a
r'
55-rasm. Kapsula turlari.
a - qopqoqchali kapsulalar; b - yumshoq kapsulalar;
d - tubatinalar; e - ,.duf'lar.
Kapsulanibirinchibo‘libfransiyalikdorishunoslarMot(Mothes) va Dyublan (Dublane) lar 1883-yilda taklif qilishgan. 14 yildan so'ng Angliyada qattiq kapsula olish usuli taklif qilindi. 1933-yilda Germaniyada Sherrer firmasi tomonidan taxtakachlash usuli bilan kapsula olish taklif etildi. Shundan so'ng rivojlangan mamlakat- lar - AQSh. Angliya. Yaponiya, Germaniyada kapsula shaklida- gi dori turi keng yoyildi va sanoat miqyosida ishlab chiqarila bosh- landi. Shveysariyadagi ,.Kapsugel" firmasining ma'lumotiga ko‘ra. jahon miqyosida yiliga 35 milliard dona kapsula tayyorlanar ekan. Birgina Angliyaning Layner firmasi yiliga 300 milliondan ko'proq kapsula ishlab chiqaradi. AQSh farmakopeyasiga kiritilgan 40 dan ortiq. Angliya farmakopeyasiga kirgan 30 dan ortiq va Xalqaro far- makopeyaga kirgan 10 dan ortiq maqolalar bu dori shaklining tut- gan mavqei qanchalik yuqori ekanligining isboti bo‘la oladi.
Nijniy Novgorod shahridagi kimyo-farmatsevtika zavodida yumshoq jelatina kapsulalari. Moskvadagi Karpov nomli zavodda va Sankt-Peterburg oziq-ovqat kombinatida qattiq jelatina kapsula- lari ishlab chiqarish yo'lga qo'yilgan. Dorilarning kapsula shakli- da chiqarilishi ularning noxush ta'mi va hidini yo'qotish. a'zoning ma'lutn joyiga ta'sir etishini ta'minlash imkoniyatini yaratadi. Jelatina kapsulalarining nur o'tkazmaydigan va 1000 dan ortiq har xil estetik zavq beruvchi rangga bo'yalishi mumkinligi ularga bo'lgan qiziqishni orttiradi. Shu bilan birga bu dori turining o'ziga xos kamchiliklari ham bor: jelatina mikroorganizmlar rivojlanishi uchun yaxshi muhit hisoblanadi, suvda eriydigan moddalarni jelati- na kapsulalarida chiqarish mumkin emas.
Jelatina kapsulalari uch xil usulda tayyorlanishi mumkin:
Qolipni jelatina eritmasiga botirib olish.
Tomchilash.
Taxtakachlash.
Jelatina kapsulalarini tayyorlash murakkab texnologik jarayon bo'lib, quyidagi bosqichlarda bajariladi:
Jelatina massasini tayyorlash.
Jelatina qobiqlarini olish.
Kapsulalami to'ldirish va kavsharlash.
Quritish va pardozlash.
Saralash va qadoqlash.
Do'stlaringiz bilan baham: |