0‘zbekiston respublikasi oliy va 0‘rta maxsus ta’lim vazirligi


-rasm. Axborot-konsalting markazlarining tashkiliy-boshqaruv tuziltnasi


Download 1.24 Mb.
bet46/78
Sana31.01.2023
Hajmi1.24 Mb.
#1143365
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   78
Bog'liq
Qishloq xojalik infratuzilmasi

12-rasm. Axborot-konsalting markazlarining
tashkiliy-boshqaruv tuziltnasi

Markazlaming yukori boshqaruv organi - ta’sischilar umu- miy yig‘ilishi hisoblanadi. Umumiy yig^ilishlax orasidagi davrda Markazda rahbarlikni saylangan Markaz boshlig‘i olib boradi. U markazning iqtisodiy, moliyaviy, statistik va boshqa faoliyatlariga rahbarlik qiladi va umumiy yig‘ilish oldida hisobot beradi. Ax- borot-konsalting markazi tashkiliy-boshqaruv tuzilmasining umu­miy ko‘rinishi quyidagicha bo‘lishi mumkin.
Axborot-konsalting markazlari qaysi hududiy darajada (respub- lika, viloyat, tuman) va mulkiy-tashkiliy tuzilmasi xususiyatlariga qarab turli funksiya va xizmatlami ko‘rsatmokdalar.
Axborot-konsalting markazlarming faoliyat funksiyasi va xiz- matlar yo‘nalishi quyidagilardan iborat boMishi mumkin:

  • o'qitish, qayta o‘qitish, kasbiy mahorati va malakasini os- hirish;

  • ilmiy-amaliy, ilmiy-uslubiy xizmatlar ko‘rsatish;

  • axborot ta’minoti xizmatlari ko‘rsatish;

  • maslahat xizmatlari ko‘rsatish;

  • innovatsiya va ilg‘or tajriba, ish uslubi, tcxnologiya va ishlab chiqarish, xizmat ko‘rsatish borasida maslahatlar berish, uni amal- ga oshirish-uzlashtirish uchun shart-sharoitlar yaratishga yordam berish, xizmat ko‘rsatish;

  • matbuot ishlarini yuritish;

  • reklama, tashviqot va targ‘ibot ishlarini (vakolati va qonun doirasida) olib borish borasida xizmat ko‘rsatish;

  • onlayn video anjumanlari, mavsumiy-davriy va maxsus ruknlar hamda mavzular buyicha anjumanlarini tashkil etish;

  • xorijiy investorlami axborot bilan ta’minlash, ularga istiqbol- li loyihalar va investitsiya faoliyatining meyoriy-huquqiy asoslari haqidagi ma’lumotlami taqdim qilish;

  • xorijiy investorlar va mahalliy tadbirkorlar o‘rtasida uchrashuv va muzokaralami tashkil etish va boshqalar.

  1. Fermer xo‘jaliklari bilan axborot konsalting xizmati markazlari o‘rtasidagi shartnomaviy munosabatlar va uni takomillashtirish

Bozor iqtisodiyoti sharoitida iqtisodiy subyektlar o‘rtasida bo‘ladigan o‘zaro iqtisodiy, tashkiliy va huquqiy munosabatlar shartnoma asosida tartibga solinadi. Shartnomaning mukammal, ado lath va har ikki toman uchun o‘zoro foyda asosida tuzilishi hamda tomonlar o'zlariga belgilangan majburiyatlami o‘z vaqtida va so‘zsiz bajarishlari muhim ahamiyatga ega.
Mamlakatimizda fermer xo‘jaliklarining mulkiy va shartnoma­viy munosabatlarining iqtisodiy-metodologik asoslarini o‘rganish, ular faoliyatini rivojlantirish institutlaming mazmun-mohiyatini ochib berish, xususiyatlarini aniqlash, takomillashtirish hamda is- tiqbolda ulaming ta’sirida fermer xo‘jaliklari qay darajada rivojla- nishini va ularga xizmat ko‘rsatuvchi infratuzilmalar obyektlari- ning miqdori va joylashuvi qanday bo‘lishini aniqlash hozirgi bos- qichda olib borilayotgan agrar islohotlaming dolzarb muammolari- dan bin hisoblanadi. Bunda xo‘jalik yuritish samaradorligi nuqtayi nazaridan asosiy omillar sifatida mulkchilik, javobgarlik, raqobat, transaksiya va shartnoma institutlari katta rol o‘ynaydi.
Shartnoma instituti fermer xo‘jaligi tomonidan ichki xo‘jalik hamda boshqa subyektlar bilan o‘zaro iqtisodiy, ijtimoiy va moli- yaviy munosabatlami amalga oshirish natijasida vujudga keladi- gan kelishuvlar, va bunda pay do bo‘ladigan rasmiy va norasmiy me’yorlami aniqlash hamda ulami boshqarishni nazarda tutadi. Res- publikamizda shartnoma instituti 0‘zbekiston Respublikasi Fuqa- rolik Kodeksi, Yer Kodeksi, “Fermer xo‘jaligi to‘g‘risida”gi qonun- dan tashqari 0‘zbekiston Respublikasi Mehnat Kodeksi, “Suv va suvdan foydalanish to‘g‘risida”gi, “Xo‘jalik yurituvchi subyektlar faoliyatining shartnomaviy-huquqiy bazasi to‘g‘risida”gi qonunlar hamda boshqa qonun va qonunchilik hujjatlari orqali amal qiladi.
0‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 353-moddasi- ga muvofiq shartnoma bu “ikki yoki bir necha shaxsning fuqarolik
240
huquqlari va burchlarini vujudga keltirish, o‘zgartirish yoki bekor qilish haqidagi kelishuv”dir. Mazkur hujjatga muvofiq respublika- mizda haq evaziga va tekinga tuziladigan, ommaviy, qo‘shilish, dastlabki, uchinchi shaxs foydasiga tuziladigan, oferta, aksept kabi shartnomalami tuzish mumkin.
0‘zbekistonRespublikasi “Xo‘jalik yurituvchi subyektlar faoli- yatining shartnomaviy-huquqiy bazasi to‘g‘risida”gi Qonuniga muvofiq tadbikorlik faoliyati sohasidagi shartnomaviy munosabat- laming asosiy tamoyillari belgilangan. Ular quyidaglardan iborat: xo‘jalik shartnomalarini tuzishning erkinligi; taraflaming o‘zaro manfaatdorligi; shartnoma intizomiga rioya etish; taraflaming o‘zaro mulkiy javobgarligi. Demak, respublika qonunchiligiga ko‘ra, barcha shartnomalar o'zaro ixtiyoriyligi va o‘zaro manfaat­dorligi tamoyillari asosida tuziladi.
Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi- ning 2003-yil 4-sentabrida qabul qilingan “Qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishida shartnomaviy munosabatlami takomillashtirish va maj- buriyatlaming bajarilishi uchun tomonlaming javobgarligini oshi- rish chora-tadbirlari to‘g‘risida” gi 383-sonli qarori va shu qaror bilan tasdiqlangan “Qishloq xo'jaligi mahsulotlari yetishtiruvchi- lar bilan tayyorlov, xizmat ko‘rsatish tashkilotlari o‘rtasida shart­nomalar tuzish, ulami ro‘yxatdan o'tkazish, bajarish, shuningdek, ulaming bajarilishi monitoringini olib borish tartibi to‘g‘risidagi NIZOM” asosida yuritiladi.
Sxema №3. Qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtiruvchilar
tayyoriov xizmat ko‘rsatuvchi tashkilotlar o‘rtasida sbartno
malar tuzish, ularni ro'yxatdan o‘tkazish bosqichlari



Download 1.24 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   78




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling