Elektr quvvati sexi - korxonadagi elektr quvvati bilan ishlay- digan barcha asbob-uskunalarning bir me?yorda ishlab turishini ta'minlaydi.
Mexanika sexi - yangi asbob-uskunalarni o'matish bilan bir- ga almashtirish, murakkab bodmagan ehtiyot qismlami sozlash, ta’mirlash. eskirgan qismlarining yangisini tayyorlash. jo‘nroq asbob-uskunalarni yaratish va tatbiq qilish bilan shug'ullanadi.
Qalin qog‘oz (karton) sexi. Таууог dori mahsulotlarini qadoq- lash va ulami joylashtirish uchun har xil sig'imdagi qutichalar ish- lab chiqaradi.
Yuvish sexida tayyor mahsulotni joylashtirishga mo'ljallangan barcha shisha idishlar yuviladi va quritiladi.
Korxona sharoitida dori tayyorlashni hozirgi zamon talablari darajasida tashkil qilish uchun ishlab chiqarish jarayonlari- ni iloji boricha avtomatlashtirish va mexanizatsiyalash maqsad- ga muvofiqdir, chunki faqat shu yo'l bilan mehnat unumdorligi- ni oshirish, mahsulot tannarxini kamaytirish va tayyor mahsulot- ning andoza (standart) talabiga javob berishini ta’minlash mum- kin. Ayniqsa tabletka, ampula va galen preparatlarini tayyorlash jarayonlarini hozirgi zamon yuqori unumli avtomat asbob-uskuna- lari bilan jihozlashmuhimdir.
Sanoat miqyosidagi ishlab chiqarishda turli asbob-uskunalar- ning keng ko'lamda ishlatilishi texnika xavfsizligi qoidalari- ga qafiy rioya qilishni taqozo etadi. Har bir agregat yonida uni ishlatish qoidalari yozilgan bo'lishi. xodimlar texnika xavfsizligi bo'yicha maxsus tayyorgarlikdan o'tgan bo'lishlari shart.
Keyingi vaqtda atrof-muhit (ekologiya) muvozanatining keskin buzilishi sababli ishlab chiqarishga katta mas'uliyat yuklanmoq-
9
da. Ishlab chiqarishdagi zararli chang, hid, oqava suvlar va boshqa texnologik chiqindilar atrof-muhitga va suv havzalariga hamda korxona xodimlariga salbiy ta'sir qilmaslik yo'Ilarini izlab topish maqsadga muvofiqdir.
Bu maqsadda korxonani chiqindisiz ishlash uslubiga o'tkazish va katta tozalash inshootlari qurish lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: |