0‘zbekiston respublikasi oliy va 0‘rta maxsus ta’lim vazirligi


Nazorat va muhokama uchun savollar


Download 1.24 Mb.
bet4/78
Sana31.01.2023
Hajmi1.24 Mb.
#1143365
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   78
Bog'liq
Qishloq xojalik infratuzilmasi

Nazorat va muhokama uchun savollar

  1. “Qishloq xo‘jaligi infratuzilmasi” fanining predmeti, vazi- falari va tadqiqot usullari nimalardan iborat?

  2. Infratuzilmaning lug‘aviy ma’nosi nimadan iborat?

  3. Fanning tarkibi va asosiy vazifalari nimalardan iborat?

  4. Fanning o‘z predmetini o‘rganish usulari qanday?

5 .* Fanning o‘rganish obyektlari haqida nimalar bilasiz?

  1. Fanning o‘zga fanlar orasidagi o‘mi va bog‘liqligi qanday?

  2. Fanning rivojlanishiga katta hissa qo'shgan agrar iqtisodchi olimlardan kimlami bilasiz?

  3. “Qishloq ishlab chiqarish infratuzilmasi iqtisodiyoti” fani o‘z predmetini qanday ketma-ketlikda o‘rganadi?




  1. BOB. QISHLOQ ISHLAB CHIQARISH INFRATUZIL- MLASI VA UNI TADQIQ ETISHNING ILMIY-NAZAMY , ASOSLARI

    1. ASMda infratuzilmaning mohiyati va uni tadqiq etishning nazariy asoslari

0‘zbekiston aholisining turmush darajasini oshirishda agro- sanoat majmuining roli beqiyosdir. Chunki, ASM o‘z tarkibida agrar soha uchun moddiy-texnik vositalar ishlab chiqaruvchi, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini qayta ishlovchi sanoat va qishloq xo‘jalik mahsulotlarini ishlab chiqarish sohalarining o‘zaro va aholi hamda boshqa bozor subyektlari bilan aloqasini ta’minlovchi infratuzilmani qamrab olgan.
Infratuzilma vujudga kelishining asosiy sababi ishlab chiqarish kuchlarining rivojlanishi, samarali faoliyat olib borishi uchun asos ekanligi va ishlab chiqarish, qayta ishlash, sotish hamda ularga turli xizmatlar ko‘rsatish jarayonida ma’lum vazifalarga ega bo‘lgan tarmoqlaming iqtisodiy tizimi sifatida muhim nazariy tushuncha bo‘lib xizmat qiladi.
Iqtisodiy adabiyotlarda “infratuzilma” tushunchasi mazmuniga nisbatan bugungi kunda bir xil qarash yo‘q, bu esa mazkur kate- goriyaning mohiyatini ochishga nisbatan olimlar orasida turli yon- dashuvlar borligi bilan izohlanadi. Jahon tajribasida infratuzilma tushunchasi XX asr boshlarida birinchi bor harbiy qurolli kuchlar- ning to‘laqonli faoliyat yuritilishi uchun zarur bo‘lgan obyektlar va inshootlar majmuasi sifatida muomalaga kiritilgan. G‘arb dav- latlari taraqqiyot bosqichinirtg 1940-yillariga kelib infratuzilmani moddiy ishlab chiqarish sohalarining faoliyatiga zaruriy shart- sharoitlar yaratuvchi tarmoq va muassasalaming yaxlit bir tarkibi sifatida tushungan.I 1970-1980-yillardan sobiq ittifoq respublika- larining iqtisodiy adabiyotlarida, odatda, infratuzilmani muhandis ~ texnik bino va inshootlaming yig‘indisi sifatida ko'rilgan.
Iqtisodiy adabiyotda infratuzilma terminiga turlicha izoh beril- gan. Lug‘aviy ma’nosiga qaraydigan bo‘lsak, infratuzilma (lotin- cha infra - quyi, struktura - joylashuv, tuzilish) turli-tuman xizmat ko‘rsatuvchi tarmoqlar kompleksi: transport, aloqa, savdo, mod- diy texnika ta’minoti, suv bilan ta’minlash, fan, maorif, sog‘liqni saqlash, atrof-muhitni himoya qilish va boshqalami o‘z ichiga oladi.*Ushbu tushuncha iqtisodiyot nazariyasi fani tushunchalari majmuida dastlab XX asming 40 yillarida paydo bo‘ldi. Unga iqtisodiy tizimdagi mustaqil element sifatida qarashga undovchi sabablar, bir tomondan, ijtimoiy mehnat taqsimotining chuqur- lashuv jarayonlari; boshqa bir tomondan esa — infratuzilmani faqat bozor mexanizmi orqali to‘laqonli rivojlantirish mumkin emasligi bilan baholanadi. Bu infratuzilma korxonalarini rivojlantirishda ikki asosiy yo‘nalish mavjudligini ko‘rsatadi. Birinchi yo‘nalish infratuzilma korxonalari ijtimoiy mehnat taqsimotining chuqur- lashuvi natijasida rivojlanishini ko‘zda tutsa, ikkinchi yo‘nalish infratuzilma korxonalari rivojlanishini tartibga solishda davlatning rolini oshirish zaruriyatini ifoda etadi.
Iqtisodiy tizimlami tashkil etish masalalarini o‘rganish asosida infratuzilma tushunchasining turlicha ta’riflarini ifoda etuvchi, ko‘plab yo‘nalishlaming paydo bo‘lishiga shart-sharoit yaratdi. Mazkur yondashuvlardan biri infratuzilmani ishlab chiqaruvchi- ga to‘g‘ridan to‘g‘ri foydani ta’min etmaydigan, sotishga tayyor bo‘lgan tovar ko‘rinishidagi bevosita natijani ham bermaydigan jamiyatning ustama xarajatlari sifatida qarab chiqishda ifodalanadi. Boshqa bir nuqtayi nazar ushbu kategoriyani korxonaning ustama xarajatlarini qisqartirgani, shu bilan birga, kapital aylanishini oson- lashtirgani holda, nafaqat birlamchi maqsad yalpi talab va band- likni oshirish, balki bozor sektorida foyda me’yorini oshirishga ko‘maklashuvchi shart-sharoitlar majmui (уоЧ tarmog‘i, transport vositalari, yer tuzilishi va boshqalar) sifatida tasawur yetishda o‘z aksini topadi.

G ‘ arb ilmiy va о ‘ quv adabiy otlarida yaxlit iqtisodiyot tarmoqlari infratuzilmasi deyilganda, masalan, amerikalik olimlar Makkonel K..R., Bryu S.L.ning ta’kidlashicha, infratuzilma milliy iqtisodiyot darajasida “fiiqarolar va finnalar tomonidan ulardan foydalanish, odatda, davlat tomonidan ta’minlanadigan kapital qurilmalardir (yo‘llar, shahar transport tizimlari, suv tozalash qurilmalari, munit- sipal suv ta’minoti tizimlari, aeroport)”, shuningdek, “infratuzilma (irma uchun - mahsulotni ishlab chiqarishda zarur bo‘lgan xizmat- lar va qurilmalardir (suv ta’minoti, elektroenergiya, ishlab chiqar- ishlarini olib ketish, yuklami tashish, ilmiy - tad-qiqot va loyiha - konstruktorlik ishlari, moliyaviy va bank xizmati)”1. Ulami o‘z mablag‘lari bilan tashkil etish qimmatga tushganligi bois davlat va boshqa firmalar tomonidan ta’minlanadi, deb ta’kidlaganlar.
Bir qator tadqiqodchilar “infratuzilma” tushunchasini iqtisodi- yotga P.N.Rozenshteyn-Rodan kiritgan deb hisoblaydilar. Uning fikricha, infratuzilmaga “barcha aholining ehtiyojlarini qondiruv- chi va iqtisodiyotning asosiy sohalarida xususiy tadbirkorlikning rivojlanishini ta’minlovchi umumiy shart-sharoitlar majmuasi, yoki asosiy sohalar deb ta’rif berganI II. R.Ioxemsen o'zining “Infratuzilma nazariyasi” nomli asarida infratuzilmani hududlarda yaxlit xo'jalikni tashkil etishga ko'maklashuvchi moddiy, shaxsiy va institutsional faoliyat turlari va ular tashkilotlarining yig‘indisi deb talqin etgan.III
Taniqli iqtisodchi olim P.Samuelsonning infratuzilmani rivoj- lantirish iqtisodiyotning asosiy tarmoqlarida xususiy tadbirkor- laming iqtisodiy mavqeyirw mustahkamlashi uchun qulay sharoit yaratib berishiga olib keladi deb bergan ta’rifi bugungi global- lashuvi sharoitida xususiy tadbirkorlikning shakllanishi va ular mavqeining mustahkamlanishi uchun muhim nazariy va amaliy asosdir1.
Iqtisod sohasiga oid ruscha adabiyotlarda ham infratuzilma tu- shunchasiga nisbatan yaxlit fikrlar uchramaydi. Quyidagi ta’rif bir muncha umumlashgan ta’rif hisoblanadi: “Infratuzilma-bu ishlab chiqarish va noishlab chiqarish (ijtimoiy) sohalarining yordam- chi tarmoqlari (quyi tarmoqlari)ning umumiyligidir.” Infratu- zilmafting ko‘pchilik talqinlarida mualliflaming fikrlaridan kelib chiqqan holda, tarmoqlar to‘plami nazarda tutilsa-da, ammo tar- moq to‘plamlaridagi rang-baranglik uni turlicha tushunishga olib keladi. Xususan N.F.Chemyavskiy sanoat va qishloq xo‘jaligiga xizmat ko‘rsatuvchi xalq xo‘jaligi tarmoqlari majmuini: yuk saqlash omborlari, aerodromlar, ko‘priklar, portlar, suv omborlari, kanallar, avtomobil yo‘llari qurish, energetika xo‘jaligi, temir yo‘l transporti, aloqa, suv ta’minoti va kanalizatsiya, umumiy va kasbiy ta’lim, ilm-fan, sog'liqni saqlash va shu kabi sohalarga xarajatlami infratuzilmaI II III, deb ataydi. Ko‘plab tarmoqlami sanab o‘tishga inti- lish, odatda, tushunchaning mavhumlashishiga olib keladi, buning natijasida esa kategoriyaning mohiyati ham yo‘qolib boradi.
V.P. Fedko va N.G. Fedkolar “inffatuzilmani ma’lum hududda takror ishlab chiqarish obyektlari birligi va ulaming samarali faoli- yatini ta’minlovchi sohalari yig‘indisidan iborat” degan fikmi ilgari surganlarIV. L.A.Merkushev infratuzilmaga ikkinchi soha sifatida ta’rif berib, “Umuman, bu qo‘shimcha faoliyat turi bo‘lib, asosiy obyektga xizmat ko‘rsatishga yo'naltirilgan”, deb yozadiV. Shun- ingdek, iqtisodchi olimlar V.Jamin, S.A.Xeynman, S.S.Darosov ham yuqoridagi infratuzilmaga berilgan ta’riflarga mazmun jihati- dan o‘xshash fikrlami bildiradi.
Infratuzilmaga A.Seleznev tomonidan berilgan ta’rif о‘zining keng qamrovliligi bilan ajrallb turadi. Uning fikricha, «qishloq inf- ratuzilmasi mintaqadagi subyektlar o‘rtasida moddiy, moliyaviy va boshqa shakllanishni ta’minlovchi ma’lum obyektlar, institutsional tuzilmalar majmui bo‘lib, ishlab chiqarish, muomala va iste’mol sohalarini yagona zanjirga birlashtiradi. Iqtisodiyotda moddiy, moliyaviy va axborotlar oqimini aylantirishni tezlashtirish hamda ijtimoiy rivojlanish samaradorligini oshirishni ta’minlaydi1.
A.A.Govorin infratuzilmaning iqtisodiy mohiyatini yoritish bo‘yicha yuzaga kelgan turli yondashuvlami tahlil qilish asosida umumlashtirib quyidagicha ta’rif beradi: Infratuzilma bu hududiy mehnat taqsimoti asosida yuzaga kelgan» ishlab chiqarish va uning alohida tarmoqlari o‘rtasida takror ishlab chiqarishning uz- luksizligini ta’minlovchi sohalar hamda aholining farovon turmush tarzini ta’minlashga xizmat qiluvchi ijtimoiy-iqtisodiy tizimlar majmuasidir.I II
Yuqorida keltirib o‘tilgan ta’riflar ma’lum bir afzalliklarga ega bo'lishiga qaramasdan, ular ishlab chiqarish va ijtimoiy soha ele- mentlarinigina qamrab olish bilan cheklanib qolganligi sababli yaxlit tarzda infratuzilmaning iqtisodiy funksiyalarini, jumladan, makroiqtisodiy tizimning institutsional, moliyaviy infratuzilma kabi muhim elementlarini to’laqonli aks ettira olmagan. Bizning fik- rimizcha, bozor iqtisodiyotida infratuzilma maqsadi, turli bozor- larda iqtisodiy subyektlaming faoliyat ko‘rsatishi uchun tegishli shart-sharoitlar yaratishdan iborat o‘zaro bog‘liq bo’lgan institut- laming o‘ziga xos quyi tizimini ifoda etadi, bu esa uni ekologik, axborot, ijtimoiy, tijorat, institutsional, moliya-kredit va ishlab chiqarish infratuzilmalarining majmui sifatida qarab chiqish im- konini beradi.
O'zbek olimlari tomonidan infratuzilma keng tadqiq etilgan bo‘lib, unga turlicha ta’riflar berilgan. Ko‘pchilik adabiyotlar-
da infratuzilmaning funksional vazifalari va xizmat turiga qarab nazariyotchi olimlar metodologik nuqtayi nazardan uni ikkita gu- ruhga: ishlab chiqarish va noishlab chiqarish inffatuzilmalariga bo‘lganlar. Masalan, A.O‘lmasov va N.To‘xliyevlaming yozishi- cha: «Ishlab chiqarish infratuzilmasi yalpi ijtimoiy mahsulot, mil- liy daromad yaratadi; ijtimoiy infratuzilma sohalari (maorif, fan, sog‘liqni saqlash va b.) ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotni jadallashti- risljga, inson omillarini faollashtirishga xizmat qiladi»1.
Ba’zi adabiyotlarda “infratuzilma - takror ishlab chiqarish shart -sharoitlarini ta’minlaydigan ishlab chiqarish va noishlab chiqa­rish majmuidir. Asosiy ishlab chiqarish infratuzilmasi - bu ener- giyani ta’minlovchi, transport va aloqa zanjiridir”I II. Shuningdek, “infratuzilma - bu xalq xo'jaligini yurgizib turish uchun umumiy sharoit yaratib beruvchi sohalardir. Ulaming faoliyat natijasi - na- tura shakldagi mahsulotlar emas, balki xizmatlardir”III
Tursunov A. G‘. o‘z tadqiqotlarida “Infratuzilma majmuasi - bevosita moddiy ne’mat ishlab chiqarishda qatnashmaydigan (ishlab chiqarish inffatuzilmasidan tashqari), ammo ishlab chiqa- rishning umumiy shart-sharoitini va kishilar hayot faoliyatini ta’minlashga xizmat qiluvchi xo‘jalik tarmoqlari majmuidan iborat”IV, deb ta’riflagan.
Shu bilan birga infratuzilmaning hosil bo‘lish sababini ishlab chiqarish rivojlanishining natijasi o‘laroq, takror ishlab chiqa­rish tizimida ma’lum vazifaga ega bo‘lgan tarmoqlaming iqtisodiy birligi shaklida tasviriaydi. Umuman olganda, infratuzilma so- hasiga ta’rif berganda uning bir nechta jihatlariga e’tibor berish lozim:

  • xizmat ko‘rsatish tizimida iqtisodiy munosabatlar tizimini tashkil etadi;

  • infratuzilmaning rivojlanishi va taraqqiy etishi ko‘p hollarda u xizmat qilayotgan sohaning rivojlanish darajasiga bog‘liq bo‘ladi va aksincha;

  • infratuzilma tarmog‘ining turlari qaysi sohaga xizmat qilishi- ga bog‘liq;

  • jamiyat rivojlanishi, taraqqiy etishi bilan infratuzilma tarmog‘ining xizmat ko‘rsatish turlari kengayib boradi.

Umuman olganda, infratuzilma, bu - ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish tarmoqlarining mutanosib faoliyat yuritishi va aholi tur- mush darajasini oshirishga ko'maklashuvchi xizmatlar majmuasi va ulaming bino - inshootlaridir. Shu paytga qadar infratuzilmani ishlab chiqarish va ijtimoiy infratuzilmalardan iboratdir, deb hisob- lab kelingan. Bozor iqtisodiyotiga asoslangan iqtisodiy tizimning kirib kelishi bilan infratuzilmaning ko‘lami kengayib, bozor in- fratuzilmasi, institutsional infratuzilma, bank infratuzilmasi, birja infratuzilmasi, investitsion infratuzilma kabi atamalar muomalaga kirib kelmoqda.
Ch.Murodovning fikricha, bozor iqtisodiyoti sharoitida jamiyat miqyosida infratuzilma oltita yo‘nalishda, ya’ni ishlab chiqarish, ijtimoiy - maishiy, institutsional, shaxsiy, ekologik va bozor mu- nosabatlariga mos ravishda ajralib chiqadi va shakllanadi. Bu inf- ratuzilmalami bir-biridan ajratish, farqlash hamda ulaming asosiy mohiyatini ifodalovchi ilmiy ta’rifiash nafaqat nazariy, balki inf­ratuzilma majmuasining iqtisodiy munosabatlar tizimida tutgan o‘mini asoslashda muhim amaliy ahamiyatga egadir.I Bugungi iqt­isodiy adabiyotlarda infratuzilmaning, asosan, to‘rtta turiga ta’rif berib kelinmoqda.

  1. Ishlab chiqarish infratuzilmasi bevosita ishlab chiqarish ja- rayoniga xizmat ko‘rsatuvchi tarmoqlami o‘z ichiga oladi.

  2. Bozor infratuzilmasi bevosita ishlab chiqarish jarayoniga xiz- mat ko‘rsatmasa-da, xo‘jalikning umumiy faoliyatini ta’minlashga

xizmat ko‘rsatadi. Masalan, marketing va reklama, axborot- maslahat, auditorlik, investitsion va shu kabi boshqa xizmat turlari xo‘jalik faoliyatining turli tomonlari samaradorligini oshirishga xizmat ko‘rsatadi.

  1. Ijtimoiy infratuzilma tarkibiga agrar sohada ishchi kuchini takror ishlab chiqarish bilan bevosita bog‘liq bo‘lgan xizmatlar: maorif va madaniy muassasalar, sport, turar joy va kommunal xo^aligi, sog'liqni saqlash va aholini ijtimoiy himoya qilish muas- sasalari, maktabgacha bo‘lgan bolalar muassasalari, umumovqat- lanish korxonalari, savdo, aholiga xizmat ko'rsatuvchi transport, mehnatni muhofaza qilish xizmatlari, texnika xavfsizligi, o‘quv- ishlab chiqarish kombinatlari, sog'lomlashtirish muassasalari ki- radi. Ijtimoiy infratuzilma insonning har tomonlama kamol topishi va unga erishish sohasida ko‘rsatiladigan xizmatlar yig'indisidir.

  2. Institutsional infratuzilma iqtisodiyot rivojlanishining opti­mal makroiqtisodiy nisbatlarini qo'llab quwatlovchi va tartibga soluvchi sohalar faoliyat turlarini o‘z ichiga oladi. Unga iqtisodi- yotni tartibga solib turuvchi davlat va nodavlat boshqaruv organ- lari, moliya-kredit muassasalari va boshqalar kiradi.












Download 1.24 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   78




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling