0‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi s. M. MahKamov, K. S. Mahmudjonova


Shamchani bir jinsliligini tekshirish


Download 1.46 Mb.
bet115/139
Sana14.08.2023
Hajmi1.46 Mb.
#1666939
1   ...   111   112   113   114   115   116   117   118   ...   139
Bog'liq
Tayyor dori turlari texnologiyasi (S.Mahkamov) unlocked

Shamchani bir jinsliligini tekshirish. Shamchani bir jins- liligini tekshirish ko'z bilan olib boriladi. Buning uchun sham- chani ko'ndalangiga teng ikki qismga kesiladi va unda erimagan zarrachalar mavjud emasligi tekshiriladi.
Undan tashqari shamchalaming 0‘rtacha og‘irligi va undan chetlanishi tekshiriladi.
Lipofil asoslarda tayyorlangan shamchalar erish harorati tek- shiriladi va u 37 °C dan oshmasligi kerak. Agar erish haroratini oTchash muammo tug'dirsa. unda shamchani to‘liq deformatsiya- ga ketgan vaqti aniqlanadi va u 15 daqiqadan oshmasligi kerak.
Gidrofil asoslarda tayyorlangan shamchalar erishi uchun ket- gan vaqt aniqlanadi. Shamchalar 1 soat davomida erishi kerak.
Shamchalarda dori moddasining bir xil tarqalganligi va miq- dori aniqlanadi.
Tibbiyot qalamchalari (Styli medicinales)
Tibbiyot qalamchalari qattiq dori turi hisoblanadi. Ularning diametri 4-8 mm va uzunligi 10 sm gacha boTib. shakli silindrsi- mon. bir tomoni qavariq. ogTrligi 0,5 g dan 10 g gacha bo'ladi. Qalamchalar faqat sirtga. terining uncha katta boTmagan qismlari- ga ishlatiladi.
Qalamcha tayyorlash uchun ta'sir qiluvchi va yordamchi moddalar ishlatiladi. Ularning tarkibida antiseptik. kuydiruv- chi (kumush nitrat. to‘tiyo, achchiqtosh). og‘riq qoldiruvchi va chalghtuvchi (mentol), qon to'xtatuvchi (achchiqtosh, temir (III)- xlorid). hasharotga qarshi insektitsid (geksaxloran) kabi moddalar bo'ladi.
Qalamchalar yordamchi moddalar xossasiga va tayyorlanishi- ga qarab gidrofob. gidrofil asosli va eritib (suyultirib) tayyorlana- diganlarga bo'linadi.
Gidrofob massa yoki surtma dorisimon moddalardan tay- yorlanadigan qalamchalar. Bunday qalamchalar tarkibida yog', mum. kanifol kabi moddalar bo'lishi mumkin. Bu moddalar qalam- chalar asosini tashkil qiladi. ularga har xil dori moddalari qo'shib qalamchalar tayyorlanadi.
Gidrofob asosli qalamchalar ikki xil usulda tayyorlanadi.

  1. Asos eritilib, unga dori modda qo‘shiladi va hosil bo'l- gan aralashma qoliplarga quyiladi (mentol va geksaxloran qalamchalari).

  2. Asos dori modda bilan aralashtiriladi va tayoqcha shaklida taxtakachlanib, ma'lum uzunlikda kesiladi.


Download 1.46 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   111   112   113   114   115   116   117   118   ...   139




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling