0‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi s. M. MahKamov, K. S. Mahmudjonova


Download 1.46 Mb.
bet128/139
Sana14.08.2023
Hajmi1.46 Mb.
#1666939
1   ...   124   125   126   127   128   129   130   131   ...   139
Bog'liq
Tayyor dori turlari texnologiyasi (S.Mahkamov) unlocked

MiKroKapsulalar (Microcapsulae)
Mikrokapsulalar yangi dori turi bo'lib. mayda zarracha, tom- chi, gazsimon moddalar, hatto mikroorganizmlami ham qobiqlash imkoniyatini beradi. Umuman fizik-kimyoviy xususiyatlaridan qat’iy nazar mavjud bo'lgan hamma moddalarni bu turda tayyor- lash mumkin.
Mikrokapsulalash faqat dori ishlab chiqarishda emas, xalq xo‘jaligining hanima sohasi (qishloq xo'jaligi, oziq-ovqat sano- ati, kosmetika, maishiy xizmat) da keng miqyosda ishlatilmoqda. G.P.Gryadunova, V.Ya.Lebedenko (1976) ma’lumotlariga ko'ra, Germaniya, Angliya, Fransiya, Italiya, AQSh va Misr mikrokap- sulalar bilan keng ko'lamda shug‘ullanmoqda. Ulami ishlab chiqa- rish bilan esa 180 ga yaqin firma va ilmiy-tekshirish institutlari shug'ullanmoqda.
Hozirgi vaqtda mikrokapsula holida bir necha xil dorilar: vita- min. ferment, antibiotik, antiastmatik, uxlatuvchi, siydik hay- dovchi, yallig'lanishga qarshi. yurak-qon tomir kasalliklarida ish- latiladigan dorilar, viruslar. bakteriyalar chiqariladi.
Mikrokapsulalar kukun. tabletka, briket, emulsiya, suspen- ziya, pasta, surtma, malham dori shakllarida bo'iishi mumkin. Ularning kattaligi 0.5-6500 mikrometr. qobig'ining qalinligi esa 0,1-400 mikronietr boMishi mumkin. Qobiq og‘irligi mikrokap- sulaning 10-70 % gachasini tashkil etishi mumkin.
Amaliyotda ko‘proq ishlatiladigan mikrokapsulalarning kattaligi 100-500 mikrometr, ta'sir qiluvchi moddasi esa kap- sulaning 15-99 % ini tashkil qilishi lozim. Mikrokapsula- ning shakli dori moddaning agregat holatiga va olinish usuli- ga bog‘liq.
Suyuq va gazsimon moddalardan tayyorlangan mikrokap- sulalar dumaloq shaklda. qattiq moddalardan tayyoriangan- lari esa tuxumsimon yoki noto'g'ri geometrik shaklda bo'lishi mumkin.
Qobiq sifatida 50 dan ortiq har xil tibbiy va sun'iy polimer* lar ishlatiladi. Ulardan eng ko'p ishlatiladiganlari jeiatina. sellu- loza hosilalari. polivinil spirt. polivinil xlorid. polietilen. polipro- pilen, poliamid va boshqalar.
Qobiq hosil qiladigan moddalar kapsulaga yaxshi yopishishi. uning germetik va elastikligini ta'minlashi kerak. Qobiqlovchi moddalarni 4 ta asosiy guruhga bo'lish mumkin:

  1. Suvda eriydigan birikmalar-jelatina. kraxmal. PVP. KMS, GOES. polivinil spirt va boshqalar.

  2. Suvda erimaydigan birikmalar-kauchuk. ES, AS. PE, PP, poliamid, selluloza nitrat, silikonlar.

  3. Mum va lipidlar-parafin. spermatset. asalari mumi, stearin va palmitin kislotalar, setil va lauril spirtlar.

  4. Ichakda eriydigan birikmalar-shellak. zein, atsetoftalat, atse- tobutirat. atsetosuksinat sellulozalar.

Dorilami mikrokapsula holida berishdan maqsad noxush hid va mazani yo'qotish, dorilaming uchuvchanligini, yonuvchan- ligini, tashqi muhit ta’sirini kamaytirishdan iboratdir. Bulardan tashqari. mikrokapsulalar qobiq bilan qoplanganligi tufayli dori- larning ta‘sir qilish muddati uzaytiriladi hamda kerak a’zoga ta’sir qilishiga erishiladi.

Download 1.46 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   124   125   126   127   128   129   130   131   ...   139




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling