Eslatma. Malham tayyorlashda texnika xavfsizligi qoidalariga qat'iy rioya qilish zarur. Malham tarkibiga kiruvchi kanifol mas- saning yopishqoqligini ta'minlaydi. Rux oksid esa kanifol tarki- bidagi organik kislotalarni tuzga o'tkazib. uning qitiqlash xossasi- ni kamaytiradi. Lanolin bilan mum malham massasini qotishdan saqlaydi. Antioksidant kauchukni oksidlanishdan saqlaydi va mal- hamning saqlanish muddatini uzaytiradi. Kauchukni eritish uchun „Galosh“ navli benzin ishlatiladi.
Matoga surkalgan bakteritsid malham
(Emplastrum adhaesivum bactericidum).
Tarkibi:
Furacillini - 0,02 q.
Synthomycini - 0.08 q.
Viridis nitentis -0,01 q.
Spiritus aethylici 40 % - ad 100 q.
Tarkibiy qismlarning hammasi 40 % И spirtda eritilib. eritma dokaga shimdiriladi. erituvchi uchib ketgandan so’ng doka leyko- plastir ustiga yopishtiriladi. LJstidan yana kraxmallangan doka va sellofan bilan qoplanadi.
Tayyor malham 10x4x1,5 sm; 10x8x3,5 sm; 10x6x2,5 sm; 25X4XI.5 sm; 100x6x2.5 sm; 300x6x2.5 sm o'lchovlarda kesiladi.
Bakteritsid malham teri yiringlanishining oldini olishda va birinchi yordam ko'rsatishda ishlatiladi.
Qalampir malhami (Emplastrum capsici). Sariq rangli yopish- qoq, bir jinsli, o'ziga xos hidga ega bo'lgan massa bo'lib, qog'oz yoki matoga surkaladi.
Massani tayyoriash bir necha bosqichdan iborat:
Kauchukni benzinda eritib. unga kanifol va antioksidantlar qo'shib. kauchuk yeiimi tayyorlanadi.
11 % li quyuq qalampir ekstrakti bir qismi eritilgan va 40-50 °C gacha sovutilgan lanolin bilan araiashtiriladi, unga 0.3 % li beladonnaning quyuq ekstrakti va 0,3 % li tindirmasini qo'shib yaxshilab aralashtiriladi.
Bug’doy uniga isitilgan suyuq parafin, lanolin va 1/6 qism kanifolning benzindagi eritmasini qo'shib. unli asos tayyorlana- di. So'ngra birinchi va ikkinchi massani aralashtirilgach. uchinchi massa qo'shiladi va yaxshilab aralashtiriladi.
Таууог massa birlamchi ishlov berilgan madagoiam, mit- kal yoki surpga 220-230 g/m2 qalinlikda УСПЛ-1 qurilmasida surkaladi va quritiladi. So‘ngra 12x18 sm; 10x18 sm: 8*18 sm oMchovda kesilib. ikkitasining orasiga sellofan qo'yib yopishtiri- ladi. Qog'oz paketlarda 2 tadan yoki 4 tadan chiqariladi. Podagra. artrit, yuqori nafas yo‘llari shamollashida og‘riq qoldiruvchi vos- ita sifatida ishlatiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |