Jelatina inassasini tayyoriash Bu maqsadda muayyan nav- li jelatina ishlatiladi. Massa tayyorlashda ishlatilgan glitserin miq- doriga qarab olinadigan kapsula yumshoq yoki qattiq bo‘ladi. Qattiqlarining tarkibida glitserin 0,3 % gacha, yumshoqlarida 20-25 % gacha bo'lishi mumkin. Jelatina kapsulasining infeksi- yaga chidamliligini oshirish uchun konservantlar: benzoy kislo- ta va natriy benzoat 0,05-0,1 % gacha, salitsilat kislota 0,12 % gacha, nipagin va nipazol (7:3 nisbatdagi aralashmasi) 0,3-0,5 % gacha qo'shilishi mumkin (31-jadval). Reaktorda jelatina suvda bo'ktirilib, yordamchi moddalar bilan birga 45-70 °C haroratda eritiladi va massa yetilguncha shu haroratda (3 soat) ushlanadi. Harorat 45-50 °C dan past bo'isa, mog'or bosadi, yuqori bo'lsa. erishi qiyinlashadi. Ikkala holda ham jelatina naviga pulur yetadi. Kapsulaga estetik ko'rinish berish maqsadida oziq-ovqat sanoati- da ishlatiladigan bo'yoqiardan kislotali qizil ,.2”. amarant. eritro- zin (qizil), tartrazin (sariq), tropeolin ,,O“. sun'iy indigotin (havo rang) va boshqalar ishlatiladi.
Tiniq bo'lmagan kapsula olishda esa titan IV oksid ishlatiladi. Jelatina kapsulasi tayyorlashda eng murakkab va mas'uliyatli ish massadagi havoni to‘la chiqarib yuborish boTib, uni uch xil usul- da bajarish mumkin:
massani 45-50 °C da uzoq vaqt tindirib qo'yish;
havosini so‘rib olish;
diametri 0.1 mm li elakda suzib, 45-47 °C da ma'lum fizik- kimyoviy xususiyat olguncha (yetilguncha) qoldirish.
Keltirilgan usullardan eng samaralisi elak orqali suzishdir. Jelati- na massasining qovushqoqligi katta ahamiyatga ega bolib. 800- 1000 santipuazga teng hoTishi kerak. Yopishqoqlikning me'yorida boTmasligi kapsula sifatiga putur yetkazadi.
Botirib olish bilan kapsula tayyorlash Moskvadagi L. Ya. Kar- pov nomli zavodda ..Kolton” (AQSh) firmasining avtomatik usulda ishlaydigan dastgohida kapsula tayyorlash quyidagicha olib bori- ladi: avtomat tarzda 45 47 °C haroratdagi jelatina massasiga kap- sula qolipi botiriladi. So'ngra qolipni eritmadan chiqarib. aylanma harakat qildirib turiladi, quritish javonida nisbiy namligi 45-50 % boTgan havo purkab 26-27 °C da kapsulalar quritiladi. Qoldiq namlik 2-15 % boTishi kerak. agar namlik me'yoridan kamayib ketsa, kapsulaning elastikligi yo'qoladi, ortib ketsa yumshab qola- di. Maxsus moslama kapsulaning asosini qirqib. qolipdan chiqarib beradi. Bunda kapsulaning qopqogT va unga mos tanasi tayyorla- nadi. Shunday usulda Xyofliger va Kart firmasining avtomati yor- damida bitta bosqichda 5250 dona kapsula olinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |