Anorganik yordamchi moddalar. Bu maqsadda har xil anor- ganik yordamchi moddalar: silikagel, glinozem, sopol, minerallar va ulaming oqsidlari ishlatiladi. Bulaming afzalligi ularga xohla- gan shakl berish imkoniyati borligi va ulaming osonlik bilan qay- ta tiklanishidir. Anorganik moddalar g'ovakli va g'ovaksiz bo'lishi mumkin.
Mikrog‘ovak kremnezem (tarkibida kremniy bo'lgan birik- malar). Silikagel. g'ovak shisha bular qatoriga kiradi. Bulaming
104 afzalligi mustahkamligi. organik erituvchilarga befarqligi liam- da mikroorganizmlarga turg'unligidir. Ulardan kerakli darajada- gi g'ovaklikni olish mumkin. Sanoatda aluminiy silikatlari (gli- nozem) hamda tarkibida titan. sirkoniy va boshqa qo'shimcha mod- dalar bo'lgan g'ovak sopollar ishlatiladi.
Fermentlarni fizik usulda turg'unlashtirish. Turg'unlash- tirilgan fermentlami suvda erimaydigan yordamchi moddalarga shimdirish, gel g'ovaklari ichiga kiritish, fermentlarning reaksiya- ga kirishadigan qismini yarimo'tkazgich parda yordamida ajratib olish, ikki bosqichli muhitning birida fermentni eritish yo'li bilan olish mumkin.
Fermentlarni kimyoviy usulda turg'unlashtirish. Buning uchunferment molekulasigakimyoviy usuldata'sir etib, strukturasi- da yangi kovalent bog' hosil qilinadi. Bu usulda turg'unlashtirilgan ferment harorat va pH o'zgarishiga chidamli bo'lib. parchalanib ketmaydi, demak, mahsulotni ifloslantirmaydi.
Fermentlar faolligiga ta’sir etuvehi omillar.
Bular ikki xil:
Fizik.
Kimyoviy.
Fizik omilga qizdirish, o'ta sovutish. ultratovush. radiatsiya, ikki faza chegarasidagi shimilish (sorbsiyalar) kiradi.
Kimyoviy omillarga kislota. ishqor. organik erituvchilar, spirt faol moddalar. mochevina, kislorod, qaytaruvchi moddalar (metall ionlari) hamda ayrim fermentlar (proteaza yoki proteinkinazalar) kiradi.
Hozirgi vaqtda fermentlar keng ko'lamda ishlatilayotganligi sababli ularni ko'p miqdorda ishlab chiqarish taqozo etiladi. Bu muammo biosintez usulida hal etilib. birinchi marta 1966-yilda amalga oshirildi.
To'laroq maTumot olishni istaganlar „Справочник по произ- водству органопрепаратов" - V.A. Gurov. М. А. Inozemsova. A.B.Zaminovskiy. Moskva. 1970-yilga murojat qilishlari mumkin.
вов
Do'stlaringiz bilan baham: |