0‘zbekiston respublikasi oliy va 0‘rta maxsus ta’lim vazirligi
Sxema- JVsl.SIUning daromadlar va xarajatlar budjeti namunasi
Download 1.24 Mb.
|
Qishloq xojalik infratuzilmasi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Sxema №2. SlUning budjetini ishlab chiqish va tasdiqlash sxemasi
Sxema- JVsl.SIUning daromadlar va xarajatlar
budjeti namunasi
Byudjet tuzishda, ishni awal xarajatlar qismini aniqlash bilan boshlash tavsiya etiladi. Buning asosiy sababi shundaki, irrigatsiya xizmatlari uchun badalning mikdori ko‘pincha irrigatsiya va dre- naj tizimlarini boshqarish, ulami ishchi holatda saqlash xarajatlar- ini qoplash uchun yetarli darajada hisoblanishi kerak. Lekin budjet hamda irrigatsiya xizmatlari uchun badal miqdori kelgusi yil uchun ekspluatatsiya va texnik xizmat ko‘rsatish rejasiga bog‘liqdir, shu sababli SIU boshqaruvchisi va bosh gidrotexnik mazkur rejani ish- lab chiqishlari hamda SIU hisobchisi bilan birgalikda budjetning taxminiy hisob-kitob ko‘rsatkichlarini ishlab chiqishlari lozim. Sxema №2. SlUning budjetini ishlab chiqish va tasdiqlash sxemasi SlUga kerak bo‘ladigan ikki xil budjet hisobotlari mavjud: biri daromadlar, ikkinchisi xarajatlar uchun. Bu hisobotlar alohida sa- hifalarda yoki bitta sahifada ko‘rsatilishi mumkin. Shunisi muhim- ki, bu hisobotlar murakkab buxgalterlik tizimi bilan yoki usiz joriy etish uchun nisbatan oddiy bo‘lib, ulami yuritish juda ham sodda. Mazkur hisobotlar uchun kerakli barcha ma’lumotlar tashkilotning asosiy moliyaviy ma’lumotlarimng tarkibiy qismi bo‘lishi kerak. Byudjet hisobotlari har oyda tayyorlanishi lozim. SlUlarda buxgalteriya hisobi barcha moliyaviy operatsiyalami qayd etib borishning asosiy hisob-kitob usuli hisoblanadi. Buxgalteriya hisobida operatsiyalar to‘g‘risidagi ma’lumotlar ular amalga oshirilgandan so‘ng muntazam ravishda qayd etib borilishi muhim ahamiyatga ega. Buxgalteriya hisobi mablag‘lar qayerdan kelayotgani va qaysi maqsadlarda sarflanayotgamni kuzatishining zarur vositasidir. Buxgalteriya ma’lumotlari SIU uchun budjetdan chetga chiqmagan holda ishlayotganini aniqlash uchun muhimdir. Kichik biznes sohasida, xususan paxtachilik, (g‘allachilikka) ixti- soslashgan xo‘jaliklar va SlUlarda moliyaviy operatsiyalami qayd etib borish uchun professional hisobchini yollash shart emas. Fer- meming o‘zi yoki SIU hisobchisi buxgalteriya hisobi qaydlarini yuritishi mumkin. SlUlarda buxgalteriya hisobining asosiy maqsadi asosli moliyaviy qarorlar qabul qilish uchun zarur ma’lumotni sistematik ravishda tashkil etish, qayd etib borish va ta’minlashdan iborat. SlUlar uchun moliyaviy buxgalteriya hisobining maqsadi qishloq va suv xo‘jaligi boshqarmasi, soliq organlari kabi davlat organ- lariga o‘zining moliyaviy ahvoli to‘g‘risida ma’lumot beruvchi moliyaviy hisobotlar tayyorlashni ham nazarda tutadi. Har qanday SlUlar ham ikkita asosiy maqsadni ko‘zlab faoliyat ko‘rsatadilar: badal pullarini o‘z vaqtida va kerakli miqdorda to‘plab olish; to‘lov qobiliyatiga ega bo‘lish (barcha schet-fakturalar bo‘yicha to‘lash imkoniyatiga ega bo‘lish). To ‘ lo v qobiliy ati - bu SlUning irrigatsiy a xizmati haqi v a boshqa manbalardan oladigan daromadi hisobiga o‘z schet fakturalari bo‘yicha toTash va qarzini qaytarish qobiliyatini anglatadi. Korxo- naning samaradorligi, to‘lov qobiliyati va moliyaviy ahvoli haqida boshqa tomonlami baholashi uchun imkoniyat yaratuvchi to‘rtta balans hisoboti, daromad hisoboti, shaxsiy mablag‘lar to‘g‘risida hisobot, pul mablag‘lari harakati to‘g‘risidagi hisobotlar birlamchi moliyaviy hisobotlar hisoblanadi. Bu to‘rt moliyaviy hisobotlar kor- xona operatsiyalarining hisobchisi tomonidan qilingan tahlilining natijaviy mahsulidir. Bu jarayon buxgalteriya hisobini yuritishdan boshlanadi va u buxgalteriya hisobi jarayoning ilk qadamidir. Tahlillar shuni ko‘rsatmoqdaki, bugungi kunda SlUlar faoliyati- da qator muammolar mavjud. Buning oqibatidaular ko‘ngildagidek samaraga erisha olmayapti, deb bo‘lmaydi. Bunday holatlarning asosiy sabablari: Mahalliy hokimiyat tomonidan SlUlar faoliyatiga yetarli e’tibor berilmayotganligi; SlUni moliyalashtirish mexanizmi turli xil sabablarga ko‘ra amalda yaxshi ishlamayotganligi; SlUlar ko‘rsatilgan xizmatlari uchun fermer xo‘jaliklari bilan o‘zaro dalolatnomalami vaqtida tuzmasliklari hamda fermer xo‘jaliklaming banklardagi hisob raqamlariga qo‘yilgan inkassal- ami banklaming mas’ul xodimlari tomonidan to‘lab berilmayotganligi; Ko‘p hollarda SIU hisobiga nosoz va ishga yaroqsiz texnika- lar berilgan bo‘lib, SlUlarda esa ularni soz holatga keltirish uchun mablag‘ning mavjud emasligi; SlUlaming haq-huquqlarini va ulaming manfaatlarini hi- moya qiluvchi aniq bir tashkilot yoki idoraning yo‘qligi; SIU rahbari, hisobchisi va xodimlari malakasining pastligi hamda ularda mutaxassislar yetishmasligi natijasida SIU faoliyati- ni to‘g‘ri yo‘lga qo‘yi]maganligidadir. Bular esa SlUning to‘laqonli faoliyatyuritishiga to‘sqinlik qilib, SIU xodimlarining o‘z vaqtida ish haqini ololmasligiga, biznes re- jada belgilangan tadbirlami bajarilmasligiga olib kelib, natijada SlUdan mutaxassislaming ketib qolishiga, suv hisob-kitobini olib borish, ichki sug‘orish tarmoqlarida suvni boshqarish inshootlari bilan jihozlash, nasos stansiyalarini ishlatish hamda sug‘orish va zovur tarmoqlarini tozalashda muammolaming yuzaga kelishiga sabab bo‘lmoqda. Shuningdek, SlUlarda malakali gidrotexniklam- ing yo'qligi sababli xo‘jalik ichki sug‘orish tarmoqlarida aylan- ma suv ta’minotini hamda suv iste’molchilar o‘rtasida navbatlab sug‘orish yo‘lga qo‘yilmagan. Bu esa o‘z navbatida sug‘orish tarmoqlarida katta miqdordagi suvning yo‘qolishiga olib kelmoqda. Yuqorida keltirilgan kamchilik va muammolami bartaraf etish yu- zasidan quyidagi ishlami amalga oshirish tavsiya etiladi: SIU xodimlarining malakasini oshirish bo‘yicha o‘quv mashg‘ulotlarini tashkil etish; SlUlami moliyalashtirish mexanizmini takomillashtirish (paxta va g‘alla yetishtirish uchun fermer xo'jaliklarini kreditlash nizomiga tegishli o‘zlartirishlar kiritish); SIU va fermer xo‘jaliklari hisobidagi nasoslar sotib olishda iste’molchilarga imtiyozlar berish; Ko‘rsatilgan xizmatlar uchun fermer xo‘jaliklari bilan o‘zaro dalolatnomalami o‘z vaqtida tuzib, fermer xo‘jaliklarining banklardagi hisob raqamlariga inkassalar qo‘yib borishni tashkil etish; SIU tomonidan qo‘yilgan inkassalami undirib berishda bank xodimlarining mas’uliyatini oshirish; SlUlaming haq-huquqlari va ulaming manfaatlarini himoya qiluvchi aniq bir tashkilot yoki idora tashkil etib, SlUlami rivojlan- tirish va ulami qo‘llab-quwatlash bo‘yicha davlat hamda xalqaro investitsiyalami jalb etish; SlUlaming faoliyatini sxemalar orqali imtiyozli kreditlash tizimini yo‘lga qo‘yish. Download 1.24 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling