Kukun darajasigacha maydalash:
boshlang‘ich db - 20 mm,
oxirgi d0 - 1 mm.
7 = 20 : 1 = 20.
O‘ta mayda kukun holiga kelguncha maydalash: boshlang‘ich db = 1 - 10 mm.
oxirgi d0 = 0,005 - 0.015 mm,
/ = (1 - 10): (0,005 - 0,015) = 2-60.
Kolloid zarra darajasigacha maydalashda boshlang'ich va oxirgi zarra diametri dj = 0,001 mm ni tashkil qiladi. Bunda 7 = 0,1 : 0,001 = 100 ga teng bo'ladi.
Jismlaming maydalanishi ularning fizik-mexanik xossalariga (jismning shakli, zichligi, qayishqoqligi) va tegirmonlarga bog'liq bo'ladi. Shuning uchun tegirmonlar maydalanayotgan jism xususi- yatiga qarab tanlab olinadi.
Qayishqoq va zich jismiar uchun zarb bilan hamda zarb ezish usuhda ishlaydigan tegirmonlarni olgan ma'qul: jo‘vali. tishli- jo'vali. diskli (dezintegrator va dismembratorlar), bolg‘ali.
Qattiq va mo‘rt jismlarni maydaiash uchun zarb bilan, qara- ma-qarshi oqimda ishlaydigan hamda zarb hamda ishqalash usuli-
24 da ishlaydigan (zoldirli, tebranma harakat qiluvchi) tegirmonlardan foydaianish mumkin.
Kolloid tegirmonJar mahsulotni o‘ta mayda (1-5 mkm) dara- jagacha maydalash uchun ishlatiladi.
Qarama-qarshi oqim bilan ishlaydigan tegirmonlar (6-7 atmosfera bosim ostida) 50-80 mkm gacha maydalash quvvatiga ega.
Maydalash nazariyasi. Maydalash murakkab jarayon bo‘- lib, unda har xil fizik-kimyoviy va mexanik hodisalar ro‘y beradi. Hozirgi zamonda fan va texnika rivojlangan bo'lishga qaramay, bu jarayon nazariy jihatdan hali uzil-kesil yechil- magan. Shu kungacha bundan 100 yil ilgari yaratilgan va bu jarayonni to'liq qamrab olmagan ikkita nazariyadan foyda- lanib kelinadi. Qattiq jismlarning tashqi kuch ta’sirida mayda zarrachalarga boMinishi ular shaklining o'zgarishi hamda mik- rodarz ketish yo‘li bilan bo‘ladi. Bunda ta’sir etuvchi tashqi kuch jismning qattiqlik chegarasidan yuqori bo‘lsa, maydala- nish sodir bo‘ladi.
Har bir jism qattiqligiga qarab maydalanishga muayyan dara- jada qarshilik kohsatadi. Bunda tashqi kuch ta’sirida qattiq jismlar- ning shakli o'zgaradi. Bu o‘zgarish taranglik va qayishqoqlik shak- lidaro'y beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |