0‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi s. M. MahKamov, K. S. Mahmudjonova
Suyuq tireoidin (Thyreoidinum Liguidum)
Download 1.46 Mb.
|
Tayyor dori turlari texnologiyasi (S.Mahkamov) unlocked
- Bu sahifa navigatsiya:
- Qo‘shqalqon$imon bez preparatlari.
- Buyrak usti bezi preparatlari.
Suyuq tireoidin (Thyreoidinum Liguidum). Qiyma holi- ga keltirilgan qalqonsimon bez 40 °C haroratda pepsin ishtiroki- da kislotali gidroliz, so'ngra ishqoriy muhitda pankreatin yordami- da gidrolizga uchratiladi. Aralashma 50 °C haroratda 1/5 qismi qol- guncha bug'latiladi, tindiriladi, suziladi va 0.5 % xloretan qo'shib, 1 ml dan ampulalarga quyilib, sterillanadi.
Tiniq jigarrang. o'ziga xos hidga ega bo'lgan nordon muhitli suyuqlik. 0,085 - 0,15 % yod saqlaydi. Buqoq va qalqonsimon bez rakida ishlatiladi. Qo‘shqalqon$imon bez preparatlari. Odamda bu bez 0,5 g ni tashkil etadi. Paratireoidin-(Parathyreoidinum) qo'shqalqonsimon bezdan kislotali gidroliz qilinib. yogJar va yogL moddalardan toza- langach. osh tuzi yoki atseton bilan ajratib olinadi. So'ngra nordon muhitda eritilib, 0,3 % li fenol qo'shiladi va 1 ml dan ampulalarga quyib sterillanadi. Bronxial astma, qaltirash (tetaniya) va qichima kasalliklarida ishlatiladi. Buyrak usti bezi preparatlari. Buyrak usti bezi 5-6 g bo lib. po'stloq va mag'iz qismlaridan iborat. Har bir qismida alohida gor- mon ishlab chiqariladi. Po"stloq qismi 40 dan ortiq modda ish- iab chiqarib, ular steroid guruh gormonlariga kiradi va moddalar almashinuvi jarayonida ishtirok etadi. Sanoat miqyosida bu bez- ning po‘stloq qismidan adrenalin gormoni olinadi. Adrenalin 1901-yilda olingan bo‘lib, keyinchalik sun'iy usul- da ham olingan. Hozirgi vaqtda kortin va adrenalin olish jarayo- ni birgalikda olib borilib, quyidagi bosqichiardan iborat: spirt bilan ajratma olish. yog'lardan tozalash, dixloretan bilan kortinni ajra- tib olish. adrenalinni tuz holiga yetkazib ajratib olish. Go‘sht, yog' va mexanik iflosliklardan tozalangan buyrak usti bezi qiyma holi- ga keltiriladi va ikki marta nordonlashtirilgan spirt (95 % va 60 %) bilan ajratma olinadi. Ajratma vakuum ostida 40 °C haroratda 1/15 qismigacha bug'latiladi. Qoldiqqa uch qism sovutilgan atseton qo'shib. 0-5 °C haroratda 18-20 soatga qoldiriladi. So'ng suyuq- lik cho‘kmadan ajratib olinadi va atseton uchiriladi. Suvli ajratma 4 marta dixloretan qavatiga o'tadi. Dixloretan uchiriladi. Qoldiq 70 % spirtda eritilib, yog'lardan tozalanadi. Qoldiq 10 % miqdori- da etil spirti qo'shilgan natriy xloridning izotonik eritmasida eriti- ladi. pH = 4,2-4,5 ga yetkazilib. suziladi. biologik usulda bahola- nadi, so'ngra filtrlanib sterillanadi va aseptik sharoitda ampulalar- ga 1 ml(10.5 + TB)danquyiladi. Kortin Addison kasalligini davo- lashda va miasteniyada ishlatiladi. Dixloretanli suyuqlik ajratib olingandan so'ng qolgan suvli ajratmadan adrenalin olinadi. Buning uchun suyuqlikdagi oqsillar 25 % li qo'rg'oshin atsetat yordamida cho‘ktirilib suziladi. Eritma- ga pH = 9,2 bo‘lguncha 25 % li ammiak qo'shilsa, adrenalin asos holda cho‘kmaga tushadi. Cho'kma suzib, ajratib olinadi, spirt va efir bilan yuviladi. quri- tiladi va 0,01 n xlorid kislota eritmasida 1 : 1000 nisbatda eritiladi. 0,5 % li xloretan qo‘shib filtrlanadi hamda aseptik sharoitda ampu- la va flakonlarga quyiladi. Adrenalin beqaror boTganligi uchun uni termik usulda sterillab bo‘lmaydi. Shu tufayli termik sterillash mumkin bo'lgan gidrotart- rat (vino kislota bilan hosil qilgan) tuzi chiqariladi. Tarkibi: Adrenalini hydrotartratis 1,82 q Natrii metabisulfitis 1,0 q Natrii chloridi 8.0 q Aquae pro injectionibus 1 1 gacha. Bu eritmani 100 °C haroratda 30 daqiqa sterillash mumkin. Adrenalin preparatlari tomirlami toraytiruvchi va qon to‘xtatuvchi dori sifatida hamda bronxial astmani davolashda ishlatiladi. Download 1.46 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling