0‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi s. M. MahKamov, K. S. Mahmudjonova
Download 1.46 Mb.
|
Tayyor dori turlari texnologiyasi (S.Mahkamov) unlocked
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1971-yil 19-may 357-son buyrug‘iga
Davlat standartlari. Standart inglizcha ..Standart1' so'zidan oiingan bo'lib. andoza, me'yor degan ma'noni anglatadi.
Korxona sharoitida ishlab chiqariladigan mahsulot qayerda, qaysi texnologiya bo'yicha olinishidan qatny nazar o'z standarti (andoza) talabiga javob berishi lozim. Shu nuqtayi nazardan qara- ganda Davlat Farmakopeyasi (DF) standartlar majmuasi hisoblana- di. Masalan, XDF ga 781 ta modda kiritilgan bo'lib. har biri tegish- li mahsulot standartidir. Dorilarni tayyorlash va sifatini belgilash reglament (cheklama) orqali amalga oshiriladi. Farmakopeya esa xomashyo va tayyor mahsulot sifatini belgilaydi. Davlat farma- kopeyasiga kiritihnagan mahsulotlar sifati Farmakopeya Modda- si (FM), vaqtincha farmakopeya moddasi (VFM), texnik shartlar (TSh-ТУ) va manuallar orqali belgilanadi. Standartlarni Sog'liqni saqlash vazirligining farmakopeya qo'mitasi tasdiqlaydi. Davlat standartlariga DST (ГОСТ) 1.0-68; 1.1-68; 1.2-68; 1.3-68; 1.4-68; 1.5-68 lar kiradi. Standartlashning asosiy vazifasi tayyor mahsulot, xomashyo, yarim tayyor mahsu- lot va yordamchi moddalar sifatini mukammal belgilashga qara- tilgan. Bunda tekshirish, nazorat qilish usullari va vositalari aniq, puxta hamda uzoq muddatga modjallangan bo‘lishi kerak. Ba’zi dori vositalari tibbiyotdan tashqari boshqa sohalarda ham ishlati- lishi mumkin. Respublika xalq xojaligining turli sohalarida yoki qo'shni respublikalarda ishlatiladigan yoki ishlab chiqariladigan mahsulotlarga Davlat standarti (DST-ГОСТ) beriladi. DST (TOCT)ni standartlash va o'lchov asboblarini dav- lat qo!mitasi tasdiqlaydi. Sanoat miqyosida ishlab chiqariladigan ko'pchilik dori turlari va tayyor dori vositalari tibbiyot korxona- larida ishlab chiqariladi va shu sohada ishlatilganligi uchun tar- moq mahsuloti hisoblanadi. Shunga ko‘ra dori turlari va tayyor dori vositalari uchun Normativ-texnik hujjat (NTH)lar tarmoq huj- jat bo'lib, DST (ГОСТ) 1.0-68 ga muvofiq uni Sogdiqni saqlash vazirligining farmakopeya qo‘mitasi tasdiqlaydi. Sog‘liqni saqlash vazirligi 1971-yil 19-may 357-son buyrug‘iga binoan TST (OCT) 42-1-71: „Dori vositalari va xomashyolari uchun kerakli normativ-hujjatlarni ishlab chiqishni muvofiqlash- tirish va tasdiqlashni“ ma?qulladi. Bu tarmoq standartiga muvofiq NTH quyidagi guruhlarga bo'linadi: Farmakopeya moddalari (FM), vaqtincha farmakopeya moddalari (VFM), tarmoq stan- dartiari (TST), Respublika standartlari (RST), korxona standart- lari (KST-STP). Yuqori terapevtik unumdorlikka ega bo'lgan. tib- biyotda keng qo'llaniladigan, yuqori sifat ko'rsatkichlariga ega bo'lgan mahsulotlar DF ga kiritilgan bo'ladi. Turkum-turkum tarzda ko‘plab (seriyali) ishlab chiqariladi- gan va tibbiyotda qo'llanishga ruxsat etilgan dori vositalariga FM 14 tasdiqlanadi: seriyali ishlab chiqarishga mo'ljallangan va sanoat miqyosida tajriba sifatida ishlab chiqarilgan yangi dori vositalari- ga uch yil muddatgacha VFM lar tasdiqlanadi. DF. FM va VFM- lar davlat standartlari maqomiga egadir. TST (OCT)lar dori vosita- larini tayyorlash va jo'natish uchun kerak boTadigan qo'shimcha texnik talablar, qabul qilish qoidasi, tamg‘alash, qadoqlash, saqlash. tashishlar me'yorini belgilaydi. TST (OCT)ni farmatsiya sanoati va SogTiqni saqlash vazir- liklari o"zaro kelishgan holda tasdiqlaydilar. TST (OCT) 42-1-72 sanoatmiqyosidatayyorlanadigan hamma guruh (kategoriya) dagi dori turlari va dori vositalariga farmakopeya moddasini ishlab chiqarish tartibi. mazmuni va bayon qilish uslubi ko'rsatilgan bo‘ladi. Hamma guruhdagi FM tasdiqlangandan so‘ng mamlakat sogTiqni saqlash vazirligi tomonidan ro‘yxatga olinadi va vazirlik indeksi (42) beriladi, ro'yxat raqami, tasdiqlangan yoki qayta ko‘rilgan yili (oxirgi ikki raqam) ko'rsatilgan bo‘ladi. Download 1.46 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling