0‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi s. M. MahKamov, K. S. Mahmudjonova


Qobiqli tabletKaiar (Tabulettae obductae)


Download 1.46 Mb.
bet104/139
Sana14.08.2023
Hajmi1.46 Mb.
#1666939
1   ...   100   101   102   103   104   105   106   107   ...   139
Bog'liq
Tayyor dori turlari texnologiyasi (S.Mahkamov) unlocked

Qobiqli tabletKaiar
(Tabulettae obductae)

Tabletkalarni tashqi muhit ta'siridan saqlash. turg'unligini oshirish. tananing maTum qismida yoki uzoq muddat ta'sir ko'rsatishiga erishish, o'zaro bir-biri bilan reaksiyaga kirishib ketadigan moddalardan tabletka olish hamda estetik koTinishini yaxshilash maqsadida qobiq bilan qoplanadi.


50- rasm. Obakilasb qozoni.

Tabletkalarning qobiq bilan qoplash uchun yuqorida keltirilgan yordamchi moddalardan tashqari. shellak. qum titan (IV)-oksidi, bug'doy uni. tropeoiin O. oziq-ovqat sanoatida ishlatiladigan rang beruvchi moddalar bilan ishlatiladi.
Qobiq bilan qoplash uchun ikki tomoni qabariq bilan qoplana- di, mamlakatimizda, ayniqsa, xorijiy mamlakatlarda bunga qizi- qish bilan qaraladi. Shuning uchun bu maqsadda keltirilgan retsep- turalar rang-barang bo‘lib. turli usullar bilan amalga oshiriladi.
Qobiqlashtaxtakachlash. obakilash (дражирование)раг^аЬозй qilish usullari yordamida amalga oshiriladi. Obakilash yo‘li bilan qoplangan tabletka og'irligini qoplaguncha bo‘lgan o‘z og'irligiga qaraganda ikki barobardan ko‘p bo‘lmasligi kerak (50-rasm).
Taxtakachlash usulida qobiq og'irligi tabletka massaning 50-100 % dan. yupqa parda bilan qoplashda esa 3 % dan oshmas- ligi kerak.
Obakilash usuli. Bu qadimiy va oddiy usul bo‘lib, maxsus qizil misdan tayyorlangan va ma'lum shaklga ega bo'lgan obaki- lash qozonlarida olib boriladi. Obakilash jarayoni 4 bosqichdan: namlash, qavatlash, silliqlash va pardoz berishdan iborat.
Namlash. Obakilash qozoniga solingan tabletkalar qand bilan oldin qo'lda, so'ngra mexanik ravishda aralashtiriladi. Bunda har bir tabletka sathi bir me’yorida namlanadi. So‘ng qozon ishlab tur- ganida 1 : 1 nisbatda tayyorlangan magniy oksidi bilan bug'doy uni
194 aralashmasini solib, tabletka usti bir xil qoplaguncha aralashtirila- di, so'ngra qozonga filtrlangan va istilgan toza havo yuborilib quri- tiladi. Bujarayon 3-4 marta takrorlanadi.
Qavatlash. Tabletka qand sharbati, bug'doy uni va bo'yoq qo'shib tayyorlangan bo'tqa yordamida 3-4 marta qavatlanadi. Har bir qavat hosil qilingandan so'ng quritiladi.
Silliqlash. Tabletkalarning usti bir tekisda qavatlanmay- di. Shuning uchun pardoz berish bosqichi sifatli va tez bo'lishini ta'minlash uchun ular silliqlanadi. Buning uchun tabletkalar toza obakilash qozonida o'tkazilib. qozon ma'lum vaqt davomida ishbi- tiladi. Bunda tabletkalar o'zaro va qozon devori bilan ishqalanishi natijasida tekislanib silliqlanadi.
Pardozlash. Silliqlangan tabletkalar eianib, mayda zarrachalar- dan tozaianib. obakilash qozoniga o'tkaziladi. Alohida retsept bilan tayyorlangan pardozlovchi modda yordamida tabletka sathi yupqa chiroyli qavat bilan qoplanadi. Ma'lum vaqt quritish jarayonidan so'ng pardozlash yana 3-4 marta takrorlanadi. So'ngra ma*lum vaqt ishlatib qo'yiladi. Bunda tabletkalar devor sathiga ishqalanishi natijasida silliqlanadi, pardozlanadi. Pardozlovchi massa tarkibiga mum. parafin. o'simlik moyi. stearinlar kirishi yoki boshqa retsep- turada tayyorlanishi mumkin.
Obakilash usuli ko'p qo'llaniladigan va oddiy bo'ladi. ko'p vaqt hamda bilim talab qiladi. Hozircha tabletkadagi qoplama- lar qalinligi nazariy tomondan asoslangan. Obakilash jarayonida qavatlar me'yorida namlik saqlanmasa. qoplash jarayonida o'ziga xos nozik e'tibor berilmasa, tabletkalar bir-biriga yopishib qoladi. Tayyor bo'lgan tabletkalarda esa taranglik qaytishi natijasida darz ketishi mumkin. Hozirgi vaqtda obakilash jarayoni yarmi avtomat ishlaydigan usulda olib boriladi. Yuqorida bayon qilingan bos- qichlar oldindan mo'ljallangan dastur bo'yicha bosqichma-bos- qich olib boriladi.

Download 1.46 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   100   101   102   103   104   105   106   107   ...   139




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling