0‘zbekiston respublikasi oliy va 0‘rta maxsus ta’lim vazirligi
- Rasm. Qishloq xo jaligida bozor funksiyalari
Download 1.24 Mb.
|
Qishloq xojalik infratuzilmasi
5- Rasm. Qishloq xo jaligida bozor funksiyalari
Qishloq xo'jaligi moddiy-texnik resurslari bozoriga uch yirik tarmoq: qishloq xo‘jaligi mashinasozligi, kimyoviy vositalar va mineral o‘g‘itlar ishlab chiqarish, ozuqa ishlab chiqarish kor- xonalarining mahsulotlari kelib tushadi. Dilerlik, ta’mirlash- texnik, agrokimyoviy, meliorativ va boshqa tashkilot va firmalar fermerlarga va dehqon xo‘jaliklariga taqdim etiluvchi xizmatlar sohasi bozorining subyektlari bo‘lib hisoblanadiI. Bozor mexanizmi davlatning aralashuvisiz qishloq xo'jaligi texnikSlari bozorini mustaqil tarzda tartibga solish imkoniyatiga ega emas, chunki ular tartibga solish yagona tizimining bir-birini to‘ldiruvchi komponentlari bo‘lib hisoblanadi. Qishloq xo‘jaligi texnikalari bozoriga davlat aralashuvining pasayishi: mashinasozlik va qishloq xo‘jaligi mahsulotlari narxlari o‘rtasidagi narx nomutanosibligining kuchayishiga; fermer xo‘jaliklarining to‘lov layoqatining pasayishiga; ishlab chiqarish quwatlaridan to‘la foydalanmaslik va ener- giya qiymatining yuqoriligi oqibatida qishloq xo‘jaligi mashinasozligi tarmog‘ining inqirozga yuz tutishiga; amortizatsiya fondi mablag‘laridan maqsadsiz foydalanish- ga; qishloq xo‘jaliging texnikasiga QQSning joriy etilishiga; fermer xo‘jaliklariga texnikani lizing asosida yetkazib ber- ishda monopoliyaning vujudga kelishi; fermer xo‘jaliklarining texnikalami lizing bo‘yicha xarid qi- lishda budjetdan yetarlicha moliyalashtirilmaganligi; fermer xo‘jaliklariga yetkazib berilgan texnikalar- ga ta’minotchi korxonalar tomonidan kafolatli xizmatlar ko‘rsatishning mavjud emasligi kabi bir qator salbiy holatlaming namoyon bo'lishiga olib keldi. Fermer xo‘jaliklari samarali faoliyat olib borishi uchun doimiy ravishda qishloq xo‘jaligi bozorlaridagi vaziyat, ya’ni ichki va tashqi muhit to‘g‘risidagi ma’lumotlarga ega bo‘lib borishlari ta- lab etiladi. Fermer xo'jaliklari mahsulotini sotish faoliyati bo‘yicha tahlil natijalaridan marketing faoliyatining taktika va strategiyasini tanlab olish hamda uni amalga oshirishda foydalanish mumkin. Marketing va sotish faoliyatining o‘zaro uyg‘unligini ta’minlash korxonalaming muvaffaqiyatli faoliyat yuritishi va mahsulotni ishlab chiqaruvchidan yakuniy iste’molchiga yetkazib berishda samarali tizimni joriy etishning garovi bodib xizmat qiladi. Res- publikamizda mahsulotni sotish bo‘yicha marketing konsepsiya- sini shakllantirish, qishloq xo'jaligi mahsulotlari iste’molchilari va fermer xo‘jaliklari o‘rtasida iqtisodiy manfaatlar muvozana- tini vujudga keltirib, ayni vaqtda bozorlami barqaror kengaytirib, ASMda takror ishlab chiqarish jarayonining iqtisodiy shart-sha- roitlarini optimallashtirishga zamin yaratadi1. Bozor mexanizmining asosiy elementlari boTgan talab, taklif, raqobat va narx tizimining mavjudligi, ulaming o‘zaro uyg‘unligi evaziga qishloq xo‘jalik mahsulotlari bozori faoliyat yuritadi. Mazkur elementlar o‘zaro hamkorligini mantig‘i shundaki yuqori darajada foyda olishga intilish, fermer xo‘jaliklari va jamiyat to- monidan katta ehtiyoj sezilayotgan, jamiyat a’zolari esa uning uchun pul to‘lashga tayyor boTgan tovar va xizmatlami ishlab chiqarishga o‘z resurslarini safarbar etishini talab etadi, Talab va taklif sotilayotgan va xarid qilinayotgan tovarlar miqdori va ularga bo‘lgan narx tizimini shakllantiradi. Narx iste’molchilar uchun ham, ayni paytda fermer xo‘jalik!ari uchun ham bozordagi vaziyat to‘g‘risida axborot beruvchi signal vazifasini bajaradi. Boshqacha qilib aytganda, narxlar, ishlab chiqarilgan tovarlar hajmi va massa- si to‘g‘risida, ulaming xarajatlari va unda qoTlanilgan texnologi- yalar darajasi to‘g‘risida bilvosita ravishda tasawur qilish imko- nini beradi.I II Shunga ко‘ra, oziq-ovqat mahsulotlari bozorida (OOMB), fermer xo‘jaliklari va oziq-ovqat mahsiilotlarini yakuniy iste’molchisiga yetkazib berish borasidagi iqtisodiy munosabat- larga va institutlar tizimiga alohida e’tibor qaratish lozim. OOMB- ning tarkibiy tuzilmasining asosiy subyektlariga, tovarlar bozori institutlari tizimini qamrab olgan, fermer xo‘jaliklari, moliyaviy vositachilar va yakuniy iste’molchilar kiradi. Bozor subyektlari mavjud infratuzilmadan foydalangan holda, bozor munosabatlari tizimida funksional jihatdan mustaqil iqtisodiy faoliyat turlarini olib boradi. OOMBning asosiy subyektlariga qayta ishlovchi ko- rxonalar, aholi va davlat kiradi. Download 1.24 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling