6
51-rasnt Reaktor-gomogenizator MACEF PH-500B,
„OLSA'6 firmasi (Italiya):
1 - korpus; 2 - qopqoq; 3 - romli aralashtirgich; 4 - kurakchali ara-
Iashtirgich; 5 - turbinali aralashtirgich Polytron; 6 - yig'gich;
7 - teflonli qisqich.
Ushbu RPA ni boshqa turdagi aralashtirgichlarga qo'shimcha ravishda. aralashtirish samaradorligini oshirish maqsadida 0‘matiladi. Tuzilishi jihatidan oddiy bo'igan bu gomogenizator
katta miqdordagi surtmalarni bir xil aralashuvini ta'minlab bera olrnaydi. Shuning uchun undan kichik hajmdagi qovushqoqli- gi kam bo'lgan massalami aralashtirishda foydalanish maqsadga muvofiq bo'ladi.
RPA oqimli turi. Hozirgi kunda RPA ning oqimii turi keng miqiyosda ishlatilmoqda (52-rasm).
52-rasm. Rotor- pulsatsiyali asbobning chizmasi:
1 - rotor; 2 - stator; 3 - korpus; 4 - qopqoqcha; 5.6- kirish va chiqish.
U rotor va statordan tashkil topgan bo‘lib, ular korpusda ket- ma-ket joylashgan teshikchalarga ega bo'lgan silindrlar yoki konsentrik joylashgan tishchalar ko'rinishida bo‘ladi. Motor- ning ichki qismida kurakchalar yoki pichoqchalar joylashgan bo'ladi. Bular yirik dispers muhitni maydalash va aralashtirish sharoitini yaxshilash hamda ishlov berilayotgan muhitni siljishi- ni ta'minlaydi.
Zarrachalari qattiq bo'lgan moddalardan va antibiotiklardan yumshoq dori turlarini tayyorlashda rolikli apparatlardan foyda- lanish tavsiya etiladi. Bu apparatlarda rotor va stator oralig‘ida qo‘shimcha roliklar joylashgan bo‘ladi. Oqimli va rolikli RPAlar ..Progress“ (Sankt-Peterburg)da, „Janke and Kunkel K.G“ (Ger- maniyajda ishlab chiqariladi.
YuDTIarining sifat nazorati
Yumshoq dori turlarini sifati quyidagi ko'rsatkichlari bo'yicha nazorat qilinadi:
tashqi ko'rinishi;
chinligi;
bir xil aralashganligi;
jihoz idishidagi massasi;
mikrobiologik tozaligi;
yot moddalar;
miqdorini aniqlash.
Zarur bo'lgan hollarda yumshoq dori turlarining sifati zarracha- iar o‘lchami. pH. kislotali va perekisli soni. kolloid hamda termik turg'unlik ko'rsatkichlari bo'yicha qo'shimcha ravishda nazorat qilinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |