0‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi s. M. MahKamov, K. S. Mahmudjonova
Download 1.46 Mb.
|
Tayyor dori turlari texnologiyasi (S.Mahkamov) unlocked
- Bu sahifa navigatsiya:
- Insulin (Insulinum)
Oshqozon osti bezi preparatlari. Odamning oshqozon osti bezi 65 g. qoramolniki 120 g. kichik hayvonlamiki 40 g keladi. Insulin ajratuvchi qismining og'irligi 0,4-1,2 g ni tashkil qiladi. Oshqozon osti bezining ichki sekretsiya mahsuloti insulin. padutin (qon tomirlarni kengaytiruvchi), lipokain va boshqalardir.
Oshqozon osti bezi bir necha qismlardan iborat bo'lib. har bir 89 qismidan o'ziga xos moddalar ishlab chiqariiadi. Masaian: Langer- gans orolcha a- va b- hujayraiaridan iborat bo'lib. a-hujayralari glikogen, b-hujayralari esa insulin ishiab chiqaradi. Insulin (Insulinum) 54 ta aminokisiotadan iborat boMib, birin- chi marta 1921-yilda toza holda ajratib olingan. U tarkibidagi rux miqdori va tozalanish jarayoniga qarab har xil bo'ladi. Xomashyo sifatida asosan qoramol va cho'chqalarning oshqozon osti bezi ish- iatiladi. Insulin olish jarayoni: yangi yig'ilgan yoki muzlatilgan oshqozon osti bezi go‘sht qiymalagichda qiymalanadi va sulfat kislota bilan nordonlashtirilgan spirt (80-85 va 57 %) yordamida kasrli matseratsiya usulida ajratma olinadi. Ajratmalar birlashtiril- gach. oqsildan tozalash uchun 48 soatga sovuq joyda (0 °C) qoldiri- ladi, suyuqlik cho'kmadan sentrifugalab ajratib olinadi va 10-25 % spirt qolguncha vakuum ostida (30°) bug'latiladi, tez sovutilib, 8-10 soatga sovuq joyda qoldiriladi. Ajralib chiqqan yog‘ va oqsil qatlami suziladi. Insulinni tozalash uchun suyuqlikka 40 % ammoniy sulfat yoki 25 % natriy xlorid qo‘shiladi. Bunda insulin oqsil bo'lganligi uchun yuzaga qalqib chiqadi, uni ajratib olib 50 % li spirtda eritiladi va suziladi. Eritmaga 95 % li spirt qo‘shilganda insulin cho‘kmaga tushadi. Cho'kma sentrifugalab ajratib olinadi, nordonlashtirilgan suvda (pH = 3) eritiladi va 2n natriy ishqori bilan cho'ktiriladi. Kristall holidagi cho‘kmani ajratib olib, spirt va efir bilan yuviladi va quritiladi. 1 kg oshqozon osti bezidan 1200 TB saqlagan insulin ajratib olish mumkin. Insulin quyonlar qoni tarkibidagi qand miqdorini kamayti- rishiga qarab baholanadi. Bir ta'sir birligi qilib (BTB) 0,04082 mg kristall insulin qabul qilingan. 1 mg kristall insulin 24—26 TB saqlashi kerak. Insulin kukunini nordonlashtirilgan suv yoki bufer eritmada eritib. qisqqa yoki uzoq muddat ta'sir qiladigan preparat- larini olish mumkin, Insulin preparatlari +1-10 °C haroratda saqla- nadi, muzlatish mumkin emas. Insulin flakonlarda 5 yoki 10 ml dan chiqariladi. 1 ml da 40 TB 90 boTadi. Insulin preparatlari bakterial filtrlar orqali suzib sterillanadi. Suspenziya holidagi insulin preparatlari ishlatishdan oldin yax- shilab chayqatiladi va shprisga olinadi. Download 1.46 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling