Ta'siri uzaytirilgan inyeKSiya uchun
ishlatiladigan dorilar
Bunday dorilarta'sirining uzaytirilishi asosan so'rilishini sekin* lashtirish bilan amalga oshiriladi. Masalan. penitsilinning kaliyli tuzi 3-4 soat ta’sir etadi. uning prokainli tuzining suvdagi suspen- ziyasi ta’sir kuchi 42 soatga yetadi, yogLdagi suspenziya esa 2 foiz- li aluminiy stearat qo'shilganda. ta’siri 2-3 kunga yetadi. Insulin
6 soat ta'sir qilsa. uning protamin yoki globulinli birikmasi 24 soat ta'sir etadi.
Agar inyeksiya uchun ishlatiladigan eritmaning qovushqoqli- gi jelatin yordamida yoki yogLli inyeksion eritmalarga mum, alu- miniy stearati qo'shib oshirilsa, ta'siri 3 haftagacha yetishi mum- kin. Xuddi shu asosda steroid gormonlarining mikrokristall sus- penziyalari 3 haftagacha ta’sir etadi.
Ta'sir muddatini uzaytirish. qon tomirlarini toraytirish. buyrak faoliyatini sekinlashtirish bilan ham amalga oshirilishi mumkin. Bu maqsadda adrenalin karonamid. etamid. benemid. iongasid kabi preparatlar qoLshib ishlatiladi. Ayniqsa, bunday dori turlari yurak. buyrak va yalligTanish kasalliklarini davolashda juda qobl keladi.
Tibbiyot fanlari akademiyasining saraton kasalliklari ilmiy markazida ..cho'ntak" tomchi dorisi (..карманная" капельница) taklif qilingan bo'lib. uning yordamida 100 soatgacha qonda dorilarning konsentratsiyasini bir xilda ushlab turish imkoniya- ti yaratildi.
Qavatlar orasi freon boshqa gazlar bilan to'ldirilgan bo'ladi. Maxsus teshikcha orqali idishga eritma solinadi. Idish ichi suyuq- lik kateter (rezina naycha) orqali ignadan qon tomiriga (vena- ga) yuboriladi. Asbob yelkaga, bilakka. qo‘ltiqqa, biqinga. son- ga biriktirilib qo'yilishi mumkin. Tana haroratida freon ichki kameraga bosim beradigan eritmani siqadi. Bosim ostida eritma rezina naychadan igna orqali qon tomiriga tomchilab o'tib tura- di (54-rasm).
54-rastn. „Cho‘ntak“ tomchi dorisi:
1 - eritma: 2 - eritma quyiladigan qopqoq; 3 - zich berkilishni
ta’minlovchi rezina; 4 - katetr; 5 - qayishqoq kamera;
6 - bosimni ta’minlab turuvchi freon.
Yaponiyada plastmassadan tayyorlangan implantatsiyaga moMjallangan kanamitsin kapsulasi taklif qilingan bo'lib. bu dori turi ta'siri bir yilgacha yetadi. progesteron mikrokapsulasi esa belbog' (bandaj) holida ishlatilganda 400 kungacha ta’sir etadi. Bunda tananing harakati natijasida mikrokapsulalar yorilib, tana to'qimalari orqali so'riladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |