0‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi s. M. MahKamov, K. S. Mahmudjonova


Download 1.46 Mb.
bet138/139
Sana14.08.2023
Hajmi1.46 Mb.
#1666939
1   ...   131   132   133   134   135   136   137   138   139
Bog'liq
Tayyor dori turlari texnologiyasi (S.Mahkamov) unlocked

Novikov suyuqligi (LiquorNovicovi).
Tarkibi:
Tannini - 2.0 g.
Viridis nitentis - 0.2 g.
Spiritus aethylici 96 % - 0.2 g.
Olei Richini - 0.5 g.
Collodii - 20.0 g.
Brilliant yashili va tannin etil spirtda eritiladi. Hosil bo'lgan eritmaga kanakunjut moyi va kollodiylarni qo'shib yaxshilab ara- lashtiriladi. Tayyor preparat och yashil rangli. qovushqoq. o'ziga xos hidli suyuqlik. Teridagi kichik yaralami davolashda antiseptik vosita sifatida ishlatiladi.
БФ-6 yelimi. Bu sun'iy smolalaming 20 % li spirtli eritmasidir. Plastifikator sifatida polivinil butirol qo'shiladi. БФ-6 yelimi jaro- hat va yaralarga ishlov berishda ishlatiladi. Keyingi vaqtlarda Res- publikamiz va chet ellarda suyuq malhamlar sanoatda aerozol dori shaklida ishlab chiqarilmoqda. Bunday malhamlar jumlasiga neoti- zol. lifuzol va bakteriotsid xossaga ega bo‘lgan boshqa preparatlar kiradi („Aerozol" bo'limiga qarang).
Xantal qog'ozi - gorchichnixlar
(Charta sinapis seu sinapismata)

To'gTi to'rtburchak shaklidagi, o'lchovi 8x12,5 sm bo'lgan qog'ozbo'lib, birtomonigayog'sizlantiriiganxantal kukuni 0,3-0.5 mm qalinlikda bir tekis yopishtirilgan bo'ladi. Xomashyo sifatida yog'sizlantirilgan qora yoki sarept (Semina sinapis Juncease) xan- tal urug'i kukuni ishlatiladi. Urug'dagi yog’ preparat turg'unligiga salbiy ta'sir qiladi va uning terapevtik ta'sirini pasaytiradi.
Xantal urug'i o'rtacha maydalikdayanchiladi va gidravlik press ostida siqib moyi ajratib olinadi. Urug'dagi moy qoldig‘i organik erituvchi yordamida Sokslet asbobida ajratib olinadi.
Xantal qog'ozini tayyorlash quyidagi bosqichlardan iborat:

  1. Kauchuk yelimini tayyorlash.

  2. Xantal massasini tayyorlash.

  3. Massani qog'ozga surkash.

  4. Qadoqlash.

Yelimni tayyorlash uchun tabiiy kauchukka 36 soat davomida suvbug'i bilan ishlov beriladi. So‘ngrakub shaklida 60 x 60 * 60 mm kattalikda kesiladi va yelim tayyorlagichga solinib, ustiga кот- satilgan miqdorda benzin quyib, 30-60 daqiqa aralashtiriladi. bun- da kauchukning benzindagi 1.35-2 % li eritmasi bo'ladi. Eritma suziladi. Erimay qolgan kauchuk bo'lakchalari qaytadan yelim tayyorlagichga o‘tkaziladi. Xantal massasini tayyorlash uchun kau- chuk yelimi bilan yog'sizlantirilgan xantal kukuni 1:1 yoki 1 :1.1 nisbatda aralashtiriladi. Hosil bo'lgan massa surkash bo'limiga o'tkaziladi. Xantal massasini qog'ozga surkash maxsus qurilma yordamida amalga oshiriladi. Bunda oTamdan qog‘oz qurilmaning surkagich qismiga bir me'yorda kelib turadi.
Hampadan qog'oz sathiga 0,3-0,55 mm qalinlikda xan- tal massasi tushib turadi va quritish bo'limiga oTadi. Bu yer- da 80 °C haroratdagi havo oqimida 45 daqiqa davomida quritila- di. So'ngra qog'oz 75 x 76 x 90 sm li o‘lchovlarda kesiladi va 24 soat sovutilgan varaqlar maxsus mashinada gorchichnik (xantal qog'ozi) kesiladi.
Qadoqlash. Sellofan qopchalarda yoki parafinlangan qog'oz- larda lOdonadanchiqariladi. Bundahar 10-qog‘ozning birtomoni- ga nomi. ishlatilishi, saqlanishi kabi ma'lumotlar yoziladi. 10 donadan xantal qog'ozi joylashtirilgan qopchalar 600 ta dan qilib chiqariladi. Iste'molchilarga jo'natish uchun 15 tadan taxlangan o'ram (9000 dona) qog‘oz qopga joylashtiriladi. Xantal qog'ozi shamollaganda sirtdan ishlatiladi.

Download 1.46 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   131   132   133   134   135   136   137   138   139




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling