Gipofiz preparatlari. Gipofiz bosh miyada joylashgan bo‘lib, og'irligi 0,5 g ni tashkil etadi. Bu bez old. o'rta va orqa qismlardan
94
iborat boTib. har bir qismi hayotiy jarayonlarni boshqarib turadi.
Gipofizning old qismi qonga 6 xil gormon ishlab chiqaradi. Ulardan sanoatda quyidagi preparatlar ishlab chiqariladi:
inyeksiya uchun ishlatiladigan yoki adrenokortikotropin gor- moni. AK.TG:
prolaktin.
Kortikotropin va prolaktin birgalikda olinadi. Qiyma holi- ga keltirilgan gipofiz bezining oldingi boTagidan suv va nor- donlashtirilgan atseton bilan matseratsiya usulida ajratma olina- di va unga ko'p miqdorda atseton qo‘shib, proiaktin cho'ktiriladi. Cho'kma suyuqlikdan ajratib olinadi.
Kortikotropin (AKTG). Prolaktin ajratib olingandan so'ng qolgan suyuqlikni ammiak bilan pH = 5,5 ga keltiriladi va bir kunga salqin joyda qoldiriladi. Suyuqlik cho'kmadan ajratib oli- nadi, suv bilan suyultiriladi va xromatografik usulda begona moddalardan bir necha marta tozalanadi. Tozalangan kortikotro- pinli suyuqlik sublimatsiya usulida quritiladi. Quritilgan steril kukun biologik usulda baholanadi va undan quyidagi preparatlar tayyorlanadi: Corticotropinum pro injectionibus oq steril kukun boTib, flakonlarda 10. 20 va 40 TB dan chiqariladi. Ishlatishdan oldin natriy xloridning 0,9 % li eritmasida eritilib inyeksiya qili- nadi. Buning ta'siri 6 soat davom etadi. Shuning uchun suspen- ziya holidagi preparati ishlab chiqariladi. Suspensio - zinci cor- ticotropini pro injectionibus - bu oq suspenziya boTib. flakon- larda 5 ml dan chiqariladi. Bitta inyeksiyaning ta'siri 10-16 soat davom etadi. Suspenziya tayyorlash uchun kortikotropin kukuni 0,01 n xlorid kisiotada eritiladi, unga rux xlorid. nipagin konser- vanti va pH = 7,5 - 8.0 boTguncha natriy ishqori qo‘shiladi. Ish- latishdan oldin suspenziya chayqatiladi va shprisga olinadi.
Kortikotropin preparatlari bronxial'astma, ekzema va allergiya kabi kasalliklarni davolashda ishlatiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |