0‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi s. M. MahKamov, K. S. Mahmudjonova


Quruq dori moddalarning o‘rtaclia og‘irligini aniqlash


Download 1.46 Mb.
bet80/139
Sana14.08.2023
Hajmi1.46 Mb.
#1666939
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   139
Bog'liq
Tayyor dori turlari texnologiyasi (S.Mahkamov) unlocked

Quruq dori moddalarning o‘rtaclia og‘irligini aniqlash. Bu XI DF da birinchi marta kiritilgan rasmiy usuldir. Inyek- siya uchun ishlatiladigan dori inoddalardagi quruq moddalar- ning o'rtacha og'irligini aniqlash uchun 20 ta og'zi ochilgan idishlar 0.001 g aniqlik bilan alohida-alohida tortiladi. Idishlar- dagi moddalar suv bilan yoki boshqa mos keladigan erituvchi- lar bilan yuviladi va 100-105 °C haroratda 1 soat davomida quri- tiladi. Idishlar va tiqinlar qaytadan tortiladi. 20 ta idishdan har biridagi modda og'irligining o'rtacha og'irlikdagi farqi ..Bitta idish uchun tarkib" bo'limida ko'rsatilganidek 15-jadvalga mos kelishi, lekin ±15 % dan oshmasligi kerak. Agar ikkita idishdagi modda og‘irligining o‘rtacha og‘irlikdan farqi me'yoridan ko‘p bo'lsa. lekin ±15 % dan oshmasa, aniqlash yana 40 idishda tak- rorlanadi. Bunda har bir idishdagi modda og‘irligining crtacha og'irlikdan farqi xususiy moddada ko‘rsatilgan miqdor ±5 % dan oshmasligi kerak (15-jadval).

  1. jadval

Bitta idishdagi modda og‘irligining o'rtacha og'irlikdan farqi

Idishdagi modda miqdori, g

Ruxsat etilgan farq. %

0,1 vaundan ko'pbo lsa

±10%

0,1 dan katta va 0,3 dan kichik boTsa

±7,5 %

0.3 va undan katta bo'lsa

±5 %


Inyeksiya uchun ishlatiladigan sterii holdagi quruq va suspen- ziya dori vositalarining bitta idishdagi miqdori 0,05 g va undan oz boTsa, dori moddalar miqdori bir xil taqsimlanganligi tekshirila- di. 10 ta idishdagi modda miqdori xususiy moddalarda ko'rsatilgan
ta'sir qiluvchi modda miqdorini aniqlash usulidagidek aniqlik- da tekshiriladi. Ta’sir qiluvchi modda ko'rsatilganidan ±15 % dan ortiq farq qilmasligi kerak.
Agar bitta idishdagi farq ±15 % dan ko‘p, lekin ±25 % dan osh- masa, qo'shimcha 20 ta idishda tekshirish olib boriladi. Bunda ta’sir qiluvchi moddaning farqi 20 ta idishning birortasida ±15 % dan oshmasligi lozim.
Inyeksiya uchun i shlatiladigan suspenziyalar chayqatilganda xususiy moddalarda boshqa ko'rsatmalar bo'lmasa, 5 daqiqadan kam bo'lmagan vaqtda qavatlarga bo'linmasligi kerak. Xususiy moddalarda boshqa ko'rsatmalar bo‘lmasa. suspenziya shprisga №00840 igna orqali oson o'tishi lozim. Suspenziyalar qon va lim- fa tomirlariga va orqa miyaga yuborilmaydi, emulsiyalar ham orqa miyaga yuborilmaydi.

Download 1.46 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   139




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling