0‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi s. M. MahKamov, K. S. Mahmudjonova
InyeKsiya uchun ishlatiladigan suv va uning olinishi (Aqua рго injectionibus)
Download 1.46 Mb.
|
Tayyor dori turlari texnologiyasi (S.Mahkamov) unlocked
InyeKsiya uchun ishlatiladigan suv
va uning olinishi (Aqua рго injectionibus) Korxonada har xil texnik maqsadlar uchun ishlab chiqarish qozonlari va distillatorlarning uzoq muddat ishlashini ta'minlash uchun suv oldindan mineralsizlantirilgan bo‘lishi kerak. Chun- ki shahar tarmoqlaridan kelayotgan vodoprovod suvining har litri- da 10-15 mg gacha tuzlar erigan bo'ladi. Mineraisizlantirish ion almashtirgich smolalar (ionitlar) va elektrodializ yordamida amal- ga oshiriladi. lon almashtirgich smoialar kationitlar va anionitlarga bo‘linadi. Kationitlar ishqoriy va ishqoriy-yer metallar bilan o'rin almashina oladigan harakatchan vodorod ionli karboksil yoki sulfon guruhi- ni saqlaydi. Anionitlar ko'pincha aminlarni formaldegid bilan hosil qilgan polimerlari bo‘lib, gidroksil ionlari anionlar bilan o‘rin almashadi. Anionitlar kuchli va kuchsiz bo'lishi mumkin. 126 Ishlab chiqarish ko'pincha arzon bo'lganligi sababli kuchsiz anionitlar ishlatiladi. Maxsus kolonkalar kationit va anionitlar bilan to'ldiriladi. Filtrlangan vodoprovod suvi avval kationitdan, so'ng anionitli kolonkalar orqali o'tkaziladi. Bitta kolonkada kationit va anionitlar bo'lishi niumkin. Suv kationitli kolonka orqali 0‘tganda quyidagi almashinish reaksiyasi sodir bo'ladi: 2K [H] + МеС12 - MeK2 + 2НС1 2К [Н] + Ме (NO3)2 - МеК2 + 2HNO3 2К (Н) + (MeSO4)2 - МеК2 + H2SO4 2К (Н) + Ме (SiO3)2 - МеК2 + H2SiO 2К [Н] + Ме(НСО3) -МеК2 + 2Н2О + 2СО2 Demak. suv kationitli kolonka orqali o'tgandan so'ng yum- shaydi va muhit kislotali bo‘ladi. Suv pH ning oshishi va suvda kationlarning paydo bo'iishi kolonkaning to‘yinganligidan dalolat beradi. uni xlorid kislotasi va suv bilan yuvib regeneratsiya qilish lozim. Bu suv anionitli kolonkadan o4gandan so‘ng muhit neytral bo'ladi: A (OH) + HNO3 - ANO3 + H2O A (OH) + HCl - ACl + H2O A (OH) + H2SO4 - A2SO4 + 2H2O A (OH) + H2SiO3 - AHSiO3 + H2O Suv pH ning pasayishi va anionlarning suvga o'ta boshlashi anionitlardagi OH guruhining kamayganini ko'rsatadi. Kolonkani qayta tiklash suv va ishqor yordamida amalga oshiriladi. Lekin suvni ion almashtirgich smolalar yordamida mineralsizlantiril- ganda ionitlar CO2, SO3 lami ushlay olmaydi. Ulami yo'qotish uchun degazatsiya usulidan foydalaniladi. Suv maxsus kolonkaga o'rnatilgan viniplast panjarasiga purkaladi va uning pastki qismi- dan filtrlangan havo yuboriladi. Bunda CO2 va SO3 gazlarining eri- shi yomonlashadi va kolonkadan chiqib ketadi. lonitli kolonkalaming quvvati soatiga 100 1 ni tashkil qiladi. Elektrodializ usulida suvni mineralsizlantirish maxsus quril- mada amaiga oshiriladi. Bu asbob ikki tomoniga elektrolitlar o'rnatilgan vannadan iborat bo'ladi. Suv vannaga yuboriiadi va elektrodlar o‘zgarmas elektr tokiga ulanadi. Bunda kationlar anod elektrodiga. anionlar katod elektrodiga tomon harakatlanadi va ham chap. ham o‘ngdagi bo'linmalarga yig'iladi. Bu usulda soati- ga 200-750 1 suv mineralsiziantiriladi. Davlat Farmakopeyasining talabiga binoan inyeksiya uchun ish- latiladigan suv tozalangan suvga (вода очигценная) qo‘yiladigan hamma talablarga javob berishi, tarkibida pirogen modda- lar bo‘lmasligi. saqlanish muddati 24 soatdan oshmasligi kerak. Xususiy moddalar talabiga binoan, eritma karbonat angidridsiz suvda tayyorlanishi lozim bo‘lsa, suv 30 daqiqa qaynatib tozala- nadi. Inyeksiya uchun ishlatiladigan suv apirogen, ya'ni pirogen moddalar saqlamasligi kerak. Pirogen moddalar o‘lik mikroorga- nizmlar tanasi va ularning zaharlari bo'lib, lipofosfatpolisaxarid- lar sinfiga kiradi va suv bug‘i bilan haydalmaydi. Suvni haydash jarayonidaulartomchilar bilan suvgao'tib qolishi mumkin. Pirogen modda saqlagan suvda tayyorlangan inyeksion eritma tana harora- tini oshiradi, chunki ular organizm uchun begona modda hisobla- nadi. Suvning apirogenligi biologik usulda (X DF, 1 tom. 183-bet, M. 1990-y.) tekshiriladi. Korxona sharoitida inyeksiya uchun ishla- tiladigan suv issiq va sovuq usullarda olinishi mumkin. Issiq usulda olish 3 bosqichda va termokompression asboblarda amalga oshiri- ladi. Sovuq usulda esa ,.Millipor‘‘ firmasi ishlab chiqargan qurilma yordamida olinadi. Uch bosqichli distillator korxona sharoitida ko‘p ishlatilib, quvurlar yordamida o‘zaro birlashtirilgan uchta kolonkadan tashkil topgan. Har bir kolonkaning devori ikki qavat va ichida ilonsimon naychalar bo‘ladi (35-rasm). Download 1.46 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling