YUMSHOQ DORI VOSITALARINI ISHLAB CHIQARISH
Surtmalar, Kremlar, gellar. linimentlar, pastalar,
shamchalar va qalamchalarni ishlab chiqarish
Yumshoq dori turlarining ta’rifi va tasnifl. Yumshoq dori vositalari asosan teriga, yaralarga va shilliq pardalarga surtish uchun mo'ljallangan bo'ladi. Ular ma’lum bir harorat- da o'ziga xos reologik xossaiarni namoyon qilishi bilan tasnif- lanadi: strukturali qovushqoqlikka mutonosib boMgan nonyuton turidagi oquvchanlik, psevdoplastiklik yoki plastiklik xossalari. Tashqi ko‘rinishi bo'yichaular birxil aralashgan massa bo'lishi kerak.
Yumshoq dori turlari o‘z tarkibidata'sir qiiuvchi modda vayor- damchi moddani saqlaydi.
Yumshoq dori tarkibidagi asoslar va yordamchi moddalar. Yordamchi moddalar va asoslarning funksiyali vazifasiga qarab quyidagi guruhlarga tasniflash mumkin:
yumshoq asoslar-tashuvchilar (vazelin, lanolin. polietilenok- sid va b.);
erish harorati va qovushqoqlikni oshiruvchi moddalar (parafin. spermatset, gidrogenizatsiya qilingan o‘simlik moylari va b.);
gidrofob erituvchilar (mineral va o'simlik moylari, izopropil- palmitat, izopropilmiristat, benzilbenzoat);
suv va gidrofil erituvchilar (etanol, izopropanol, propilen- glikol, dimetilsulfoksid);
moy/suv turidagi emulgatorlar (iaurilsulfat natriy, emulgir- lovchi mum (emulgator №1), yuqori yog‘ kisiotalarning tuzlari va b.);
suv/moy turidagi emulgatorlar (yuqori yog‘ spirtlari, xoleste- rin, jun mumining spirti va b.):
gel hosil qiluvchilar (algin kislotasi va uning tuzi. past moleku- lali polietilen, bentonitlar, kaolin, kolloidli kremniy dioksid. jela- tin va b.);
antimikrobli konservantlar (benzalkoniy xlorid, benzoy va sorbin kislotalari, benzil spirti, krezol, xlorkrezol, etanol va b.);
antioksidantlar (alfa-tokoferol, askorbin kislotasi, butiigid- rooksi toluol. natriy metabisulfiti va b.);
solubilizatorlar (beta-siklodekstrin. gidrofil SFM);
pH ko'rsatkicliini turgbunlashtiruvchi moddalar (limon kis- lotasi, gidrofosfor kislotaning natriyli tuzlari va b.);
bo'yovchilar, maza beruvchi korrigentlar.
Yumshoq dorilarini quyidagicha tasniflash mumkin;
surtma dori turi;
kremlar;
gellar;
pastalar;
linimentlar.
Surtmalar
Surtmalar - sirtga qofilash uchun mo'ljallangan yumshoq dor turi bo'lib, uning dispersion muhiti ma'lum bir haroratda nonyu- ton turidagi oquvchanlikka hamda yuqori ko'rsatkichli reologik parametrlarga ega bo'ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |