0‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi s. M. MahKamov, K. S. Mahmudjonova
Download 1.46 Mb.
|
Tayyor dori turlari texnologiyasi (S.Mahkamov) unlocked
Mualliflar
Kirish Qadim zamoniarda odamlar shifobaxsh vosita sifatida asosan o'simlik va tabiiy mineral moddalardan foydalanishgan. 0‘sha davrlarda dorivor moddalar to‘g‘risidagi ma'lumotlar avloddan- avlodga, qabiladan-qabilaga faqat og‘zaki tarqalgan. Davlatlar o'rtasida savdo-sotiq va boshqa munosabatlar o'r- natilgandan so‘ng, ana shu davlatlarda dorivor moddalaming turi ko'paya bordi. Yozuv paydo bo‘lgandan keyin dori turlari to'g'risidagi ma'lumotlar yozma ravishda tarqala boshladi. Hozirgacha saqlanib qolgan dorilar haqidagi qadimgi zamon ma'lumotlari asosan yunon adabiyotlarida uchraydi. Yunonlar o'zlarida yetishtirilgan dorivor o‘simliklardan tashqari Misr. Eron va boshqa Osiyo mamlakatlaridan keltirilgan dorivor mahsulot- lardan ham foydalanishgan. Gippokrat (eramizdan avvalgi 460-377-yillar) bemorlami par- hez ovqatlar bilan davolagan. Aristotel va shogirdi Teofrastlar (eramizdan to'rt asr old- in) ko‘pgina dori turlarini tavsiflash bilan birga ulaming foydali xususiyatlarini ham ko‘rsatib o'tishgan. O‘z davrining atoqli tabibi Dioskoridning (eramizning I asrida yashagan) „Materia medica" nomli mashhur kitobi XVI asrgacha Yevropa shifokorlari uchun qo'llanma bo'Iib keldi. Ko‘hna Rimda Galen (eramizning 130-yillarida tughlgan) far- matsiya va tibbiyot sohasida bir qancha kitoblar yozgan. Galen kitoblarida 304 ta dorivor o‘simlik, 80 ta hayvon a'zolaridan tay- yorlangan (tarkibida ta'sir etuvchi moddalar bo‘lgan) dori turlari biian bemorlami davolashni birinchi bo‘lib taklif etdi. Bu dori- lar hozirgi kunda ham „Galen preparatlari"4 nomi bilan yuritiladi. Galenning tibbiyot va farmatsiya sohasidayozgan asarlari XIX asr- gacha katta ahamiyatga ega bo'lib keldi. VII asrda Osiyoning janubi sharqida tabobat bilimlari Hindis- ton va Xitoyda g‘oyat rivojlandi. Ular ishlatib kelgan moddalarni ma’lum sistemaga solishda arab tilida asar yozgan sharq shifokor- larining xizmati katta bo'ldi. O‘z davrining mashhur tabiblari Abu Ali ibn Sino, eronlik Abu Bakr Muhammad bin Zakariya ar-Roziy. xorazmlik Abu Abdal- loh Muhammad ibn Ahmad al-Beruniy va boshqalarni butun dunyo taniydi. Buyuk alloma Abu Rayhon Beruniy umrining oxirgi yillarida ..As-saydona“, ya'ni „Tabobatda dorishunoslik“ asarini yozdi. Bu asarda o‘sha davming sharq tabobatida ishlatiladigan shifobaxsh o'simliklardan 750 tasi haqida fikr yuritiladi. Mashhur olim Abu Ali ibn Sino 1020-yilda 5 jildlik „Al-qo- nun“ („Tib qonunlari“) kitobini yozdi. Bu kitobning II jildi oddiy. V jildi esa murakkab dorilarga bag‘ishlangan. Kitobning II jildida o‘simlik va hayvonlardan olingan hamda tibbiyotda ishlatiladigan mahsulotlar va mineral moddalardan 811 tasi bayon qilingan. Dori turlarining tana a’zolariga ta'sir qilishida ularning tashqi ko‘rinishi, hidi, mazasi, rangi, qovushqoqligining ahamiyati hamda mijoz. ya'ni tananing issiqlik yoki sovuqlikka moyilligining o‘zaro bog‘liqligi Ibn Sino tomonidan chuqur oTganilgan. Bu xususiyat- lar chuqur tahlil qilingan bo'lib. hozirgi vaqtda yangi yo'nalish bo'lgan biofarmatsiya fanining asosi bo'lib hisoblanadi. Afsuski. dori tayyorlashga oid ko‘pchilik asarlarda amerikalik olimlar Levi va Vagner biofarmatsiyaning asoschilari deb hisoblanadi. Vaho- lanki, bu olimlar „biofarmatsiya“ atamasini birinchi marta 1961- yilda qoTlaganlar, xolos. XII-XVI asrlarda arab tibbiyoti asta-sekin Ovrupoga o'tib, o‘z ta'sirini saqlab keldi. Shu davrda Ovrupoda sharqona dorixonalar- da asosan sharq dorilari tayyorlanardi. Sanoat miqyosida dori ishlab chiqarishning boshlanishi asosan XVIII asming oxiri va XIX asming boshlariga to'g'ri keladi. Zotan shu davrga kelib sanoatda dastgohlar keng ko'lamda ishlatila boshlandi. 5 XIX asrning birinchi yarmida rivojlangan kapitalistik mam- lakatlar Germaniya, Fransiya, AQSh va Angliyada yirik ishlab chiqarish usullari amalga oshirila boshlandi. 0’zbekiston Rossiyaning mustamlakasi. Rossiya xomashyoga boy bo'lishiga qaramasdan, chet davlatlarga qaram edi. Faqat 1942-yildagina Toshkent shahrida farmatsevtika fabrika- si tashkil qilinib, keyinchalik kimyo-farmatsevtika korxonasiga aylantiriladi. Bu Markaziy Osiyoda eng yirik korxona bo4ib, tay- yor dorilar ishlab chiqarishga ixtisoslashgan edi. Unda tabletkalar, inyeksiya uchun ishlatiladigan dorilar, fitopreparatlar hamda galen preparatlari ishlab chiqarilardi. Hozirgi kunda aholini dori-darmonlar bilan yetarli darajada ta'minlash muammolarini hal qilish uchun zamonaviy dastgohlar bilan jihozlangan. katta ishlab chiqarish quvvatiga ega boTgan zamonaviy korxonalar bilan bir qatorda kichik korxonalar tash- kil qilish keng rivojlanmoqda. Bu korxonalar ishini iloji boricha mahalliy xomashyo asosida. zamonaviy chiqindisiz texnologiya bilan ishlashini ta'miniash lozim bo'lmoqda. Bu rejalami amalga oshirish sanoat xodimlaridan yuqori unumda ishlashni, tejamkor- likni va ilm-fan yutuqlarini ishlab chiqarshiga muntazam tatbiq qilishni taqozo etadi. Dori texnologiyasi fanining shakllanishi va rivojlanishi farma- tsevt kadrlami tayyorlashda ma'lum darajada shu sohada yozilgan darsliklaming ahamiyati katta boTdi. Birinchi marta texnologiyadan darslik 1929-yilda Sankt-Pe- terburglik olim professor I. A. Obergard (1888-1937) toraonidan yozilgan. Bu sohada Moskva va Xarkovda professor G. Ya. Kogan (1889- 1956) hamda professor S.F.Shubin (1898-1942)1arning texnolo- giyaga oid darsliklari 1960-yilgacha bir necha avlod mutaxassis- iarini tayyorlashda asosiy o‘quv quroli boTib xizmat qildi. Shuni alohida qayd qilish kerakki. ..Sanoatda ishlab chiqariladigan dori- lar texnologiyasi“ darsligini 1939-yilda birinchi bodib professor G. Ya. Kogan yozgan edi. Professor S.F.Shubin tomonidan 1942-yilda yozilgan darslik nazariy jihatdan ancha puxta bo'lib, unda keltirilgan ayrim mulo- hazalar shu kungacha o’z qimmatini yo'qotmagan. Ko'p yillar davomida sobiq Ittifoqda tayyor dorilar texnologi- yasi bo‘yicha Sankt-Peterburglik olim Yu.K.Sander tomonidan yaratilgan nazariy va amaliy darsliklardan foydalanib kelindi. Pyatigorsk farmatsevtika oliy bilimgohining professori I. A.Muravyev farmatsiya fani va ilmining rivojlanishiga katta his- sa qo'shdi. U fitopreparatlar bo'yicha yetuk mutaxassis bo'libgina qolmay. ilmiy mutaxassislar tayyorlashda ham yetakchi o'rinni egallaydi. U yaratgan texnologiya nazariy darsligi qariyb 30 yildan buyon bizda va ayrim xorijiy mamlakatlarda farmatsevt mutaxas- sislari tayyorlashda asosiy o'quv quroli bo'lib keldi. Respublikamiz mustaqil bofiganligi va o‘z ona tilimiz davlat tili maqomini olganligi munosabati bilan mutaxassislar tayyorlash uchun darsliklar yaratish muammosi tug‘ildi. Bu muammoni hal qilish borasida birinchi darslik 1991-yilda professor S.M. Mahka- mov, dotsentlar M.U.Usubboyev va A.I.Nuritdinovalar tomoni- dan yozilgan „Tayyor dorilar texnologiyasi“ amaliy mashg‘ulotlar uchun qo‘llanma va 1994-yilda yozilgan darslik bo'ladi. Vaqt o‘tishi bilan ushbu darslik va o‘quv qo'llanmalami qay- ta ishlab. zamon talabiga mos qilib. fan yangiliklari bilan to'ldirish va yetuk mutaxassislar tayyorlashda foydalanish uchun chop etti- rish hozirgi kun talabi bo'lib hisoblanadi. вов Download 1.46 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling