Surtmalarni ishlab chiqarishni texnologiK
jarayonlari
Surtmalami ishlab chiqarishni texnologik jarayonlari quyidagi bosqichlarni o‘z ichiga oladi:
- ishlab chiqarishni tayyorlash;
207
Dori moddasi va yordamchi moddalami tayyorlashda hamda asos tarkibiga kirgizishda ulaming fizik-kimyoviy xossallarini, dis- pers tizim turini va asos turini inobatga olish kerak.
Dorivor modda va yordamchi moddalarni tayyorlash bosqichi- ga ularni maydalash, elash, tortib olish hamda dorivor moddani eri- tish jarayonlari kiradi. Surtma asosi tarkibidagi moddalami eritish, aralashtirish yoki emulgirlash va yot zarrachalardan xalos bodish uchun filtrlash kerak bo'ladi.
Geterogen turdagi surtmalarni reaktorlarda aralashtirilganida ko‘pincha, asosdagi dorivor moddaning kerakii darajadagi dispers- ligini ta’minlab bo‘lmaydi. Shuning uchun katta miqdorda tayyor- Janayotgan surtmalarni gomogenlash yuqori haroratda (40-70 °C) olib boriladi. Shu maqsadda har xil turdagi surtmamaydalagichlar- dan, kolloid tegirmonlardan, rotor-pulsatsiyali apparatlardan va boshqalardan foydalaniladi.
Hozirgi kunda rotor-pulsatsiyali apparatlardan (RPA) keng foy- dalanilmoqda. RPAIar montaj qilib o‘rnatilgan va oqimli bo'lishi mumkin.
RPA o‘rnatilgan turi. RPAning bu turi aralashtirgich vazifa- sini bajaradi va u reaktorga joylashtirilgan bo'ladi. Ushbu turda- gi RPAga gidrodinamik apparatlaming rotorli turi kiradi. Ular „Таллинский химмашстроение“ zavodida seriyali reaktor gomo- genizator ko‘rinishida ishlab chiqariladi (51-rasm).
Do'stlaringiz bilan baham: |