0‘zbekiston respublikasi oliy va 0‘rta maxsus ta’lim vazirligi


Hudiidiv belgisiga qarab


Download 1.24 Mb.
bet5/78
Sana31.01.2023
Hajmi1.24 Mb.
#1143365
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   78
Bog'liq
Qishloq xojalik infratuzilmasi

Hudiidiv belgisiga
qarab


Soha va tarmoqlar
belgisiga qarab


Foydalanish
belgisiga qarab


Mikroiqtisodiy

Hndudiy

Qishloq
xo'jaligiga xizmat . qiladigan ,

Mahalliy

Г \
Bitta tarmoqqa xizmat qiladigan

' Mahsnlotning istemolga yetib >. borishi bo’yicha /

liir nechta soha va tarmoqlarga xizmat 4. qiladigan

Infratuzilmaning |
tarkumlanishi

Bundan tashqari infratuzilma tarmoqlarining hududiy belgilari, soha va tarmoqlar belgilari hamda foydalanish jihatlariga qarab quyidagicha turkumlash mumkin. Xududiy belgilariga qarab in­fratuzilma - makroiqtisodiy, mintaqaviy va mahalliy guruhlarga bo‘linadi. Makroiqtisodiy infratuzilma mamlakat miqyosidagi in- fratuzilmaga mansub bo‘lib, ular makroiqtisodiyot tarkibiga kiruv- chi sektoming ish faoliyatiga xizmat ko‘rsatadi. Bu infratuzilmaga moddiy-texnika ta’minoti, elektr energiya uzatuvchi liniya, mi­neral o‘g‘itlar vaurug‘lar yetkazib berish, maorif, sog‘liqni saqlash va boshqalami kiritish mumkin. Infratuzilma korxonalari davlat tomonidan tashkil etilib, dehqon va fermer xo‘jaliklariga o‘z xiz- matini ko‘rsatadi. Hududiy infratuzilmalar, ma’lum bir mintaqaga o‘z xizmatini ko‘rsatadi. Infratuzilmaning iqtisodiy xususiyatlarini quyidagilar belgilab beradi:

  1. korxona faoliyatining bevosita natijalarini ifoda etuvchi foy- da me’yorida emas, balki iste’molchi-korxonalar sarf-xarajatlari- ning pasayishi va foydaning o‘sishida va ayni paytda aholi turmush iarovonligining yaxshilanishida aks etuvchi yirik ko'lamdagi ijo- biy samaralar;

  2. har bir iste’molchi tomonidan alohida to‘lanishi mumkin bo‘lmagan ijtimoiy ne’matlar: mahsulot va xizmatlami ishlab chiqarishga ixtisoslashuv;

v) qo‘shilgan xarajatlaming pasayishi (boshqa tarmoqlarda bo‘lgan o‘sishga nisbatan) bilan ishlab chiqarish hajmining o‘sishi.
Ammo, infratuzilma faoliyatining iqtisodiy-ishlab chiqarish xu- susiyatlari funksional jihatdan qo'shilgan xarajatlaming pasayishi bilan bog‘liq emas. Infratuzilmaning funksional xususiyatlari qu­yidagilar bilan belgilanadi:

  1. ishlab chiqarish infratuzilmasi tarmoqlarida sarflanayotgan mehnatning YAIM qiymatini oshiruvchi tavsifi;

  2. infratuzilma tarmoqlarida ishlab chiqarish jarayonining muomala sohasida davom etishi;

  3. infratuzilma tarmoqlarining saqlash, axborotlami uzatish, yetkazib berish kabi jarayonlami amalga oshirishlari sababli in-

ffatuzilma tarmoqlari mahsulotlarini omborga joylash va zaxira qilish imkoniyatining yo‘qligi;

  1. Infratuzilmasini nafaqat yordamchi, balki ikkinchi darajali soha deb hisoblashning mumkin emasligi va shu kabilar.

Infratuzilmaning o'ziga xos xususiyatlari va sifat ko‘rsatkich- larini tavsiflovchi bir qator belgilari mavjud:

  • takror ishlab chiqarishning umumiy shart-sharoitlarini ta’min etish;

  • faoliyatning servis-xizmat ko‘rsatish tavsifiga ega ekanligi;

  • ishlab chiqarishning mavsumiyligi sharoitida agrosanoat maj- mui mahsulotlarini yil davomida iste’mol qilish, ishlab chiqaruv- chi va iste’molchining vaqt-makon tizimida o‘zaro bog'liqligi, shu bilan bir qatorda, muomala sohasida ishlab chiqarish jarayonining uzluksizligini ta’minlash;

  • tarmoqlararo integratsiyalashgan ishlab chiqarish barcha bo‘g‘inlarining o‘zaro uyg'unlikda boiishini qo‘llab-quwatlash;

  • agrosanoat majmuining asosiy ishlab chiqarish sohalari bo‘lgan resurslami ishlab chiqaruvchi, agrar va qayta ishlovchi kor- xonalar o‘rtasida aloqalami va o‘zaro hamkorlikni amalga oshi- rish;

  • barcha ishlab chiqarish-qiymat (mahsulot-guruhli, tarmoq) za- njirining yaxlitligi va funksional jihatdan amal qilishini ta’minlash.

Shunday qilib, yuqoridagi tahlillarimiz infratuzilmaga ta’rif berishda adabiyotlarda yagona uslubiy yondashuvning yo‘qligidan dalolat beradi. Albatta, bu yuqorida ta’kidlanganidek, infratuzil­maning alohida yo‘nalishlarini o‘rganishga alohida e’tibor qara- tishni ta’lab etadi. Shuningdek, hudud(viloyat)ni yagona majmua sifatida o‘rganilgan ilmiy izlanishlaming yo'qligi ham bu borada ma’lum qiyinchiliklami tug‘diradi. Hozirgacha inffatuzilmani yax- lit hudud nuqtayi nazaridan to‘liq qamrab oladigan darajada tahlil qilib o‘rganilmagan. Aksincha, bozor infratuzilmasi, ishlab chiqa­rish inffatuzilmasi shaklida o‘rganilgan. Shuningdek, iqtisodchi olimlardan A.O‘lmasov va M.Sharifxo‘jayev, Ch. Murodovlar bo­zor inffatuzilmasiga atroflicha ta’rif bergan va 0‘zbekiston miqyo- sida o‘rgangan. Yuqorida keltirilgan va boshqa ta’riflami tanqidiy,
30
ijodiy o‘rganish asosida inffatuzilmaga quyidagicha ta’rif berishni inaqsadga muvofiq, deb hisoblaymiz.
Infratuzilma barcha xo‘jalik subyektlari o‘rtasidagi ijtimoiy-iq- lisodiy munosabatlarining shakllanishida bevosita ishtirok etuvchi, ulaming manfaatlarini muvofiqlashtiruvchi, tizimli yo‘naltiruvchi, ishlab chiqarishdan iste’molchiga qadar bo‘lgan jarayonlaming uzluksizligini ta’minlash hamda aholining ijtimoiy xizmatlarga bo‘lgan talabini qondirishga yo‘naltirilgan muassasalami o‘z ichi- ga oluvchi bir butun tizimdir.
Shu bilan birga, qator olimlar ishlab chiqarish va sanoat in- fratuzilmasini tahlil qilganda, uning qandaydir mahsulot ishlab chiqarmay, balki ishlab chiqarish uchun zarur bo‘lgan sharoitlami yaratishni ta’minlaydi deb ta’riflaydi. Infratuzilma elementlari iqtisodiyot mazkur tizimga yuklagan vazifalaming o‘ziga xos nati- jasidir. Bu vazifalar vaqt o‘tgani sari o‘zgarib, asosiy ishlab chiqa­rish funksiyalari yanada kengayib boradi.
Infratuzilmaning asosiy vazifalaridan biri ishlab chiqarish sa- maradorligini oshirish uchun umumiy shart-sharoitlami yaratish hisoblanadi. Qoida bo‘yicha, infratuzilma majmuasida mahsulot o‘z-o‘zidan yaratilmaydi, uning asosiy mahsuloti xizmatlardir. Ishlab chiqarish jarayonidagi vazifasigabog‘liq holda, infratuzilma material ishlab chiqarishda umumiy sharoitlami ta’minlovchi ish­lab chiqarish va inson kapitalini ishga tushirish, aholining turli ehtiyojlarini qondirish uchun sharoitlar yaratuvchi ijtimoiy-iqti- sodiy ko‘rinishlarga egadir.
Infratuzilma deyilganda bozor iqtisodiyotiga xizmat qiluvchi quyi tizim tushuniladi. Biroq uning tarmoqlarida bozor munosabat- lari ko‘pgina yetakchi jabhalami egallovchi bozor shakli qatorida nobozor sektoming mavjudligini avvaldan belgilovchi o‘z xususi- yatlari va ishlash chegaralariga egadir. Masalan, mintaqalarda in­fratuzilma obyektlarini rivojlantirish bo‘yicha tanlangan mexanizm uning faoliyatini cheklashi yoki, aksincha, rag‘batlantirishga sabab bo‘lishi mumkin. Infratuzilmaning o‘ziga xos xususiyati, avvalo, ishlab chiqarish samaradorligini va shu bilan birga milliy daromad qiymatini oshiradi.
Infratuzilma mintaqaning ko‘pgina moliyaviy, ijtimoiy, huqu- qiy, axborot, ekologik, boshqaruv va boshqa turdagi xizmatlar ko‘rsatish faoliyatini o‘z ichiga oladi va ishlab chiqarishning sa- marali olib borilishiga bevosita ta’sir ko‘rsatadi. Infratuzilma muassasalari o‘zining xususiyatlaridan kelib chiqqan holda ko‘p hollarda davlat tomonidan tashkil etiladi yoki mavjud infratuzilma muassasalari davlat tomonidan rag‘batlantirib boriladi.
Shu bilan birga, infratuzilma jamiyatda insonlaming ishlab chiq^rishdagi samarali ishtiroki uchun shart-sharoit yaratuvchi ishlab chiqarish kuchlarining bir qismidir. U jamiyat va uning a’zolari o‘rtasidagi ehtiyojlar borasidagi iqtisodiyjarayonlami ifo- dalaydi. Infratuzilmaning umumiy tushunchasi shuki, u takror ish­lab chiqarish jarayonida ishlab chiqarish, bozor va iste’molchining samarali munosabatga kirishini ta’minlovchi tizim bo‘lish bilan birga, mintaqada ijtimoiy vazifani ham bajaradi. Infratuzilmaning shakl-lanishi va rivojlanishini ilmiy tadqiq qilish ma’lum uslubiy tamoyillarga tayanadi. Jumladan:

  • tizimli yondashuv tamoyiliga asosan, tarmoqlarda takror ish­lab chiqarish jarayoni xo‘jalik yurituvchi subyektlaming ishlab chiqarish, taqsimot, ayirboshlash va iste’mol o'rtasidagi o‘zaro bog'liqlik asosida amalga oshiriladi;

  • hududiylik tamoyili mintaqaning o‘ziga xos alohida hududiy va mahalliy xususiyatlarini hisobga olishni taqozo etadi;

  • infratuzilmaning rivojlanishi va istiqbolini tahlil qilishda dinamik yondashuv tamoyili, uning doimiy rivojlanishini hisobga olib, tarkibiy jarayonlami, iqtisodiyotdagi o‘zgarishlami yaxlit- likda olib qaraydi;

  • infratuzilmaning muvofiqlashtirish tamoyili takror ishlab chiqarish jarayonida ishtirok etuvchi barcha tarmoqlar faoliyati­ni bir-biri bilan bog‘liq holda rivojlanishiga xizmat ko‘rsatuvchi infratuzilma muassasalarining faoliyatini o'rganishda qulaylik tug‘diradi;

  • infratuzilma iqtisodiy munosabatlar tizimida bajaradigan vazifalari, maqsadlari va faoliyat yo‘nalishlari nuqtayi nazaridan bir qancha tarkibiy qismlami tashkil etadi.

Infratuzilmaga kiruvchi sohalar iqtisodiy jarayonlarga turlicha ta’sir ko‘rsatadi va ishlab chiqarish, qayta ishlash hfmda sotish jarayonida o‘ziga xos o‘rin egallaydi. Shuning uchun infratuzil- mani o‘zining muhim belgilari nuqtayi nazardan tasniflash uning alohida yo‘nalishlarining ishlab chiqarish jarayonidagi o‘mini an- iqlashga imkoniyat yaratib beradi. Infratuzilma rivojlangan bozor iqtisodiyotining ajralmas qismi bo‘lib, ko‘p jibatdan uning ishlab chiqarish va raqobat imkoniyatlarini belgilaydi va quyidagi vazi- falami bajaradi:

  1. Infratuzilmaning iqtisodiy vazifasi qishloq xo'jaligining mu- vaffaqiyatli faoliyat yuritishi uchun zarur bo‘lgan bozor xizmatla- rini yetkazishdan iborat. Bu vazifani bajarish bilan infratuzilma qisman awal xalq xo‘jaligini rejalashtirishga xos bo‘lgan tartib- lash rolini bajaradi;

  2. Infratuzilmaning ijtimoiy vazifasi aholi bandligi imkoniyat­larini kengaytirish va jamiyat har bir a’zosining ijtimoiy mehnat taqsimoti tizimida o‘z o‘mini topishini ta’minlashdan iborat.

Bizning nazarimizda, infratuzilma o‘zida ijtimoiy takror ishlab chiqarishning me’yorda faoliyat ko‘rsatishi uchun zarur bo‘lgan shart-sharoitlami ta’min etishga yo'naltirilgan ishlab chiqarish va tarmoqlar majmuini ifoda etadi. U har qanday tabiiy - ijtimoiy xo‘jalik tizimlari, shu jumladan ishlab chiqarish jarayonida vu- judga keluvchi texnologik, iqtisodiy va tashkiliy aloqalami amal- ga oshirish orqali agrosanoat majmuining ham samarali faoliyat ko‘rsatishiga zamin yaratadi va ayni paytda infratuzilma yagona bozor xo‘jaligi mexanizmining asab, qon-tomir tizimi funksiyasini bajaradi.
Infratuzilma mamlakat hududlari, iqtisodiy rayonlar, iqtisodi- yotning barcha tarmoqlarini yaxlit tizimga keltirgani holda, ishlab chiqarishni jadal rivojlantirish va uning samaradorligini oshirish- ning muhim omillaridan biri sifatida maydonga chiqadi. Tayyor mahsulot, materiallar, xomashyoni o‘z vaqtida yetkazib berish ko‘p jihatdan xo'jalik muomalasida bo‘lgan resurslar hajmini old- indan aniqlash imkonini beradi. Mamlakat iqtisodiy salohiyati-
33
ning umumiy holatda o‘sishi infratuzilma tarmoqlarining tizimli qaror topishining bosh mezoni hisoblanadi. Qishloq ishlab chiqa- rish infratuzilmasini imkon qadar tez rivojlantirish zaruriyati u- ning tarkibiga kiruvchi soha va tarmoqlami o‘stirish omillarining o‘zgarishi bilan izohlanadi.
Bozor munosabatlarining rivojlanishi sharoitida infratuzilma tarmoqlari vaxizmatlarining funksiyalari sezilarli darajada o‘zgarib bormoqda. Bugungi kunda agrosanoat majmui korxonalariga mod- diy-texnik resurslami sotish va yetkazib berish bo‘yicha turli ak- sionerlik jamiyatlari va shirkatlar tashkil etilmoqda. Moddiy ish­lab chiqarish infratuzilmasining asosiy vazifalaridan biri bu fermer xo‘jaliklami ishlab chiqarishga xizmat ko‘rsatish vazifasidan ozod etish va ulaming butun diqqat - e’tiborini asosiy ishlab chiqarish faoliyatiga yo‘naltirish hisoblanadi. Agrosanoat majmui infratuzil- masi ishlab chiqarish hajmini oshirish uchun shart-sharoitlar yarat- ish va asosiy qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining sifatini yaxshilas- hga xizmat qiladi. Infratuzilma tarmoqlari va xizmatlari o‘zlari mustaqil ravishda pirovard mahsulot ishlab chiqarmasada, ko‘p jihatdan yaxlit tarzda takror ishlab chiqarish jarayonining samarali faoliyat ko‘rsatishini belgilab beradi.
Infratuzilmaning vazifalari faqat ishlab chiqarishga xizmat ko‘rsatish va servisdan iborat deb hisoblovchi iqtisodchilar maz- kur tushunchaning qo‘llanish chegaralarini cheklab qo‘yadi. Xiz­mat ko‘rsatish funksiyalari bilan bir qatorda ishlab chiqarish in­fratuzilmasining shunday bo‘g‘inlari ham borki, ular bevosita ish­lab chiqarish doirasida amalda bo‘lib, asosiy ishlab chiqarishning bir maromda faoliyat ko‘rsatishi uchun asosiy ishlab chiqarish bo‘g‘inlariga nisbatan yordamchi va to‘ldiruvchi vazifalami ba- jaradilar. Shu bilan bir qatorda mahalliy va xorijiy iqtisodchilar o‘rtasida “infratuzilma”, “ishlab chiqarish infratuzilmasi”, “ijti- moiy infratuzilma”, “atrof-muhit muhofazasi infratuzilmasi”, “bo­zor infratuzilmasi” tushunchalarini talqin etishda yakdillik mavjud emas. Ulami ta’riflash va tasniflash borasidagi ko‘p sonli usullar
ii|tisodchilaming qaysi belgi va yo‘nalishlarga ustuvorlik berish- lari bilan bog‘liqdir.
U yoki bu darajada rivojlangan har qanday iqtisodiy tizim o‘z oldiga tizimning yashovchanligini ta’minlash bilan bog‘liq bo‘lgan bir qator uzoq muddatli global maqsadlami qo'yadi. Barcha faoli- yat turlari, shu jumladan moddiy ishlab chiqarishning asosiy qismi ham utilitar tavsifga ega bo‘lib, u yoki bu darajada tizimga xizmat ko‘rsatadi, yoxud tizim yakuniy maqsadlarining amalga oshishini la’mini ay di.
Infratuzilma yordamchi tavsifdagi moddiy va nomoddiy ish­lab chiqarish xizmatlarini ko‘rsatishi bilan tavsiflanadi. O.S. Be- lokrilova qator boshqa hammualliflar singari xizmat deyilganda mehnatning o‘ziga xos iste’mol qiymatini tushunish lozimligini aytadi, zero, xizmat buyum sifatida emas, balki faoliyat sifatida ko‘rsatiladi, ya’ni, u bu borada, aytaylik, biror bir mashina yoki uskunadan deyarli farq qilmaydiI.
Yuqorida tilga olib o‘tilgan fikrlardan shunday xulosa qi- lish mumkinki, korxona uchun iste’mol qiymatini nafaqat, mod­diy tavsifga ega bo‘lgan texnik vositalaming xizmati, balki, reklama, marketing xizmatlari, injiniring, investitsion siyosat va boshqaruv masalalari bo‘yicha maslahatlar berish kabi nomoddiy ko‘rinishdagi xizmatlar ham yaratadi. Ular moddiy-texnik ta’minot va ishlab chiqarishga texnik xizmat ko‘rsatish xizmatlari kabi yor­damchi tavsifga ega bo‘lgani holda, bevosita yoki bilvosita asosiy ishlab chiqarishning yakuniy mahsulotiga ta’sir ko‘rsatadi. Odatda ishlab chiqarish va iste’molning bir vaqtning va bir joyning o‘zida amalga oshishi ko‘plab ishlab chiqarish tavsifidagi xizmatlaming o‘ziga xos xususiyati hisoblanadi.
Har qanday tizimning amal qilishi ma’lum qonuniyatlarga bo‘ysunadi, agar infratuzilma tizimining amal qilish qonunlari zaruriylik va yetarlilik nuqtayi nazaridan bayon etiladigan bo ‘ Isa, u holda aytish mumkinki, iqtisodiy zaruriyat korxonaning ehtiyo- ji bilan, yetarlilik esa - transaksion yoki o‘zaro ta’sir ko‘rsatish xarajatlarini tejash bilan belgilanadi. Amaldagi qonunlar tipiga ko‘ra, infratuzilmaning ichki holatini ko‘p jihatdan tashqi muhit ta’siriga bog‘liq bo‘lgan tizimlar sirasiga kiritishimiz mumkin. Bu iqtisodiyot institutsional tuzilmasining ishlab chiqarish inffatuzil- masiga ta’sirida yaqqol ko‘zga tashlanadi. Masalan, transport kor- xonalarining faoliyatiga yuk va yo‘lovchi tashish tariflarini dav- lat tomonidan tartibga solish katta ta’sir ko‘rsatadi, bu esa ko'plab kor-^onalaming qarzga botishiga, narxli raqobatning yo‘qolishiga va sohaga davlat subsidiyalarining ajratilishi zarurligiga olib ke- ladi. Ammo mazkur vaziyatda yuzaga keladigan salbiy holatlar bilan bir qatorda, ijobiy jihatlar ham ko‘zga tashlanishini unutmas- ligimiz lozim. Transport tariflarini davlat tomonidan tartibga solish subyektlarga yuk tashish narxlarining keskin o‘sishidan qutulish, transport korxonalariga esa davlat subsidiyalari, subvensiyalari va dotatsiyalarini olish imkonini beradi.
Bozor iqtisodiyoti infratuzilma xizmatlarini ko‘rsatishga alo- hida talablar qo‘yadi, chunki bunga barcha korxona va tashkilot- laming iqtisodiy faoliyati, bilvosita esa mintaqa aholisining tur- mush darajasi ham bogTiqdir. Normal faoliyat ko‘rsatuvchi bozor iqtisodiyoti uchun barcha turdagi resurslar zaxirasi boTishi talab etiladi, infratuzilma quwatlari ham bundan mustasno emas. Bir qator mutaxassislaming fikriga ko‘ra, infratuzilma quwatlarining zaxirasi iste’mol qilinayotgan quvvatlaming 30-35 foizi atrofida boTishi talab etiladi, aks holda, xo‘jalik shartnomalarining bajaril- ishi qiyinlashadi, shartnomalar bo‘yicha yuk yetkazib berish mud- datlari barbod boTadi, takror ishlab chiqarish jarayoni subyektla- rining o‘zaro aloqalari, korxonalar ta’minotining bir maromiyligi buziladi.
Ishlab chiqarish xizmatlari qiymatga ega boTadi, chunki ular- ni sotish uchun resurslar talab etiladi va ayni paytda ular asosiy ishlab chiqarish ehtiyojlarini qondirishga xizmat qilganligi uchun iste’mol qiymatiga ham ega boTadi. Infratuzilma xizmatlarini ko‘rsatishda cheklangan resurslardan foydalaniladi, shunga mos
36
Inrzda xizmatlarning o‘zi ham cheklangan hisoblanadi, ular har bir xo'jalik yurituvchi subyektning cheksiz ehtiyojlarini qondirish u- cluin yetarli bo‘lmaydi. Ishlab chiqarish xizmatlarining bu xil bar- cha sifatlari uning nafliligi, cheklanganligi va resurs sig‘imliligida namoyon bo‘ladi. Infratuzilma asosiy ishlab chiqarish tovarlari nafliligi va xarajatlarini shakllantirishda ishtirok etgani holda, bo- zor sharoitida asosiy tovaming qiymati va iste’mol qiymatiga, yoki lining nafliligi va xarajatlari darajasiga ta’sir ko'rsatadi.
Asosiy ishlab chiqarishning u yoki bu ehtiyojlarini qondira ol- ishga bo‘lgan infratuzilma korxonalarining layoqati moddiy ishlab chiqarishning daromadlari darajasi; qo‘llanilayotgan ishlab chiqa­rish xizmatlarining o‘mini almashtirish imkoniyatlari; moddiy ne’matlar ishlab chiqarish bilan shug'ullanuvchi korxonalar soni; yangiliklarga intilish darajasiga bog‘liq tarzda o‘zgarishi mumkin bo‘lgan ishlab chiqarish xizmatlariga talabni shakllantiradi.
Infratuzilma korxonalarining ijtimoiy zaruriy mehnat sarflari ayni vaqtda amalda bo'lgan narxlar (tariflar) bo‘yicha bozorga olib chiqilishi mumkin bo‘lgan ishlab chiqarish tavsifidagi xiz- matlar taklifini shakllantiradi. Xuddi iste’mol ne’matlari bozor- larida bo‘lgani kabi, ishlab chiqarish xizmatlari bozorida ham talab taklifni vujudga keltiradi. Har bir ishlab chiqarish xizmati taklifi turlicha egiluvchanlikka ega bo‘ladi. Boshqa omillar ta’siri ham boisa-da, resurslaming cheklanganligi va kamyobligi buning asosiy sabablaridan biri bo‘lib hisoblanadi. Misol tariqasida, elektr energiyasi, tabiiy gaz va suv ta’minotining muqobillari yo‘qligi va ulaming ta’minotchilari doimo tabiiy monopoliyalar bo‘lib kel- ganligi sababli ham, mazkur xizmatlar noelastik tavsifga egadir. Ishlab chiqarish xizmatlari taklifi iqtisodiy resurslar narxi, ishlab chiqarish infratuzilmasi korxonalarining texnologik rivojlanish darajasi, mazkur sohadagi korxonalar soni, tadbirkorlik faoliyatini rag‘batlantiruvchi omillaming mavjudligi, yangiliklami kutishga bog^liq tarzda o‘zgarishi mumkin. Ijtimoiy zaruriy infratuzilma faoliyatining o‘ziga xos jihatlari quyidagilardan iborat:

  • moddiy ishlab chiqarishning moddiy-ashyoviy belgilariga ja- vob bermasligi;

  • usiz mumkin bo'lmagan, yoki yyetarlicha samarasiz bo‘lgan, biror bir boshqa asosiy faoliyatni me’yorida amalga oshirishning zaruriy sharti sifatida maydonga chiqishi;

  • servis xizmati va ko‘rsatilayotgan xizmatning iste’moli jara- yonlarining vaqt va mazmun bo‘yicha bir-biriga mos tushishi;

  • xizmat ko‘rsatish obyektining mavjudligi;

  • irifr atuzilma xizmatlarining xizmat ko‘rsatilayotgan obyektga ijobiy ta’siri darajasi va tavsifi;

boshqa xizmatlarda bo‘lgani kabi, infratuzilma xizmatlarini jis- moniy ko‘rinishda to‘plashning mumkin emasligi.
Infratuzilma ijtimoiy ishlab chiqarish va ijtimoiy sohalarini ishlab chiqarish-texnik ahamiyatidagi mahsulotlar yoki mehnat vositalari (mehnat qurollari, mehnat predmetlari va obyektlari) ko‘rinishidagi barcha zaruriy moddiy resurslar bilan ta’minlaydi. Natijada, barcha xizmatlami ulaming tavsifidan qat’i nazar, resurs sig'imli va resurs sig‘imsiz xizmatlarga ajratishimiz mumkin. Moddiy, material sig‘imli, energiya sig‘imli deb ataluvchi xizmat- laming eng muhim xususiyati - bu umumiy hisobda ishlab chiqa- rilgan moddiy (xomashyo, materiallar, yoqilg‘i, elektroenergiya, amortizatsiya va shartli-doimiy xarajatlar) hamda mehnat resurs- larining qiymatiga bog‘liq holda, ulaming hajmi, sifati va sama- radorligi o‘rtasidagi yetarlicha aniq va uzviy bog‘liqlikdir. Resurs sig‘imsiz xizmatlar (kichik energiyali xizmatlar) tarkibiga sifati, samaradorligi, yakuniy qiymati (narxi) resurs xarajatlari va mah- sulot hajmi bilan sust korrelyatsion bog‘lanishda bo‘ lgan xizmatlar kiritiladi.
Ko‘pchilik hollarda resurs sig‘imli xizmatlar moddiy-ishlab chiqarish infratuzilmasi tomonidan amalga oshiriladi. U mod­diy ishlab chiqarishga (servis, ya’ni ishlab chiqarish xizmatlari ko‘rinishida) xizmat ko‘rsatsa-da, moddiy ishlab chiqarishda u- ning ulushi yetarlicha katta bo‘lmaydi. Biroq, infratuzilmaning fimksional-tuzilmasi va uning ta’minot tuzilmalari o‘rtasidagi farq-
38
Inr bilan izohlanuvchi mazkur soha xizmatlaridagi tafovutlarni ilg‘ab olish qiyin emas. Infratuzilmaning funksional-tuzilmasi deyilganda moddiy ishlab chiqarish uchun xizmat ko‘rsatuvchi snvdo-vositachilik tuzilmalari, birlamchi xo‘jalik-ishlab chiqarish luzilmalari (yetkazib beruvchi kontragentlar) va moddiy-texnik In’minot bo‘linmalari tushuniladi. Aynan ishlab chiqarish kuchlari clcmentlari va jamiyat xarid qobiliyatining o‘zaro ta’sirlashuvi natijasi bo‘lgan butun xo‘jalik aloqalari tizimi hamda tovarlar ha- rukati tarkibi va yo‘nalishi material oqimlarining tartibini belgilab bcradi.
Mazkur oqimlartahlili shuni ko‘rsatadiki, materiallar va tovarlar harakati yuqorida sanab o'tilgan tuzilmalaming sof ko‘rinishdagi boshqaruv vositachilik, informatsion va maslahat xizmatlaridan tortib, to yuklash, tushirish, tashish, saralash, saqlash, butlash, idishlarga solish, qadoqlash, markirovkalashgacha boMgan resurs sig‘imli majmuaviy yoki natijani ta’min etuvchi to‘plamni ifoda etadi.
Qoidaga ko‘ra, bunday korxonalaming faoliyati butunicha yet­kazib beruvchi kontragentlar va vositachilar o‘rtasidagi xo‘jalik aloqalariga mos ravishda ta’minotning keng qamrovli dasturlariga yo‘naltirilgan bo‘ladi. Masalan, temir yo‘l, havo, suv, avtomobil transporti va shu kabi korxonalarda yuk tashish reja va dasturlari faqatgina, ta’minotchi kontragentlaming o‘zaro manfaatli shart- nomalariga asoslangan buyurtmalari asosidagina shakllantirilishi mumkin. Aynan shu sababli mazkur xo‘jalik tizimlari buyurt- machilar faoliyatining keng qamrovli tavsifiga nisbatan yetarlicha indeferent bo'lgan infratuzilmaning ta’minot funksiyalarini baja- rishga va buyurtmalaming o‘z vaqtida, aniq, to‘la-to‘kis bajari- lishiga yo‘naltirilgan bo‘ladi.
Umumiy tarzda aytishimiz mumkinki, qishloq xo‘jaligi tovar ishlab chiqaruvchilarining inffatuzilmaviy ta’minoti va asosiy ishlab chiqarishning har bir quyi tizimi alohida holatda ham katta o‘rin egallasa-da, biroq ulaming birgalikda qo‘llanishdagi sama- radorligi sezilarli darajada ortadi, chunki qishloq xo‘jaligi tovar
39
ishlab chiqamvchilarini xomashyo resurslari bilan ta’minlashda asosiy ishlab chiqarish har bir quyi tizimining samaradorligi ular- ning ma’lum bir to'plamlaridan birgalikda foydalanish va o‘zaro uyg‘unligini ta’minlash holatida, yetarli darajada o‘sadi.


  1. Download 1.24 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   78




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling