0‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi s. M. MahKamov, K. S. Mahmudjonova


Ampulaning kimyoviy va termik barqarorligini oshirish usullari


Download 1.46 Mb.
bet68/139
Sana14.08.2023
Hajmi1.46 Mb.
#1666939
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   139
Bog'liq
Tayyor dori turlari texnologiyasi (S.Mahkamov) unlocked

Ampulaning kimyoviy va termik barqarorligini oshirish usullari. Ampulaning kimyoviy va termik barqarorligini oshi- rish maqsadida uning ichki devor sathi yupqa silikon qavat bilan qoplanadi. Silikonlar kremniyning organik birikmalari bo‘lib, suv bilan mutlaqo aralashmaydi. ya'ni gidrofob xossa- ga ega. Shuning uchun ularni gidrofobizatorlar deb ham yuri- tiladi. Shisha devorining gidrofob parda qavati bilan qopla- nishi uning eritma bilan ta'sirga kirishishiga yo'l qo'ymaydi. Natijada ampulalarning kimyoviy va termik barqarorligi osha- di. Parda qalinligi 10-300 A atrofida bo‘ladi. Shu maqsadda silikonlardan ko'pincha dimetildixlorsilan ishlatiladi. Par- da hosil bo'lish mexanizmi: bu birikmalar manfiy va musbat zaryadga ega bo'lganligidan kovalent bog'lanish orqali musbat zaryadlangan kremniy shisha devoriga, uning radikal qismi esa tashqariga qaragan bo'ladi.
Silikonlash ikki usulda olib boriladi: quruq va nam. Silikon- lanishi lozim boMgan ampulalar yaxshi yuvib, quritilgan bo'lishi shart.
Quruq usulda siiikonlash Buning uchun zich berkitiladigan sig'imga silikon solib qo'yiladi. 10-15 daqiqada sig'im ichi silikon bilan to'yinadi. U yerga ampula tushiriladi. bunda ampula sathi silikon molekulalari bilan monomolekular qavat hosil qiladi.
Nam usulda silikonlash. Bu usul bo'yicha ampulalar silikon eritmasi bilan ishlanadi. Buning uchun silikon benzin, xloro- form. atseton kabi organik erituvchilarda eritiladi. Shisha sathi- da silikon qavatini mustahkamlash uchun ampulalar 100-300 °C haroratda qizdiriladi. Agar dietilxlorsilan bilan qoplansa. bu jara- yon uy sharoitida olib borilishi mumkin. Yupqa parda ampulaning ichidagi eritmani tekshirishga xalaqit bermaydi. Hozircha sanoat miqyosida ampula shishalarini silikonlash joriy etilmagan. Lekin shpris. pipetka, menzurka kabi o'lchov asboblari ishlab chiqarish- da bu usuldan foydalaniladi.
Shishani toblash. Shisha zavodlarida suyuq massadan naycha tayyorlashda ularning tashqi qatlami tez soviydi. ichki qatlam esa sovushga ulgurmay, natijada ampulada ichki qoldiq taranglik hosil bo'ladi. Bunday ampulalar sterillaganda va kavsharlaganda darz ketishlar kuzatiladi.
Agar shishaning devor qalinligi 0.3 mm dan katta bo'lmasa. ichki va tashqi qavatlardagi taranglik deyarli bir xil bo'ladi hamda bunday ampulalarni toblashga hojat bo'lmaydi. Ampu- la shishasining termik chidamliligini oshirish toblash yo'li bilan amalga oshiriladi. Buning uchun ampulalar metall qutilarda yumshash darajasiga yaqin haroratgacha (450-500 °C) qizdiri- ladi. Shu haroratda 7-10 daqiqa ushlab turilib. 30 daqiqa davo-

mida harorat asta-sekin 100 °C gacha kamaytiriladi va tezda uy haroratigacha sovutiladi. Bu jarayon uzunligi 12 m gacha bo'lgan 898 P-K gorizontal pechlarda olib boriladi. Bunday pechlar qizdi- rish - ma'lum haroratda ushlab turish va sovutish qismlaridan iborat bo'lib. avtomat tarzda ishlaydi. Toblash natijasida ampula tayyorlashda vujudga kelgan qoldiq taranglik yo'qotiladi. Ampu- ialarni to'la tobiash uchun 45 daqiqaga yaqin vaqt talab qilinadi.

Download 1.46 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   139




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling