0‘zbekiston respublikasi oliy va 0‘rta maxsus ta’lim vazirligi


IN azorat va muhokama uchun savollar


Download 1.24 Mb.
bet48/78
Sana31.01.2023
Hajmi1.24 Mb.
#1143365
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   78
Bog'liq
Qishloq xojalik infratuzilmasi

IN azorat va muhokama uchun savollar

  1. Fermer xo‘jaliklarining iqtisodiy-moliyaviy faoliyati qanday tahlil etiladi?

  1. Fermer xo‘jaliklarda mehnatni tashkil etish qanday amalga oshiriladi?

  2. Fermer xo‘jalik rahbarlari qishloqxo‘jaligidagi innovatsiya- lar, agrotehnologiyalar, iqtisodiyot vaboshqayo‘nalishlarbo‘yicha bilim va malakasini qanday oshirib bormoqda.

  3. Fermer xo‘jaliklari axborot-konsalting markazlari xizmat- larining xo‘jalik faoliyatiga oid strategik va taktik yo‘nalishdagi qarorlar qabul qilishdagi ahamiyatini yoritib bering.

  4. 0‘zbekiston Respublikasi tomonidan axborot-konsalting markazlarining o‘quv-uslubiy, moddiy-texnik va moliyaviy im- koniyatlarini qo‘llab-quwatlash bo‘yicha qanday chora-tadbirlar qabul qilingan?

  5. Bugungi kunda hududlardagi axborot-konsalting markazlari fermer xo‘jaliklariga qanday xizmat turlarini ko‘rsatmoqda?

  6. Axborot-konsalting markazlarida “ Marketing tadqiqotlari o‘tkazish va axborotlar to‘plash” guruhining asosiy vazifalari ni- malardan iborat?

  7. Mahsulotlami eng maqbul sotish kanallari qanday aniqla- nadi?

  1. BOB. FERMER XO‘JALIKLARIDA
    YOQILG‘I-MOYLASH MATERIALLARI
    TA’MINOTI TASHKIL ETISH


    1. Yoqilg‘i-moyIash materiallarini (YOMM) sotish korxonalarining iqtisodiy va huquqiy asoslari

O‘zbekiston Respublikasida fermer xo‘jaliklarga yoqilg‘i- moylash materiallari (YOMM) ta’minoti bilan faoliyat yurituvchi infratuzilma korxonalariga “Neftbaza” unitar korxonasi kiradi. Bu korxona O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 19-maydagi 225-sonli, 2003-yil 12-iyundagi 265-sonli, 2003-yil 21-oktabrdagi 460-sonli Qarorlari, 0‘zbekiston Respub­likasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 3-noyabrdagi 228-sonli Qarori, «0‘zneftmahsulot» AK ning 2006-yil 28-noyabrdagi 137-sonli buyrug‘iga asosan tashkil etilgan. Korxona yuridik shaxs maqomi bilan tashkil etilgan bo‘lib, unitar korxona va ijti- moiy ahamiyatga ega bo‘lgan xo‘jalik obyektlami o‘ziga kirituv- chi yagona ishlab chiqarish kompleksi bo‘lib hisoblanadi va bev- osita «0‘zneftmahsulot» aksiyadorlik kompaniyasi tasarufidadir. “Neftbaza” unitar korxonasi o‘z faoliyatida 0‘zbekiston Respub­likasi Qonunlari, Prezident Farmonlari, 0‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qarorlari va farmoyishlari, «0‘zbekneftgaz» MXK va «Ozneftmahsulot» LK buyruqlari, farmoyishlari va top- shiriqlariga amal qiladi. Korxona mustaqil balansiga ega bo‘lib, 0‘zbekiston Respublikasi bank kassasalarida belgilangan tar- tibda hisob-kitob va boshqa hisob raqamlarini ochadi, davlat ti- lidagi to‘liq nomi tushirilgan muhr va shtamplarga, hamda o‘z nomi belgilangan blanklarga ega, «Ozneftmahsulot» AK tovar belgisidan foydalanadi. “Neftbaza” unitar korxonasi va uning fermer xo‘jaliklarga yoqilg‘i-moylash materiallari sotish bilan shug‘ullanuvchi shoxobchalarining maqsadi xalq xo‘jaligi va aholisini keng turdagi neft mahsulotlari bilan uzluksiz ta’minlash va sotish, shu jumladan ularii tranzit va ulgurji savdo orqali, neft
249



baza, filiallar, AYOQSHlar orqali sotilishini ta’minlashdan va faoliyat samaradorligini oshirishdan iborat. “Neftbaza” unitar kor- xonasi faoliyatining mazmuni quyidagilardan iborat:

  • limitlamirasmiylashtirishvaiste’molchilargayetkazish, limit intizomiga rioya qilish, neft mahsulotlarini tasdiqlangan limitlar doirasida berilishini monitoring qilib borish, neft mahsulotlari ortil- gan sistemalaming temir yo‘l bo‘yicha harakatini kuzatib borish,

  • Rqspublika subyektlari bilan shartnomalar tuzish, neftni qayta ishlash zavodlari bilan bevosita hisob-kitob ishlarini amalga oshi- rish, ular bilan o‘zaro taqqoslashni amalga oshirish, ishlab chi- qilgan neft mahsulotlarini yetkazib berishni unitar korxona bilan neftni qayta ishlash zavodlari bilan bevosita tuzilgan shartnomalar orqali amalga oshirish,

  • barcha iste’molchilar bilan, shu jumladan qishloq xo‘jalik mahsulotlarini ishlab chiqaruvchilar, fermer xo‘jaliklar bilan neft mahsulotlarini yetkazib berish bo‘yicha shartnomalar tuzilishi va ulaming bajarilishini ta’minlash;

  • neft mahsulotlarini belgilangan tartibda uzluksiz qabul qilin- ishini, sifat va miqdor jihatidan, shu jumladan Davlat zaxirasi va 2-guruhdagi neft mahsulotlarining saqlanishini ta’minlash;

  • xalq iste’moli mollarini ishlab chiqarish va aholiga xizmat ko‘rsatish;

  • ishlatilgan neft mahsulotlarini yig‘ishni tashkil etish;

  • atrof-muhitni muxofaza qilish (ekologiya), xavfsizlik texni- kasi, yong'in xavfsizligi, mehnat muxofazasi, texnik ekspluatat- siya qoidalari talablarining bajarilishi va ular bo'yicha chora-tad- birlami bajarish;

  • avtotransportda yuk tashish va transport-ekspeditsion xizmat- larini ko‘rsatish:

  • ijtimoiy-iqtisodiy va ishlab chiqarishni rivojlantirish dastu- rining bajarilishini ta’minlash;

  • korxona va filiallar obyektlarini yangi, qayta qurish, joriy va kapital ta’mirlash.

  • korxona va filiallar zaruriyatini moddiy-texnik jihatdan ta’minlashni amalga oshirish;

  • pul oqimlarini nefitni qayta ishlash zavodlari va respublika- ning boshqa subyektlari bilan hisob-kitob qilish uchun belgilangan tartibda jamg‘arish;

  • barcha asosiy soliq turlarini to‘lash, barcha nobudjet jamg‘annalariga pensiya narx-navoni boshqarish fondi, yo‘l va x.k.) chegirmalar o‘tkazish, elektr energiyasi aloqa, temir yo‘l, kommunal xizmatlar, bank xizmatlari haqini tuzish;

  • korxona va filiallar jamoasining shtatlar jadvalini, ulami ta’minlash uchun xarajatlar smetalarini, barcha turdagi mukofot- lash, xizmat yillari uchun taqdirlash va hisobot yilidagi moliyaviy- xo‘jalik faoliyati yakunlari bo‘yicha rag‘batlantirish nizomlarini ishlab chiqish;

  • neft mahsulotlarini sotishda qoMlaniladigan ustamalami ish­lab chiqish va ulami moliya bosqichlarida deklaratsiyalash;

  • hisobot davrlarida buxgalteriya balanslarini tuzish, moli- yaviy-xo‘jalik faoliyatini tahlil qilish;

  • korxona va filiallaming huquqiy ishlarini amalga oshirish;

  • qat’iy kadrlar siyosatini olib borish, kadrlami o‘qitish, o‘rgatish, malakasini oshirish, tanlash va samarali joylashtirish;

  • barcha ko‘rsatilgan masalalar bo‘yicha kompaniya, yuqori va direktiv topshiriqlari bo‘yicha axborotlami to‘plash va ishlovdan o‘tkazish;

  • «Ozneftmahsulot» AK roziligi bilan tashki iqtisodiy faoli­yatini amalga oshirish;

  • filial to‘g‘risida tasdiqlangan Nizomga asosan, filiallar va avto stansiyalarinipg xizmat, vazifalarini tizimli ravishda nazorat qilishni amalga oshirish;

  • «Ozneftmahsulot» AK roziligi bilan amaldagi qonunlarga zid bo‘lmagan barcha faoliyat turlarini amalga oshirish;

  • “Nefitbaza” unitar korxonasi va uning fermer xo‘jaliklarga yoqilg‘i-moylash materiallari sotish bilan shug‘ullanuvchi shoxob- chalari tomonidan amalga oshirilishi uchun maxsus ruxsatnoma (litsenziya) talab qilinadigan faoliyat turlari litsenziya olingandan so‘ng, belgilangan tartibda amalga oshiriladi.

“Neftbaza” unitar korxonasi mol-mulkini xolisona baholovchi kompaniya tomonidan baholash sanasi bo'yicha belgilangan qiy- matiga mos keladi va «Ozneftmahsulot» AK tomonidan korxonan- ing to‘la xo‘jalik tasarrufiga berilgan mol-mulki «Ozneftmahsu­lot» AK ning mulki hisoblanadi.
“Neftbaza” unitar korxonasining Ustav fondi, korxonaga to‘la xo‘jalik yuritish uchun 0‘zbekiston Respublikasi Davlat mulki qo‘mitasimng buyrug‘iga asosan topshirilgan mol-mulkning baho­lash qiymati hajmida belgilanadi. Unitar korxonaga va uning filial- lariga topshirilgan mol-mulk va aksiya paketlarini boshqalarga o‘tkazish faqat 0‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Qaroriga asosan, «Ozneftmahsulot» AK ning roziligi bilan amalga oshiriladi.
“Neftbaza” unitar korxonasi va uning tarkibiga kiruvchi fer- mer xo'jaliklariga yoqilgh-moylash materiallari sotish bilan shug‘ullanuvchi shoxobchalari yuridik shaxs bo‘lib hisoblanmaydi va o‘z faoliyatini o‘zining Nizomi asosida amalga oshiradi.
Korxona Ustav fondining miqdorini ko‘paytirish yoki kamay- tirish «Ozneftmahsulot» AK Kuzatuv Kengashining va «Ozneft­mahsulot» AK aksionerlarining Umumiy yig‘ilishi Qaroriga asosangina «Ozneftmahsulot» AK tomonidan amalga oshiriladi. Korxonaning xo‘jalik faoliyati natijasida olingan foyda amaldagi qonunlariga binoan soliqlar to‘langandan so‘ng, zaxira va boshqa fondlami shakllantirish va aksiyalar bo‘yicha dividendlar to‘lash uchun «Ozneftmahsulob> AK ixtiyoriga beriladi.
Korxona boshqaruvining ijrochi organi Direktor hisoblanadi. “Neftbaza” unitar korxonasi direktori «Ozneftmahsulob> AK Bosh direktorining taqdimiga binoan «0‘zbekneftgaz» NXK tomonidan tayinlanadi. Direktor o‘rinbosarlari, bosh muhandis va bosh hisob- chi «Ozneftmahsulot» AK bilan kelishilgan holda «Neft bazasi» unitar korxona direktori tomonidan tayinlanadi va direktor bilan

birgalikda filiallari faoliyati uchun javobgarlikni o‘z zimmalariga oladi. Korxona direktori Korxona Ustavini, shuningdek shartnoma shartlarini buzgan taqdirda egallab turgan lavozimidan chaqirib olinishi va и bilan tuzilgan shartnoma bekor qilinishi mumkin. Kor­xona direktorini chaqirib olish va u bilan tuzilgan shartnomani bekor qilish qaromi kompaniyaning Bosh direktori qabul qiladi. Korxona kundalik faoliyatiga rahbarlik qilishning mazkur Ustavda va u bilan tuzilgan shartnomada nazarda tutilgan barcha masalalar korxona direktori vakolatiga kiradi.
“Neftbaza” unitar korxonasi direktori korxona direksiyasini - maslahat hay’at boshqaruv organini tashkil qilishga haqli. Kor­xona direksiyasi tarkibiga direktor o‘rinbosarlari, bosh muxandis, bosh hisobchi va korxona faoliyatida yo‘nalishlami ta’minlovchi boshqa mutaxassislar kiradi. Korxona direktori korxona faoliyati­da o‘z vakolatiga kiritilgan hamma masalalami mustaqil ravishda hal etadi. “Neftbaza” unitar korxonasi direktori quyidagi vakolat- larga ega:

  • Korxona nomidan ishonchnomasiz ish qurish, boshqa tashki- lotlar va organlar bilan o‘zaro munosabatlarda korxona manfaat- larini himoya qilish, sudda da’vogar va javobgar sifatida ishtirok etish;

  • Korxona Ustavi va Kompaniyaning boshqa hujjatida belgi- langan doirada mol-mulk va pul mablag‘larini tasarruf etish, shu­ningdek smeta xarajatlarini taqsimlash;

  • shartnoma va kontraktlar, shu jumladan mexnat qonunchili- giga asosan mehnat shartnomalari va kontraktlami tuzish;

  • ishonchnomalar berish;

  • banklarda hisob-kitob va boshqa hisob raqamlarini ochish;

  • o‘z qo‘l ostidagi barcha xodimlar bajarishlari shart boMgan buyruq va farmoyishlar chiqarish;

Korxona direktorining majburiyatlari:

  • Korxona joriy faoliyatiga o‘z vakolati doirasida rahbarlik qi­lish, «Ozneftmahsulot» AK boshqaruv organlarining mutlaq vako­latiga kiritilgan masalalar bundan mustasno;

253

  • Korxona ishlab chiqarish birliklari, filiallarining samarali o‘zaro hamkorlik ishlarini ta’minlash;

  • Korxona shartnomaviy majburiyatlarini bajarilishini ta’minlash;

  • Ijtimoiy soha va ishlab chiqarishni rivojlantirish ucbun zarur foyda olinishini ta’minlash;

  • «Ozneftmahsulot» AK ni rivojlantirish dasturlari va biznes re- jasini ishlab chiqishda bevosita qatnashish;

  • Korxona va filiallar faoliyatida qonun talablariga rioya qili- nishini ta’minlash;

  • Korxona kasaba uyushmasi faoliyatini to‘liq hajmda tashkil qihsh, ma’muriyat xodimlari va mexnat jamoasi anjumanlarida qat- nashib, shartnomasini, mehnat ichki tartib-qoidalarini, korxona va xodimlaming mehnat vazifalari qo‘llanmalarini ishlab chiqa­rish ishini ta’minlash;

  • Debyukredit qarzlarining ko‘payishiga yo‘l qo‘ymaslik va o‘z vaqtida to‘lash;

  • Korxona buxgalteriya hisobi va hisobotlarining tashkil eti- lishini, bo‘lishini va aniq bo‘lishini, shuningdek korxona faoli- yati «Ozneftmahsulot» AK, kreditorlar hamda boshqa axborot ma’lumotlarini vaqtida taqdim etilishini ta’minlash;

  • «Ozneftmahsulot» AK Kuzatuv Kengashi, taftishchi va audi- toming talabiga korxonaning moliyaviy-xo‘jalik faoliyatiga doir hujjatlami kamchiliksiz taqdim etish;

  • Tegishli organlarga davlat statistika hisobotlarining to‘liq va vaqtida taqdim etilishini ta’minlash;

  • Korxona tijorat siri hisoblangan ma’lumotlami, agar uning vazi­falari doirasiga bunday axborotni uchinchi shaxslarga berish kir- masa, aniqlash. Korxona tijorat sirini tashkil etuvchi ma’lumotlar ro‘yxati «Ozneftmahsulot» AK kuzatuv kengashi tomonidan bel- gilanadi;

  • Hujjatlami va korxona Direksiyasi majlisi bayonnomalarini korxona nomidan imzolash;

  • Korxona va filiallami malakali kadrlar bilan ta’minlash, kor- xona xodimlarining bilimlari, malakalari, tajriba va qobiliyatlar- dan mumkin qadar foydalanish chora-tadbirlarini ko‘rish;

  • mehnat va texnologiya intizomiga rioya qilinishini ta’minlash;

  • ijtimoiy kafolatlarga korxona xodimlari mehnatini muhofaza qilish qoidalariga rioya qilinishini ta’minlash;

•jamoa muzokaralarida qatnashish, jamoa shartnomalari va kelishuvlarini tuzishda ish beruvchi sifatida faoliyat yuritish, ja­moa shartnomasi bo‘yicha majburiyatlar bajarish;
“Neftbaza” unitar korxonasida buxgalteriya hisobining tashkil etilishi, uning holati yillik xisobot va boshqa moliyaviy hisobot- lami tegishli joylarga vaqtida taqdim etilishi, shuningdek korxona faoliyati to‘g‘risidagi ma’lumotlaming «Ozneftmahsulot» AK ga vaqtida taqdim etilishi uchun direktor va bosh hisobchi amaldagi qonunlarga binoan javob beradilar. “Neftbaza” unitar korxonasi faoliyatining moliyaviy natijalari yillik buxgalteriya hisobotiga asosan belgilanadi. Korxonaning moliyaviy hisobotlari har yilga tuzilib, ularda korxonananing daromatlari va xarajatlarini milliy valyutada aks ettiriladi. Korxonaning moliyaviy-xo‘jalik faoliya- tiga soliq, moliya organlari , «Ozneftmahsulot» AK ning nazorat taftish boshqarmasi va auditorlar tomonidan tekshiriladi.


    1. Download 1.24 Mb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   78




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling