Oddiy malhamlar (empiastra ordinaria)
Bular malham massasi tarkibiga kiruvchi moddalarga qarab:
Qo'rg'oshinli.
Qo'rg'oshin-smolali.
Qo'rg'oshin-mumli.
Smola-mumli guruhlarga bo'linadi.
Qo‘rg‘oshinli malhamiar. Oddiy qo'rg^oshin malha- mi (Emplastrum Plumbi simplex seu Emplastrum Diachylon simplex).
Tarkibi: FM 242-1738-81.
Olei Helianthi
Adepis suilh'
Plumbi oxydi
Aquae destillatae
Tayyorlash aralashtirgichli mis qozonda olib boriladi. Qozon- ga yogTar solinib. eritib aralashtiriladi. So'ngra boshqa aralash- malardan tozalangan (shu jumladan РЬ^Од dan) va kukun dara- jasi (90 mkm) gacha maydalangan qo'rg'oshin oksidi ikki qism yangi qaynatilgan suv bilan aralashtiriladi. Bu suspenziya doimiy aralashtirish jarayonida hammasi erigan, lekin qizib ketmagan yog'lar aralashmasiga oz-ozdan qo‘shib (ehtiyotlik bilan!) 15 daqiqadan so'ng, harorat 100-150 °C ga yetgach unga oz-oz- dan qaynoq suv quyib turiladi. Suv tamomila bug'lanib ketmas- ligini nazorat qilih turish lozim. Shu tarzda 1.5-2 soat qayna- tiladi. Sovunlanish reaksiyasi oxirigacha yetganligi aralashma rangi qizg'ishdan kulrang yoki sarg'ish oqqa o'tishidan bilinadi. Hosil bo'lgan massadan bir tomchisi sovuq suvga tushirilganda dumaloq shaklda qotib qolsa, bu reaksiya tugaganini ko'rsatadi. Agar tomchi yumshoq bo'lib. qo'lga yopishsa, yog' to'la sovun- lanmaganligini biJdiradi. Bunda malham pishirishni davom etti- rish kerak.
Qozondagi tayyor malhamni oiib. elak orqali issiq suvga o'tka- ziladi. Glitserindan tozalangan malham suv ostiga yig'iladi. Massa bug' bilan isitiladigan qorishtirgichdaaralashtiriladi. Malham tarki- bidagi qoldiq suvni bug'latish uchun malham qozonda 100-110 °C haroratda qizdiriladi. Malham quriganini shisha tayoqcha yordami- da olib ko'rilganda ipga o'xshab cho'zilganidan bilish mumkin. Bunda malhamning qoldiq namligi 3 % ga teng bo'ladi. Aks hol- da u saqlash vaqtida qattiq va sinuvchan bo'lib qoladi. achiydi va mog'orlaydi.
Quritilgan malham vazelin moyi yoki sovunli spirt surkalgan pergament qog'ozga o'tkazilib, silindr (gula) shakliga keltiriladi va 0,5 kg dan chiqariladi.
Malham pishirish jarayonida qo'rg'oshinning yuqori moy kislotalari bilan suvda erimaydigan tuzi (sovun) hosil bo'ladi:
Do'stlaringiz bilan baham: |