0‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi s. M. MahKamov, K. S. Mahmudjonova


Download 1.46 Mb.
bet5/139
Sana14.08.2023
Hajmi1.46 Mb.
#1666939
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   139
Bog'liq
Tayyor dori turlari texnologiyasi (S.Mahkamov) unlocked

Texnologik jarayon. Katta hajmdagi tabiiy yoki sun'iy (sinte- tik) xomashyolami iste'mol mahsulotiga aylantirish ishlab chiqa- rish jarayoni deyiladi. Texnologikjarayon ketma-ket amalga oshi- riladigan aiohida bosqichlarning yig‘indisidir. Masalan. tabletka tayyorlashning texnologik jarayoni quyidagi bosqichlardan iborat: xomashyoni maydalash, elash. aralashtirish. donadorlash. quritish. upalash va taxtakachlash. Texnologik jarayon uzluksiz va uzlukli yoki yarim uzluksiz bo‘lishi mumkin.
Uzlukli jarayon vaqti-vaqti bilan ishlatiladigan asboblarda kuzatiladi. Zoldirli tegirmonda maydalash bunga misol bo‘la ola- di. Tegirmonga xomashyo solib ishlatiladi. Ma’lum vaqtdan so'ng maydalangan material to‘kib olinadi va yangi xomashyo solinib. tegirmon yana ishga tushiriladi. Shu tarzda bu jarayon takrorla- naveradi.
Uzluksiz ishlaydigan jarayonda esa uzluksiz ravishda xomashyodan tayyor mahsulot olinaveradi. Masalan, purkagich- li quritkich yordamida qiiritish. Bunda quritish xonasiga purka- gich orqali uzluksiz ravishda suyuqlik purkalib turiladi. Quril- maning ikkinchi tomonidan esa uzluksiz ravishda quruq mahsu- lot chiqaveradi.
Yarim uzluksiz jarayonda esa ishlab chiqarish jarayoni- ning bir qismi uzluksiz, ikkinchi qismi uzlukli bo'Iadi. Masalan. tabletka tayyorlash jarayonini ko‘raylik. Bunda tabletkani mashi- nada taxtakachlash uzluksiz, hampaga massani to'ldirib turish esa uzlukli bo'ladi.
Albatta korxonada uzluksiz jarayon bo‘lishi maqsadga muvo- fiqdir. chunki bunda qo'l kuchidan juda kam foydalaniladi.
10
Ishlab chiqarish bosqichi deb. texnologik jarayonning bir qismiga aytiladi va bu aksariyat oraliq mahsulot olish biian tugallanadi.
Texnologik operatsiya bosqichning yoki jarayonning bir qis- midir. Misol: murakkab tolqon ishlab chiqarish jarayoni mayda- lash, elaklab aralashtirish, qadoqlash bosqichlaridan iborat. Mayda- lash bosqichi o'z navbatida bir necha operatsiya, ya’ni xomashyo- ni quritish, tegirmonlami tanlash va tayyorlash hamda maydalash- dan tashkil topadi.
Sanoat korxonalarida mahsulot ishlab chiqarish kokp bosqichli va kam bosqichli bo'lishi mumkin.

Download 1.46 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   139




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling