0‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi s. M. MahKamov, K. S. Mahmudjonova


Download 1.46 Mb.
bet110/139
Sana14.08.2023
Hajmi1.46 Mb.
#1666939
1   ...   106   107   108   109   110   111   112   113   ...   139
Bog'liq
Tayyor dori turlari texnologiyasi (S.Mahkamov) unlocked

Gidrofob surtmalar
Gidrofob surtmalar uglevodorodli asoslardatayyorlanadi (vaze- lin, vazelin moyi, parafin). Ular o'z tarkibida boshqa lipofil yor- damchi moddalarni ham saqlashi mumkin (o'simlik moylari, hay- von yog'lari. mumlar, sintetik glitseridlar va b.).
Gidrofob absorbsion surtmalar
Gidrofob absorbsion surtmalami teriga surtilganda ekssudat hosil qilishi mumkin. Ushbu surtmalarning asoslari ikki guruhga bo‘linadi:

  • ugievodorod va suv/moy turidagi emulgatordan tashkil topgan gidrofob asos (vazelin, lanolin va jun mumining spirti- dan tashkil topgan asosga ma'lum miqdorda suv yoki suvli erit- mani suv/moy turidagi emulsiya ko'rinishida kirgizish mumkin bo‘ladi);

  • girofob asos. yani suv/moy yoki moy/suv turidagi emulsiya hosil qilgan asos (vazelin va suvli lanolan).

Gidrofil surtmalar
Gidrofil surtmalar, qoida bo‘yicha, giperosmolar bo'lib, ular- dan foydalanilganda ma’lum bir miqdor ekssudatni absorbsiya qilib olishlari mumkin. Ushbu surtma asoslarini ikki guruhga bo‘lish mumkin:

  • suvda eruvchan asoslar. Ular o‘z tarkibida suvsiz gidro- fil erituvchilarni saqlaydi (polietilenoksid-400, propilenglikol va boshqalar);

  • suv bilan yuviluvchan asoslar. Ular o‘z tarkibida suvda eruv- chan polimerlardan va gidrofil suvsiz erituvchilardan tashqari lipo- fil moddalami saqlaydi (yuqori yog‘ kislotalari, vazelin, vazelin moyi, lanolin va mumlar).

Kremlar
Kremlar - yumshoq dori turlari bo‘lib. sirtga. teriga sur- tish uchun mo‘ljallangan bo‘ladi. Kremlar o‘z tarkibida bir yoki bir nechta dispers sistemani saqlaydi. Uni таЧшп bir haroratda saqlanganida kremning dispers muhiti nonyuton
turidagi ko'rsatkichga va past reologik parametrlarga ega bo‘ladi.
Kremlar gidrofil va gidrofob bo ‘lishi mumkin.
Gellar
Gellar - yumshoq dori turlari bo'lib. sirtga ishlatishga mo'ljallangan bo'ladi. Ular dispers muhiti suvdan iborat bo'lgan bir yoki ko'p fazali dispers tizimli bo'lib. kam miqdordagi gel hosil qiluvchi moddalar hisobiga ham reologik xossani namoyon qiladi.
Gellar asosiga qarab. gidrofob (oleogellar) va gidrofil (gidro- gellar) bo'ladi.
Pastalar
Pastaiar - sirtga ishlatish uchun mo‘ljallangan yumshoq dori turi bo'lib. uning tarkibidagi 20 %dan ortiq qattiq dispers faza asos- da suspenziya ko'rinishida bir xil tarqalgan bo'ladi. Surtma. gel va kremlarda ishlatiladigan asoslardan pastalar tayyorlashda ham foy- dalanish mumkin.
Linimentlar
Linimentlar - yumshoq dori turi bo'lib, sirtga ishlatish uchun mo'ljallangan bo'ladi. Ularni teriga surkab. singdirish (linera) yor- damida ishlatiladi.

Download 1.46 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   106   107   108   109   110   111   112   113   ...   139




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling