0‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi s. M. MahKamov, K. S. Mahmudjonova


Mikrokapsula tayyorJasli usullari


Download 1.46 Mb.
bet129/139
Sana14.08.2023
Hajmi1.46 Mb.
#1666939
1   ...   125   126   127   128   129   130   131   132   ...   139
Bog'liq
Tayyor dori turlari texnologiyasi (S.Mahkamov) unlocked

Mikrokapsula tayyorJasli usullari. Bumaqsaddauchxil usul- dan foydalaniladi: fizik, kimyoviy, fizik-kimyoviy.
Fizik usul. Bu usul qattiq yoki suyuq zarrachani qobiq bilan mexanik usulda qoplashdan iborat. ..Soxta qaynoq yuza"da zarra- cha ustini qobiq bilan qoplash, havosiz sharoit (vakuum)da purkash. elektrostatik usul. maydalash (dispergirlash), obakilash va hokazo- lar shu usul jumlasiga kiradi (58- a, b rasm).


58-rasm. Mikrokapsula tayyorlashda ishlatiladigan asboblar:
a - „soxta qaynoq yuza”da zarrachalar ustini qobiq bilan qoplash;
b - elektrostatik usul.

Eng oddiy va qulay usullardan biri obakilash usuli bo'lib, u obakilash qozonlarida olib boriladi.
Keng tarqalgan usul sifatida purkash usulini keltirish mumkin. Bunda qobiq yog'simon (lipid) moddalardan iborat bo‘lsa, qobiq eritmasida ta’ sir qiluvchi modda suspenziyasi hosii qilinib, kamera ichiga purkaladi. Bunda zarrachalar issiq havo oqimida quriydi va to'plagich orqali pastki qismda yig'iladi. Zarrachalarning kattaligi 30-50 mikrometr bo'ladi.
Elektrostatik usulda mikrokapsula tayyorlash uchun alohi- da qurihnadan foydalaniladi. Qurilma kameradan iborat bo'lib, unga yuqori tomondan qobiq va ta'sir etuvchi modda eritmasi alohida sig‘imlardan purkagich orqali purkaladi. Zarrachalar har xil zaryadli boMganligi sababli juda mayda bo‘laklarga bo‘linib ketadi. Bunda purkagichga o'rnatilgan yupqa qog‘oz purkalgan mayda zarrachalarni kamera tomonga yo'naltiradi. Kamerada manfiy va musbat zarrachalar birikib, uning tubida yig‘iladi.
Fizik-kimyoviy usul Bu usul oddiy va qulay bo'lib, fazalar- ning tabaqalanishiga asoslangan.
240
Dori moddalar qobig‘ining eritmasida maydalanadi (disper- girlanadi). Hosil bo'lgan sistemaning haroratini yoki tarkibini oLzgartirib, suyuqlikning tabaqalanishiga erishiladi. Bunda mod- da zarrachalari sathini mayda-mayda qobiq tomchilari (konser- vant) qoplaydi. Bu maydatomchilar o‘zaro birlashib, zarracha usti- ni qobiq biian qoplaydi.
Kimyoviy usul. Bu usul nisbatan yangi bo'lib. ta'sir qiluvchi modda zarrachasi ustida qobiq materialining polimerlanishi yoki polikondensatsiyalanishiga asosan tayyorlanadi. Mikrokapsula suyuq muhitda hosil bo'ladi. Uning katta-kichikligi bir necha mik- rometrdan bir necha millimetrgacha bo'lishi mumkin. Ta’sir etuv- chi modda 99 % gacha bo'ladi.
Kimyoviy usulda mikrokapsula olishning ilk bosqichida emui- siya yoki suspenziya tayyorlanadi. Qobiq zichligi ta'sir qiluvchi modda zichligiga yaqin bo'lgani ma'qul. Bunda ta'sir qiluvchi modda qobiq eritmasida erimasligi kerak. Mikrokapsula qobig'i hosil bo'lishi uchun qobiq va ta'sir qiluvchi modda ma'lum nis- batda olinishi va polimer eritmasining ma'lum konsentratsiyasi bo'lishi kerak. Qobiq materiallari dori modda zarrachasi tomoni- dan yengil shimib olinishi kerak.
Polimerizatsiya usuliga asoslanib mikrokapsula tayyorlashni suvli yoki organik erituvchilar muhitida olib borish mumkin.

  1. вов


Download 1.46 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   125   126   127   128   129   130   131   132   ...   139




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling