0‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi s. M. MahKamov, K. S. Mahmudjonova


Download 1.46 Mb.
bet60/139
Sana14.08.2023
Hajmi1.46 Mb.
#1666939
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   139
Bog'liq
Tayyor dori turlari texnologiyasi (S.Mahkamov) unlocked

34-rasm. Ampula xillari.

Bizda chiqariladigan ampulalar o'lchovi ТУ 1357-55 orqali belgilanadi (11-jadval).
108
Ko'p ishlatiladigan ampulalar 1 ml dan 10 ml gacha bo'lib. asosiy qismining sig'imi 1 ml li ampulalar tashkil qiladi. Ampu- lalar silindrsimon. dumaloq. sigaretsimon. to'rt yoki olti qirrali bo'lishi mumkin.

  1. jadval

Ampulalarning asosiy o‘lchovlari

Hajmi. ml

~L 1 - -
O'lchovlari. ml

Belgilangan

Amalda

Kapiliarining tashqi diametri

Balandligi

Kapillarining tashqi diametri

Balandligi

1

1.15-
1.45

9,0-10.5

20-24

2-3

75-85

2

2.25-
2.7

10.5-12.0

27-34

2-3

75-85

5

5.5-6.6

13.5-15.0

43-51

3-4,5

75-85

10

11.0-
13.5

15.0-17.0

68-78

3-4,5

85-95

20

21-25

19-21

80-90

4-4,5

85-95

25

26-31

21-23

82-90

5.5-7

85-95

50

52-61

25-27

120-130

6-8

95-105


Ikkita kapillarli ampulalar reaktivlar va ko'z tomchiiari solish- ga mo'ljallangan bo'ladi. Bo'yni (sheyka) ingichkalashgan ampu- lalar maqsadga muvofiq hisoblanadi, chunki ampula tanasidagi suyuqlik kapillarlarga o’ta olmaydi. bu esa ampulalarni kavshar- lash va ochishda katta ahamiyatga ega. Amaliyotda asosan tubi tekis (yapaloq) ampulalar ishlab chiqariladi.
Farmatsevtika korxonalari shisha zavodlarida ishlab chiqa- riladigan tayyor qo'shaloq ampulalardan yoki shu korxona- da shisha naylardan tayyoriangan ampulalardan foydalanishlari mumkin.
Shisha va uning Kimyoviy xossasi
Shisha har xil metall oksidlari va silikatlarning sovutilgan qattiq aralashmalari (SiO2; AI2O3; В20з; Na2O; CaO; MgO; K2O) bo'lib, qattiq jismlardek mexanik xossalarni namoyon qiladi. Shisha tayyorlashda xomashyo sifatida kvars qum (chaq- moq tosh), ohaktosh, borat kislota, potash . dalomit, natriy sul- fat va boshqalar ishlatiladi. Xalq xo'jaligida ishlatiladigan shisha tarkibidi Na2O. CaOSiO2 boMib, undan ampula tayyor- lash mumkin emas, chunki suvda ko’p miqdorda ishqor ajratib chiqaradi va harorat ta‘siriga chidamsiz.
Ampula tayyorlash uchun sterilizatsiya. tashish va saqlash paytida ishqor ajratib chiqarmaydigan va termik barqaror shisha kerak. Bu jihatdan toza kremnezemni (SiO2) eritib tayyorlana- digan shisha maqsadga muvofiq, chunki u mutlaqo ishqor ajra- tib chiqarmaydi hamda ofia termik barqarordir. Lekin uning erish harorati yuqori bofigani sababli (1800 °C) ampula tay- yorlab bo'lmaydi. Ampula tayyorlash uchun maxsus murakkab tarkibli shisha talab qilinadi.
Hozirgi vaqtda ampula tayyorlash uchun shisha sanoati maxsus navli shisha ishlab chiqarmoqda (13-jadval), uning sifati tarmoq standarti (OCT 0,4-78-72) bilan belgilanadi.
Ampula tayyorlash uchun asosan. HC-3. HC-4, CHC-1 (yuqori navli). HC-2A, HC-2, AB-1 (II navli) va boshqa shishalar ishlatila- di. Bu shishalar issiqlikka chidamli. kimyoviy barqaror. oson kav- sharlanadigan, tiniq hamdaqalinligi birxildabo'lib, havo pufakcha- lari saqlamasligi kerak.
Shisha sanoatida 1973-yilgacha HC-1, HC-2 navli ishqor- siz shisha ishlab chiqaritar edi. HC-1 navli shisha tarkibida bor oksid nisbatan ko'p, natriy oksid kam boTganligi uchun kimyo- viy barqaror hisoblanadi.
HC-2A navli shisha o'zining fizik-kimyoviy xususiyati- ga ko'ra. HC-2 navi bilan bir xil, lekin CaOMgO va ularning
110 umumiy miqdorini saqlab qolgan holda nisbatlarining o‘zgarishi ishlab chiqarish jarayonini ancha osonlashtiradi.
Keyinchalik ishlab chiqarishga joriy qilingan HC-3 shisha- si tarkibidagi bor oksidi nisbatan ko’p (6 %), ishqor oksid esa kam bo‘lganligi tufayli, kimyoviy jihatdan eng barqaror shisha hisoblanadi.
CHC-1 yorug'lik nurlariga sezgir bo‘lgan eritmalar uchun mo'ljallangan.
XT. XT-1 kimyoviy va termik barqaror shisha bo'lib. undan shprislar, qon. transfuzion va infuzion preparatlar saqlanadigan idishlar tayyorlanadi.
MTO - rangsiz tibbiyot shisha idishi, undan flakonlar. banka- lar va kasallarni parvarish qilishda ishlatiladigan buyumlar tayyor- lanadi.
OC. OC-1 qo‘ng‘ir shisha, undan banka va flakonlar tayyor- lashda foydalaniladi.

  1. jadvaldan ko'rinib turibdiki. shisha tarkibining o'zgarishi bilan uning navi, ya’ni kimyoviy va fizik barqarorligi ham o'zgaradi. Bizda va xorijiy mamlakatlarda neytral shisha olish muammosini hal qilish ustida tinmay izlanishlar olib borilmoqda. Lekin. hozir- cha shisha tarkibida ishqoriy va ishqoriy-yer metallar bo'lganligi sababli mutloq neytral shisha olish imkoniyati yo'q. Shishaning xossasi uning tarkibiga kirgan komponentlar va ularning quyish- madagi nisbatiga bog'liq bofladi.

Kimyoviy barqarorlik shishaning asosiy xossasi hisoblanib, shishani yemiradigan har qanday zararli muhitlarga bardosh bera olishi bilan belgilanadi.
Ampuladagi eritmada ishqor paydo bo'lishi uchun ampu- laning ichki devoridan Na+. Ca4"1-. K* ionlari ajralib chiqib. erit- maga o'tishi kerak. Bu ionlarning miqdori va ajralib chiqish tezli- gi eritmaning xossasiga. muhitiga (pH) va shishaning naviga bog'liq bo'ladi. Shisha uchun eng zararli muhit suv hisoblanadi. chunki u silikatlarni ishqorga o'tkazib. eritmaning turg'unligiga

salbiy ta'sir ko‘rsatadi. Suv shishaga tegishi bilanoq uning ayrim tarkibiy qismlarini erita boshlaydi va saqlanish davomida yana- da tezlashadi.
Ishqoriy va ishqoriy-yer metall ionlari o‘ta harakatchan bo'l- ganligi sababli shishaning tashqi qavati doimo bu ionlar bilan to‘yingan bo‘ladi. Shuning uchun natriy ioni xona haroratidayoq boshqa ionlar bilan o'rin almashib yoki ichki qavatdan tashqari- ga chiqib turishi mumkin. Ishqoriy metall ionlari shishaning ich- ki qavatidan suv bilan reaksiyaga kirishgan ionlar o'miga chiqa boshlaydi. Yuqorida ko'rsatib o‘tilgan sabablarga ko‘ra. ampula- lar kislotali, neytral yoki ishqoriy eritmalar bilan to'ldirilganda tur- li hodisalar ro‘y beradi.
Agar ampula kislotali eritma (pH=3,0 va undan kichik) bilan to‘ldirilsa. ajralib chiqqan ishqor neytrallanadi va shisha tashqi qavatining ishqorlanishi eritmaning o'zgarishiga deyarli ta'sir qil- maydi. Ampula 3,0 dan yuqori va neytral eritma bilan to'ldirilgan bo'lsa, neytrallanish reaksiyasi eritma pH iga keskin ta'sir qiladi va birdaniga o‘zgaradi.

Download 1.46 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   139




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling