Gidrofil massadan tayyorlanadigan yoki suvda eriydigan qalamchalar. Bunday qalamchalaruchun asos sifatida suvda eriy- digan moddalar (tragakant, dekstrin, jelatina. qand va boshqalar) olinadi.
Tayyorlanishi. Asos suvda eritilib, dori modda bilan ara- lashtiriladi va hosil bo‘lgan xamirsimon massaga ma'lum shakl beriladi (to'tiyo qalamchasi).
Eritib tayyorlanadigan qalamchalar. Bularga nisbatan oson suyuqlanadigan yoki (kristallizatsion) suvda eriydigan moddalar kiradi. Odatda, tuzli asos suyultiriladi va vazelin moyi surkal- gan qoliplarga quyilib. 5-10 daqiqadan so'ng qoiipdan ajratib olinadi. pardoz beriladi va buraladigan plastmassa qutichalar- ga joylashtiriladi (achchiqtosh, qon to’xtatuvchi kumush nitrat qalamchalari).
Qalamchalar ko‘p marta ishlatishga mo'ljallangan bo'lganligi uchun ko'pincha oxirigacha ishlatilmay, bekorga isrof bo'ladi. Shuni hisobga olgan holda 1960-yilda P. E. Rozensveyg va 1. A.Istomina!ar bir marta ishlatishga mo‘ljallangan gugurt cho'pi shaklidagisini chiqarishni taklif etishgan.
Cho'pning uzunligi 50 mm bo'lib, uning ustiga yopishtirilgan massa 0,03 g ni tashkil etadi.
Bu massa 2 mm qalinlikda 2 x 3 mm kattalikda yopishtiriladi va bir marta foydalanishga mo'ljallanadi. 24-jadvalda sanoatda ishlab chiqariladigan qalamchalardan misollar keltirilgan.
jadval
Sanoatda ishlab chiqariladigan qalamchalar
QaJamchaning nomi
|
Tarkibi, g
|
Ishlatilishi
|
1
|
2
|
3
|
Styli Aluminis
Styli haemOstatici albi
Styli haymOstatici fla- vill
Styli argynti nitratis
Styli cupri sulfatis
Styli mentholi
|
Aluminis 0,6 Giycerini 0.025 Aluminis 3,0 Alumini sulfatis 1,0 Aluminis 75,0 Alumini sulfatis 15,0 Ferri chloridi 10.0 Argenti nitratis Ik Kali nitratis 2k
Cupri sulfatis 2.0 Gelatinae 2,0 Aquae
Mentholi Ik Paraffini 4 k
|
Qon to'xtatuvchi
Qon to'xtatuvchi
Qon to'xtatuvchi
So'gal. qadoqlarni yo'qotuvchi
Kuydiruvchi va antiseptik
Og'riq qoldiruvchi
Chalg'ituvchi
|
вов
Do'stlaringiz bilan baham: |