0‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi s. M. MahKamov, K. S. Mahmudjonova
Download 1.46 Mb.
|
Tayyor dori turlari texnologiyasi (S.Mahkamov) unlocked
- Bu sahifa navigatsiya:
- Parda hosil qilib qoplash.
- Obakilash usuli bilan qoplash
Taxtakachlash usulida qobiqlash. Buusul tabletkani qoplash ..Draicota" tipidagi mashinalarda olib boriladi. Dastgoh ikki-
195 ta rotatsion mashina majmuasidan iborat bo'lib, biridan tabietka tayyorlanadi, u sinxron ravishda ikkinchi mashinaning qolipiga o'tkaziladi. Ikkinchi mashinaning qolip diametri birinchinikidan 1-2 mm kattaroq bo'lishi kerak. Qobiq tarkibi oldindan donador shaklga keltirilgan bo'lishi kerak. Bu massa ikkinchi mashinaning hampasidan avtomatik ravishda qobiq og'irligining 50 % miqdori- da qolipga kelib tushadi. Shundan so'ng birinchi mashinada tay- yorlangan tabletka niassa ustiga o'tkazilgach. qolgan 50 % i tablet- ka ustiga tushadi va u taxtakachlanadi. Bosim ta’sirida qobiq mas- sasi yumshaydi va tabletka ustini har tomonlama o'rab qoplaydi. Bu usul bilan qoplash uchun juda ko'p tarkiblar tavsiya etilgan. Shulardan bir nechtasini ko'rsatib o'tamiz: Qand, kraxmal, glukoza 33 qismdan, stearin kislotasi I qism. Natriy AFS yoki MFS 10 qism, laktoza 89. kalsiy stearati 1 qism. OPS - 0,4 qism. laktoza - 98,6 qism. kalsiy stearati 1 qism va hokazo. Parda hosil qilib qoplash. Bu usul zamonaviy va istiqbolli bo'lib. estetik jihatdan maqsadga muvofiq hisoblanadi. Parda bilan qoplash bir necha xii usulda amalga oshiriiadi: eritmaga botirib olish. obakilash va maxsus qurilmalarda soxta ..qaynoq yuza“ hosil qilib olish bilan. Eritmaga botirib olish oddiy moslama yordamida amalga oshi- riladi. Buning uchun tabletkaning bir tomonidan so'rg'ich yor- damida ushlab turgan holda. ikkinchi tomoni eritmaga botirib oli- nadi. Keyin tabletkaning boshqa tomoni botirib olinadi, bu jarayon bir necha marta qaytariladi. Bunday moslama yordamida soatiga 5000-8000 tabletka qoplanishi mumkin. Obakilash usuli bilan qoplash maxsus qozonda olib boriladi va tabletkani yarim avtomat usulida qoplashdan farq qilmaydi. Bu usui bilan qoplash uchun alohida sharoit yaratish lozim. Erituvchi- lar tez yonuvchan va zaharliligini alohida qayd etish loziin. Hozir- 196 gi vaqtda yangi yo'nalish polimer moddalarni organik erituvchi- larida eritib purkash usulida bo'lib. bu usul ..soxta qaynoq yuza" da amalga oshiriladi. Bu murakkab qurilma bo'lib. ish bajariladi- gan qismiga tabietka solinadi. Qurilmaning tubidan tozalangan, ma?lum haroratgacha istilgan va siqilgan havo yuboriladi. Bunda tabletkalar ko'tarilib, muallaq holatga kelib, „soxta qaynoq yuza“ hosil qiladi. Moslamaning yuqori tomonidan vaqti-vaqti biJan tez uchuvchi organik erituvchida eritilgan qobiq eritmasi purkaladi. Bu jarayon tabletka ustida madum qalinlikdagi qobiq hosil bo'lguncha purkaladi. Qobiq qalinligi quyidagi tenglama bilan hisoblanadi: p ’ bunda: l - qatlam qalinligi, m: m - qobiq og'irligi. g; p - qobiq zichligi, g/sm3; s - tabletkaning yuzasi. sm2. Qobiq og"irligi quyidagi tenglama yordamida hisoblanadi: m- , n bunda: - qobiqlangan tabletka massasi, g: ~ qobiqlanmagan tabletka massasi, g; n - tabletkalar soni. Qobiqning qayishqoqlik xususiyatini oshirish maqsadida plasti- fikatorlar (vazelin moyi, kanakunjut moyi. tvin va h.k.) qo'shiladi. Aks holda qobiqlangan tabletkaning chatnashi kuzatiladi. Atoqli olim T. A. Groshoviyning doktorlik dissertatsiyasi shun- ga bag'ishlangan bo'lib, chuqur matematik mulohazalar bilan bu usulning afzalliklari nazariy tomondan asoslab berilgan. Download 1.46 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling