0‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi s. M. MahKamov, K. S. Mahmudjonova


Download 1.46 Mb.
bet11/139
Sana14.08.2023
Hajmi1.46 Mb.
#1666939
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   139
Bog'liq
Tayyor dori turlari texnologiyasi (S.Mahkamov) unlocked

Ishga tushirish reglamenti - bu ham texnologik hujjat bo'lib, uning asosida yangi dori mahsulot ishlab chiqarish texnologiya- si oTganiladi va ishlatiladi. Tshga tushirish reglamenti sanoat tajri- ba reglamenti va loyiha hujjatlari asosida tuziladi va shu mahsu- lotni ishlab chiqarishga xizmat qiladi. Bir xil guruhdagi galen pre- paratlari (tindirmalar, sharbatlar) ishlab chiqarish yoki tayyor dori turlari (ampulalar, tabletkalar, surtma dorilar, kapsulalar), odatda. bir xil turdagi asboblarda chiqarilganligi uchun guruhli reglament ham tuziladi.
Sanoat reglamenti 12 ta bo'limdan iborat.
1. Tayyor mahsulot ta'rifi. Bunga mahsulotning tasdiqlangan nomi. asosiy ishlatilishi, mahsulot xossasining qisqacha bayoni, uni sanoat miqyosida ishlab chiqarishga ruxsat etadigan hujjatlar to'gTisida ma'lumot (DST. FM. VMF va boshqa NTH bo'yicha) kiradi.
Galen yoki kimyo-farmatsevtik preparatlari ta'rifida quyidagi- lar ko'rsatiladi:

  1. dori turining nomi (tabletka. surtma dori. kapsula. flakon- lardagi eritma va hokazo);

  2. preparatdagi ta'sir qiluvchi va yordamchi moddalarning miq- dori (bitta tabletka. shamcha va boshqalardagi);

■ TOSHN “нввмт П 17

  1. dori turining tashqi ko'rinishi haqida ma'iumot: organolep- tik belgilari va shu dori shakli uchun asosiy hisoblangan xossalari (shamchalaming to“la deformatsiyalanish vaqti. ampuladagi erit- malarning sterilligi va apirogenligi);

  2. dori turi tarkibiga kirgan har bir modda haqida to‘la ma’lumot (kimyoviy formulasi, molekular og‘irligi va asosiy xossalari);

  3. tibbiyotda ishlatilishi haqida farmakologik ko‘rsatkichlari (dori turining kasalga to‘g‘ri kelishi va kelmasligi);

  4. saqlanish sharti, preparatning parchalanishini tezlashtiradi- gan. dori turi va uning tarkibiga kirgan ta’sir qiluvchi modda xos- sasini o'zgartiradiganomillar.

  1. Ishlab chiqarishning kimyoviy tasviri. Bu sun’iy usulda olinadigan va kimyo-famiatsevtika preparatlariga xosdir.

  2. Ishlab chiqarishning texnologik tasviri. Reglamentni bu bo’limi ishlab chiqarishda bajariladigan ishni ketma-ket. bosqich- ma-bosqich va operatsiyalarga bo‘lib, aniq va yaqqol ko‘rsatadi. Bunda chizma holida xomashyoga ishlov beradigan hamda ora- liq mahsulotlar va tashlandiq moddalar hosil bodadigan joylar ko'rsatilgan bo‘lishi lozim.

  3. Oraliq mahsulotlar, xomashyo va materiallar. Jadval tar- zida xoraashyo sifatiga, oraliq mahsulotlar va ishlab chiqarish uchun kerak bo‘Iadigan hamma materiallar haqida ma’lumotlar beriladi.

  4. Ishlab chiqarishda ishlatiladigan asboblar va ularning o‘ziga xos xususiyatlari. Jadval tarzida asboblar va uskunalar- ning ro‘yxati. soni, qaysi materialdan yasalganligi va shu asboblar- ning sigTmi (hajmi), shakli. o'lchovtari keltiriladi. Shuningdek. bu boTimda ishlab chiqarishda ishlatiladigan asboblaming shart- li chizmasi. harfli va raqamli belgilari keltiriladi. Tushuntirish esa chizmaning pastki qismida keftirilgan boTadi.

Chizmada quvurlar tizimi va ixota (предохранитель) qurilma- lar tasvirlangan boTishi kerak. Bular texnologik jarayonni to‘g’ri va xavfsiz olib borishni ta'minlaydi.
• 18

  1. Texnologik jarayonning bayoni. Texnologik jara> on asboblar va texnologik chizmaga muvofiq operatsiyalaming aniq hamda ketma-ketligi asosida bosqichma-bosqich bayon qilinadi. Xomashyoni solish usullari va shartlari (o'lchagich orqali. qopqoq- li tuynuk orqali va hokazolar). jarayonni olib borish tartibi (ma'lurn haroratgacha sovutish yoki qizdirish). aralashtirish uslubi va vaq- ti, jarayonni tugallash tartibi (mahsulot rangi, reologik kattaliklari, xomashyoda ta'sir qiluvchi modda qolmaganligiga reaksiya va hokazolar). har bir bosqich oxirida olingan hosila mahsulotning nisbiy foiz miqdori, oraliq mahsulotlar va ishlab chiqarish bayoni- ga oid boshqa muhim ma'lumotlar keltirilgan bo'ladi.

  2. Ishlah chiqarish chiqindilari, texnologik va ventilatsion tashlandiqlarni havoga chiqarib yuborish, ulardan foydala- nish hamda zararsizlantirish. Chiqindilardan iloji boricha foyda- lanishga katta ahamiyat beriladi. Zararli tashlandiqiarni yo'qotish choralari ko‘rsatilgan bo‘ladi.

  3. Ishlab chiqarishni nazorat qilish. Birinchi navbatda bos- qichli nazorat amalga oshiriladi. Buning uchun nazorat tayanch joylari,ya'ni texnologik jarayonning qaysi bosqichlarida tekshirish olib borishi ko‘rsatiladi. Har bir bosqichda tekshiriladigan mahsu- lotning o'lchovi va tekshirish usullari ko‘rsatiladi. Agar korxona- da avtomatik boshqarish usullari mavjud bo'lsa. kichik tarmoqli nazorat o'rnatiladi.

  4. Texnika va yong‘in xavfsizligi, ishlab chiqarish sanita- riyasi. O'ta xavfli ishlab chiqarishlar alohida ko‘rsatiladi va xavf- li vaziyatning oldini olish hamda bartaraf etish to‘g‘risida tegishli ma'lumotlar keltiriladi.

  5. Ishlab chiqarish qoidalarining ro‘yxati. Bunda asosan texnologik qoidalar, har bir operatsiyaning batafsil bayoni, nazorat asboblarini va avtomatlashtirish vositalarini ishlatish qoidalari keltirilgan bo'ladi.

  6. Texnik-iqtisodiy ko‘rsatkichlar. Reglament asosida amalga oshiriladigan ko'rsatkichlar keltiriladi. Tayyor va oraliq mahsulotlaming nazariy hisobga nisbatan foiz miqdori. xomashyo va materiallar saqlash va ishlatish darajasi me'yorlari (bug', suv, elektr energiyasi, tig4iz havo. betaraf gazlar va boshqalar), tay- yor mahsulot birligiga sarflanadigan mehnat. Bu bo'limda ishlab chiqarishning texnik va foydali darajasi ko'rsatilgan bo‘ladi.

  7. Ma'lumotlar. Dori mahsulotiga tuzilgan reglamentga ilova qilinadi. Qoidalarda texnologik, kimyoviy va tibbiyot ma'lumotlari hamdareglamentni yaratishdagi ilmiy-tekshirish ishlarining yakun- lari keltiriladi.


Download 1.46 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   139




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling