0‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi s. M. MahKamov, K. S. Mahmudjonova
Download 1.46 Mb.
|
Tayyor dori turlari texnologiyasi (S.Mahkamov) unlocked
- Bu sahifa navigatsiya:
- Dorini maqsadga muvofiq qabul qilish usulini tanlash.
- Magnitli suyuqliklar
- Magnitli surtma dorilar
- Magnitli mikrokapsida
Salaf dorini yaratish
Salaf dori kimyoviy tuzilishi o‘zgargan birikma bo'lib. tana- da ferment ta'sirida faol ta'sir qiluvchi shaklga o‘tadi. Masalan: atsetilsalitsil kislota organizmda salitsil kislotasiga, proinsulin insulinga o'tadi. Proinsulin 84 ta aminokislotadan tashkil topgan bo'lib. qonda karbon suvlar miqdorini kamaytira olmaydi. Lekin u to'qima membranalaridan o'tishida parchalanib, 54 ta amino- kislotadan iborat insulinga aylanadi. Tireoidin to'qima membranal- aridan o'tishida faol tiroksinga aylanadi va hokazo. Dorini maqsadga muvofiq qabul qilish usulini tanlash. Tana- ga yuborilgan liposoma shaklidagi dori turidan maqsadga muvofiq unumli foydalanish uchun qonga so‘rilgan liposomalami ma'lum kasallangan a'zoda to'plab, ta'sirini o‘sha a'zoga yo'naltirish mumkin. Buning uchun liposoma shaklidagi dori turi tarkibiga temir oksidi va ta'sir qiluvchi modda (masalan 5-ftor uratsil) kiri- tiladi. Kasallangan a'zoga magnit maydoni ta'sir qilsa. liposoma- lar shu a’zoda yig'ila boshlaydi. Magnit maydoni yordamida ta'sir etuvchi modda konsentratsiyasini 400 foizgacha oshirish mumkin. Masalan. jigarning rak kasalligida yuqorida koTsatilgan dori shu tartibda ishlatiladi. Dori tarkibiga mayda magnit zarrachalari qo'shib. unga mag- nit xususiyatini berish mumkin. Bu yo'nalishni istiqbolli deyish mumkin. Bunday dori shakli magnitli dori deb yuritiladi va asosi- da FeOning boshqa metall oksidlari bilan birikma holida saqlay- di. Eng ko‘p ishlatiladigan birikmalardan biri geksaferitlar hisob- lanadi. Magnitli dorilar tayyorlashda to'ldiruvchi modda sifatida ko'pincha magnetitdan - FeO • Ғе2Оз (ferrit) foydalaniladi. Mag- nitli dori - magnitli. ferromagnitli. magnitlanadigan. magnitga sez- gir, magnit biian ishlatiladigan dorilar degan nom bilan yuritiladi. Bunday dori tarkibida mayda dispersga ega bo'lgan ferro va fer- romagnitli material zarrachalari bo'lib. dorilar quyidagi 6 guruh- ga bo'linadi. magnitli suyuqliklar: magnitoreologik muallaq moddalar; magnitli surtma dorilar; magnitli mikrokapsulalar: magnitli shamchalar: magnitli malhamlar. Magnitli suyuqliklar - bunday dorilar to'g'risida nisbatan adabiyotlar ko'p. Dorilar kolloid eritma bo'lib, uning dispres faza- si mayda metali zarrachalari yoki magnetitdan iboratdir. Suyuqlik- ni turg'unlashtirish uchun har xil SFMlar ishlatiladi. Magnitoreologik muallaq tnodda (suspenziya) - bu dispres tarmoq bo'lib, dispers faza tarkibida bir xil magnitlanadigan har xil dori magnit zarrachalari bo'iadi. Bu muallaq oshqozon-ichak va qizilo'ngach yo'llarida hosil bo'lgan yaralaming bitishini tezlash- tirish uchun ishlatiladi. Magnitli surtma dorilar - vazelin yog‘ida tayyorlanadi- gan konsentrat zarracha kattaligi 10 mkm oleia kislotasi bilan turg'unlashtirilgan lanolin vazelin asosida ham tayyorlanishi mum- kin. To'ldiruvchi modda magnetit bo'lganligi sababli bunday dori- lar chiqindisiz bo'lib. uni qaytadan magnitlash va yana ishlatish mumkin. Magnitli mikrokapsida - magnitli mikrosfera holida bo'ladi. Magnidi shamchalar - magnitli to'Idiruvchi ishtirokida tay- yorlanadi va alohida qurilma yordamida magnitlantiriladi. 0‘zgaruvchan magnit maydoni hosil qilish har xil asbob- lar - „Полюс-Г4, „Полюс-10Г‘, „МАГ-30“, „МАГНИТЕР“. .,АЛЬФА-ПУЛЬСАР“ kabilar yordamida amalga oshiri- ladi. Olimlarimiz tomonidan ishlab chiqilgan „Полюс-2“, ,.Градиент“, ..Мелахит" kabi asboblari o'zgaruvchan magnit maydonini hosil qilish va u xorijiy mamlakatlardagiga o'xshash asboblardan ustunlik qiladi. 1980-yil sog'liqni saqlash vazirli- gi qayishqoq xususiyatli magnitlarni sanoat miqyosida ishlab chiqarishga ruxsat berdi. вов Download 1.46 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling