0‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi s. M. MahKamov, K. S. Mahmudjonova
Qopqoqli jelatina kapsulalarini dori modda bilan to‘ldirish
Download 1.46 Mb.
|
Tayyor dori turlari texnologiyasi (S.Mahkamov) unlocked
- Bu sahifa navigatsiya:
- Taxtakachlash usulida kapsula tayyorlash
Qopqoqli jelatina kapsulalarini dori modda bilan to‘ldirish. Qattiq jelatina kapsulalarini dori bilan toTdirish yarim avtomat va avtomat dastgoh yordamida olib boriladi. Bu porshen yoki surgich yordamida bajariladi. Respublikamizda Gennaniyaning Xyofliger va Kart. Italiyaning Zanazi firmalari chiqarayotgan avtomatlardan foydalamladi. Bularda to'ldirilgan kapsulalar qopqog'i bilan berki- tilib. zichligini ta?minlash maqsadida jelatina eritmasi yoki poli- vinil spirti bilan ishlov beriladi.
Tomchilash usulida kapsula olish. Bu Gollandiya firmasining maxsus Globeks Mark qurilmasida olib boriladi (56-rasm). 56-rasm. Tomchilab kapsula oladigan asbob: 1 - jelatin massasi solinadigan idish: 2 - dori modda eritmasi solingan idish; 3 - vazelin moyi solinadigan idish; 4 - haroratni bir me'yorda ushlab turadigan moslama. Asbob jelatina massasi va dori modda eritmasi solingan ikki- ta idish hamda ular ostidagi naychalardan tashkil topgan. Nay- chalar bir-biriga kiygizilgan bo'lib. dori modda eritmasi ichki naychadan oqib chiqadi. Tashqi naychadan chiqayotgan sharsi- mon jelatina eritmasi ichiga ichki naychadan chiqayotgan dori modda tomchisi tushadi. Ma'lum og'irlikka yetgach eritma tom- chi shaklida qabul qiluvchi idishga tushadi. Har bir tomchining ochiq qismi jelatina massasining yuza taranglik kuchi ta'sirida berkilib, butun holatga keladi. Tomchilar 4 °C da tebranib tur- gan vazelin moyi ustiga tushadi va dumaloq shaklga o‘tadi. Kapsulalar elaklar yordamida ajratib olinib. yuviladi va quriti- ladi. Bu usulda soatiga 28 000 dan 1 000 000 tagacha kapsula olish mumkin. Taxtakachlash usulida kapsula tayyorlash maxsus mashina- larda olib boriladi. Buning uchun oldindan parda holiga keltirilgan jelatinaqobig'i bo'lishi yoki u ish jarayonida bevosita tayyorlangan bo'lishi kerak. Ishlash usuliga qarab mashinalar har xil bo'lishi mumkin. Qolip ikki bo‘lakdan iborat bo'lib. ularning har biri kap- sulaning yarmini tayyorlashga mo‘ljallangan. 45-50 °C haroratga- cha isitilgan qolip ustiga jelatina pardasi qo'yiladi va uning usti- ga kerakli miqdorda modda solinadi. Jelatina pardasi issiqda yum- shab. dorivor moddaning og'irligi bilan cho'kib qolip devorini egallaydi. So'ngra ustiga yana bir qavat jelatina pardasi quyiladi. Ustiga qolipning ikkinchi qismi mustahkamlanib. qolip teskarisiga ag'dariladi. Natijada ikkita parda erib. o'zaro yopishadi va kapsula kerakli shaklga kiradi (57-rasm). 57-rasm. Taxtakachlab kapsula olinadigan asbob: 1 - porshenli moslama; 2 - jelatina pardalari: 3 - aylanadigan do'mbiralar. Qolip sovigandan so‘ng ajratib olinadi va kapsulalarga pardoz berilib quritiladi. 235 1983-yilda Amerikalik muhandis Sherer bu jarayonni tako- millashtirib. ikki do'mbirali taxtakachlash dastgohini taklif qil- gan. Do‘mbiralar sathi bir nechta yarimta kapsula shakli tarzi- da ishlangan bo'lib. ular qarama-qarshi tomonga harakatlanadi. Do'mbiralar uchrashadigan joyida ikkita yarim kapsula qo'shilib. bitta butun dumaloq shaklni hosil qiladi. Ikkala do'mbira jelatina pardalari bilan ta'minlab turiladi, ular o'rtasiga esa ta'sir etuvchi modda tushadi. Kapsulalaming ichakda erishini ta'minlash uchun (glyutoidli kapsulalar - Capsulae qlutoudales) 3:1 nisbatda tayyorlanadigan atseton-spirt aralashmasiga 5 % li atsetoftalat eritmasi bilan ish- lov beriladi yoki kapsula tayyorlash jarayonida jelatina massasi- ga 15-30 % miqdorida atsetoftalat selhilozaning ammoniyli tuzi qo‘shiladi. Download 1.46 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling