xulosa va takliflar tayyorlash;

  • Qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishi sohasida erishilgan yuqori natijalami, shuningdek, innovatsion loyiha va ilg‘or ishlanmalami OAV larida targ‘ib etish va ommalashtirish;

  • Davriy, mavsumiy va muntazam ravishda turli yo‘nalishlarda ko‘rik, ko‘rgazma, tanlov, yarmarka va namoyishlami tashkil etish, ilmiy-texnikaviy axborot xizmatlari ko‘rsatish;

  • Qishloq xo‘jaligi mutaxassislari, fermer va dehqon xo‘jaliklari rahbar, xodim va mutaxassislami tayyorlash, o‘qitish, qayta o‘qitish va malakasini oshirishga yo‘naltirilgan qisqa, uzoq va o‘rta muddatli o‘quv-seminar-treninglarini tashkil etish, respub- lika va xalqaro miqyosda anjumanlar uyushtirish;

  • Markazda shakllantirishgan ma’lumotlar bankini (belgilan- gan tartib-qoidaga rioya qilgan holda) byulleten, axborotnoma, uslubiy va amaliy qo‘llanmalarda chop etish, ilg‘or tajriba va in­novatsion agrotexnologiyalar asosida mahsulot yetishtirish va xiz- mat ko‘rsatishga bag‘ishlangan amaliy, o‘quv-uslubiy filmlami tayyorlash va boshqalar.

Shu bois, qishloq xo‘jaligida axborot-konsalting xizmati (AKX) ко ‘rsatish tizimining asosiy maqsadi—fermer va dehqon xo ‘ j aliklari
212
rahbarlari va boshqa barcha agrar soha tadbirkorlariga xo‘jalik faoliyatini tashkil etish, yuritish va boshqarish hamda istiqbolini belgilashga oid tashkiliy, iqtisodiy, moliyaviy, agrotexnologik va boshqa qarorlar qabul qilishda ularda nisbatan obyektiv fikr, tasav- vur, qarash va g‘oyalami shakllantirish va oqilona hamda to‘g‘ri qaror qabul qilishlariga ko‘maklashish maqsadida axborotlar ma- muini ma’lum tartib, qoida tizim va tasnif hamda tamoyillar aso- sida yetkazishdan iborat.
0‘z vaqtida olingan ma’lumot tadbirkorlik subyektlarining mexnat va ishlab chikarini tashkil etish, infratuzilma ko‘nikmalari xizmatidan foydalanish, arzon va sifatli resurslardan bahramand bo‘lish, fan yangiliklari va yangi texnika, agrotexnologiya ham­da innovatsion loyihalami jalb etish asosida mahsulot raqobat- bardoshligini oshirishni ta’minlash va daromadni ko‘paytirishga xizmat qiladi. Shu bois, qishloq tadbirkorlari, fermer va dehqon xo‘jaliklariga axborot-konsalting xizmatlari ko‘rsatish masalasi bugungi kunda agrar soha iqtisodiyotini modernizatsiyalash jara- yonidagi muhim yo‘nalishlardan biri sifatida e’tirof etilmoqda.
Bugungi kunda bunday xizmatlar ko‘lamining kengayishi, hajmining ortib borishi, qamrab olish doirasining oshishi, hamda bu toifadagi korxonalaming aksariyati samarali faoliyat ko‘rsatish darajasida ekanligi agrar sohada xizmat ko‘rsatish tizimi shakllan- ganligidan, ulaming zamon talablari asosida rivojlanib borayot- ganligidan dalolat bermoqda.
Bu yo‘nalishdagi xizmatlar bugungi kunda mamlakatimizning turli mintaqa va hududlarida davlat unitar korxonasi, xususiy kor- xona, ma’suliyati cheklangan jamiyat, qo‘shma korxona shaklida vazirlik, qo‘mita, xolding, korporatsiya, aksionerlik jamiyati, ken- gash, uyushma hamda turli nufuzli xalqaro tashkilotlar va muas- sasalar qoshida tashkil etilmoqda.
Taxlillaming ko‘rsatishicha turli shakl va ko‘rinishdagi ax­borot-konsalting xizmat ko'rsatuvchi subyektlar faoliyatining maqsadi ilmiy-texnika yangiliklariga oid ma’lumotlami yig‘ish va uni iste’molchilarga yetkazib berish, shuningdek, innovatsion va
213
ilmiy-texnikaviy loyihalami iqtisodiyotning barcha tarmoqlarida qo‘llashga ko‘maklashishdan iborat.
Bunda bosh maqsad axborot-konsalting markazlarida max- sus ilmiy-texnika axborotni shakllantixish asosida innovatsion faoliyat, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirishga ko‘maklashish hisoblanadi. Tahlillar ko‘rsatishicha axborot- maslahat markazlari faoliyatining barqarorligini ko‘p jihatdan bu markazlar tomonidan ko‘rsatiladigan xizmatlar ko‘lami va sifati- ga, ikkinehi tomondan, xizmatlarga bo‘lgan talab hajmi va uning to‘lovi masalalariga bog‘liq.
Qishloq xo‘jaligida axborot-konsalting markazlari xizmatlariga bo‘lgan talab hajmini aniqlash zarurligi quyidagilar bilan izohla- nadi:

  • hududda tadbirkorlik subyektlariga axborot-konsalting xiz- mati ko‘rsatishning hozirgi holatini tahlil qilish va baholash, bu sohani yanada rivojlantirish yo‘nalishlarini aniqlash;

  • qishloq hududlarida axborot-konsalting xizmatlariga bo‘lgan talab istiqbolini bashoratlash va rivojlanish strategiyasini belgilash bilan bog‘liq vazifalami hal etish chora-tadbirlarini belgilash;

  • xizmatlardan foydalanuvchilar talab hajmini bilish, ba­holash va qishloq hududlarida xizmat bozorini rivojlantirish yo‘nalishlarini belgilab olish;

  • xizmat ko‘rsatuvchi korxonalarda xizmat yo‘nalishini ko‘paytirish, ko‘lamini kengaytirish va sifatini takomillashtirish;

  • xizmat ko‘rsatuvchi korxonalarda xizmat ko‘rsatish metodologiyasini takomillashtirish va taktikasini o‘zlashtirish va boshqalar.

Respublikamizning mustaqillikka erishganidan so‘ng turli mulkchilik va xo‘jalik yuritish shakllari vujudga kelishi bilan ulami samarali faoliyat yuritishlari uchun zarur bo‘lgan xizmat ko‘rsatish tizimini rivojlantirishga alohida e’tibor berildi. Shu bois, islohot- laming dastlabki bosqichlarida xizmat ko‘rsatish turlarining alo­hida turlarini rivojlantirish ustuvor vazifa sifatida belgilab olindi.
Asosiy xizmat turlari - texnik servis xizmati, zooveterinariya,
214
konsalting xizmatlari, lizing xizmatlari va suv iste’molchilari uy- ushmalarini rivojlantirish bo‘yicha alohida qonunlar, qarorlar qabul qilinib, chora-tadbirlar amalga oshirilgan bo‘Isa, Respub- likamiz Prezidentining Farmonlari va hukumatimizning bir qator qarorlari asosida 2003-2013-yillarda fermer xo‘jaliklarini rivojlan­tirish konsepsiyasi asosida chora-tadbirlarini amalga oshirish nati- jasida fermer va dehqon xo‘jaliklariga zarur bo‘lgan infratuzilma obyektlari va xizmat ko‘rsatish korxonalari alohida dastur asosida rivojlana boshladi. Natijada, fermer xo‘jaliklari o‘z hududlarida o‘zlari uchun zarur bo‘lgan deyarli barcha turdagi xizmatlarga bo‘lgan talablami qondirish imkoniyatiga ega bo‘ldilar.
Bunda 0‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2007-yil 21- maydagi “0‘zbekiston Respublikasida 2006-2010-yillarda xizmat ko‘rsatish va servis sohasini rivojlantirishni jadallashtirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” gi PQ-640-sonli qarori bilan tasdiqlangan dastuming qabul qilinishi xizmatlaming jadal o‘sib borishida muhim bosqich bo‘ldi.
Tahlillar ko‘rsatishicha, hududlarda tashkil etilgan axborot-kon- salting markazlarining barqarorligi o‘shbu hududning tashkiliy- iqtisodiy xususiyatlariga bevosita va bilvosita bog‘liq. Shuning- dek, axborot-konsalting xizmat ko‘rsatuvchi korxonalami tashkil etishda ushbu hududdagi shakllangan ehtiyoj hajmini aniqlash, bu turdagi xizmat bo‘yicha mavjud talab va taklifni hisobga olish katta ahamiyatga ega.
Qishloq hududlarida axborot-konsalting markazlarining bir ma- romda faoliyat yurita olmayotganliklariga aynan shu holat sabab bo‘lsa, ikkinchidan, markazlar ko‘rsatishi mumkin bo‘lgan xiz­mat turlari, yo‘nalishi, koMarni va hajmining hududdagi fermer va qishloq tadbirkorlari talabiga mos kelmayotganligi hisoblanadi. Uchinchidan esa, xizmatlar uchun o‘matilgan bahoning to‘liq asos- lanmaganligi hisoblanadi. Shu boisdan, bugungi kunda axborot konsalting markazlari faoliyati barqarorligini ta’minlash chora- tadbirlarini ishlab chiqishda eng dolzarb masalalardan biri, qishloq
xo‘jalik mahsulotlari yetishtiruvchilarning axborot-konsalting xiz- matlariga bo‘lgan talabni aniqlash hisoblanadi.
Qishloq xo‘jaligida axborot-konsalting xizmatlariga bo'lgan ta­labni aniqlashda dastlabki vazifa, bu markaz joylashgan hududdagi fermer va boshqa tadbirkorlik subyektlari bo‘yicha ulaming ishlab chiqarish va resurs imkoniyatini qiyoslovchi statistik ma’lumotlar bankini shakllantirish: yig’ish-jamlash va ulami gurublash, toi- falarga bo‘lish, tahlillar asosida xizmatlar ko‘lami, hajmi va miq- yosini aniqlash hamda prognozlash hisoblanadi.
Tadqiqot maqsad va vazifalaridan kelib chiqqan holda qishloq xo‘jaligida axborot-konsalting xizmati ko‘rsatishi takomillashti- rish maqsadida fermer va dehqon xo‘jaliklari va qishloq tadbirkor- lariga axborot-konsalting xizmati ko'rsatishining quyidagi meto- dik jihatdan nisbatan zamonaviy va innovatsion tizimni tavsiya etish mumkin (2-jadval).


  1. Download 1.24 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   78




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling