0‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi s. M. MahKamov, K. S. Mahmudjonova


Download 1.46 Mb.
bet72/139
Sana14.08.2023
Hajmi1.46 Mb.
#1666939
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   139
Bog'liq
Tayyor dori turlari texnologiyasi (S.Mahkamov) unlocked

Suvni sovuq usulda olish. ..Millipor" firmasining qurilmasida amalga oshiriladi. Qurilma oraliq bakdan, nasosdan. faollashtiril- gan ko‘mir bilan to'ldirilgan kationit va anionit kolonkalaridan, pH ni muvofiqlashtiruvchi kolonkadan va teskari osmos asosida ishlaydigan membranali-filtrlardan tashkil topgan.
Vodoprovod suvi filtr orqali o‘tib, mexanik iflosliklardan tozalanadi va 3,5-4,0 atm bosimida ko'mirli kolonkaga yubo- riladi. Bunda suv molekular xlor va ftordan tozalanadi. So'ngra suv kationit va anionit kolonkalari orqali 0’tkazilib mineralsiz- lantiriladi. Hosil bo’lgan suv neytral muhitga (pH=7,0) ega bo'ladi. DF bo‘yicha esa inyeksiya uchun ishlatiladigan suvning pH=5,0-6.8 bo'lishi talab qiiinadi. Shuning uchun bu suv kuch- siz kationit bilan to'ldirilgan pH ni muvofiqlashtiruvchi kolonka orqali o'tkaziladi. So'ngra suv teskari osmosga asoslangan mem- branali ,.Millipor’‘ filtri orqali suziladi. Bu usulda suvdagi xlor ionining ushlab qolishi suvning pH iga bog'iiq bo'lib, pH=6,0 dan past bo'lganda kichik molekular massaga ega boflgan gipo- xlorit (HCIO) kislotasi hosil bo'ladi. Bu kislota neytral sharoit- ga ega bo'lib. faqat pH kichik bo'lgandagina (kislotali sharoit- da) parchalanmaydi. Shuning uchun osonlik bilan teskari osmo- tik membranadan o‘tib ketadi. Suv pH=6.0 dan oshsa, kislota H_ va Cl~ ionlariga dissotsilanadi. Bu jarayon pH ning ortishi bilan ko‘payib boradi, pH=9.0 bo'lganda HCIO 95% gacha dissotsi- langan holda bo'ladi. Dissotsilangan kislota esa membrana par- dasida 90 % gacha ushlanib qoladi. Shuning uchun bu usulda sifatli suv olish ko’p jihatdan pH to’g‘rilagichga bog'iiq. Quril- maning ishlab chiqarish unumdorligi soatiga 120 /.
O'simliK moylari (Olea pinquia)
Moylar glitserinning har xil yuqori molekulali yog’ kislota- lari bilan hosil qilgan murakkab efirlaridir. Inyeksiya uchun ish- latiladigan moylar yangi yig'ilgan mag'izlardan sovuq usulda siqib olinadi. Ular tiniq, oson qo'zg'aluvchan. saqlanishi vaqtida cho'kma hosil qilmaydigan, stearin fraksiyasidan va suv yuqidan tozalangan. kislota soni 2,5m dan ortiq bo'lmasligi kerak. Biz- da inyeksion eritmalar tayyorlash uchun bodom, o'rik va zaytun moylari ruxsat etilgan.
Xalqaro farmakopeya talabiga binoan inyeksiya uchun ishla- tiladigan moylarning kislota soni 0,4-0.2 dan. yod soni 79-128 dan. sovunlanish soni 185-200 dan oshmasiigi kerak. Ular tarkibi mineral yog'lardan holi bo'lib. uy sharoitida qotadigan bo'lmasligi va tarkibi barqaror bo‘lishi kerak. Xorijiy mamlakat- larda tarkibida oksidlanish jarayonini sekinlashtiruvchi sezamin va sezamolin fermentlari bo'lgan kunjut moyi nisbatan ko'p ish- latiladi. Aksariyat dori moddaiarning moyda yomon erishi, moy- li eritma inyeksiyasining og'riq berishi. moylarning oson oksid- lanishi ularni keng miqyosda ishlatishga imkon bermaydi. Dori moddalaming moyda eruvchaniigini yaxshilash maqsadida ben- zilbenzoat. polietilenglukol, benzil spirti. izopropil miristat kabi yordamchi erituvchilar qo'shiladi. Sanoatda shaftoli (o'rik). bodom, zaytun va soya moylari, dezoksikortikosteron atsetat. dietilstilbestrol propionat, krizanol. yodolipol, kamfora, sine- strol, progesteron. testosteron. retinol atsetat. tokoferol atsetet. follikulin. xlorofillipt. estradiol benzoat kabi dori turlari ishlab chiqariladi.

Download 1.46 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   139




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling