Sifatini tekshirish. 1. Xantal qog'ozi 90 °C ga bukilganda. yopishtirilgan qatlami to'kilmasligi kerak.
Xantal qog'ozi yorug'likka qaratib. oddiy ko‘z bilan tek- shirilganda hamma qismidan nur bir tekis o'tishi kerak.
Xantal qog'ozini 5 soniya iliq suvga botirib. teri ustiga qo'yilganda 5 daqiqadan so'ng teri qizarishi va xantal hidi keli- shi kerak. Bunda xantal tarkibidagi sinigrin glikozidi parchalanib, allilizotiotsinatga o'tganligi ma'lum bo'ladi. Bitta xantal qog'ozi (100 sm2) da allilizotiotsianat miqdori 0.0119 g bo'lishi kerak. Quruq joyda 8 oy muddatgacha saqlanadi.
Eslatma. 1. Xantal qog'ozini tayyorlashda portlovchi yoki yonuvchi modda (benzin)lardan foydalanilganligi tufayli sex- da shunga mos shart-sharoit mavjud bo‘lishi shart va boshqa sex- lardan alohida joylashgan bo'lishi, ogohlantirish tarmog'i yaxshi yo‘lga qo'yilgan bo'lishi kerak.
2. Atrof-muhit ifloslanmasligi uchun benzinni qayta ishlovchi qurilma bo'lishi kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |