Yorliqlash. Har bir ampula (idish) ga dori moddaning nomi, konsentratsiyasi yoki faolligi. hajmi (og'irligi) yoziladi. Bu jarayon Simxovich-Kislin dastgohi yordamida olib boriladi.
Dastgoh yuqori qismida ampulalar joylashtirilgan idish (bun- ker) bo'lib, u cho'ntakchalari (har bir ampula joylashadigan mosla- ma) bo'lgan do'mbiraga ampulalami tushirib beradi. Bu do'mbira- dan ampula ikkinchi do‘mbira yuzasiga joylashgan qo‘shaloq g‘il- dirakchalar oTtasiga tushadi. Qo‘shaloq g'ildirakchalar soni 8 ta bo'ladi. Ikkinchi tomondan rang bir nechta ghldirakdan o'tib. yupqalashib. nihoyat oxirgi tamg'ali g‘ildirakdan ustiga rezina kiydirilgan g'ildirakka o'tadi va o‘z aksini qoldiradi. Qo‘shaloq g*ildiraklar orqali kelayotgan ampula mana shu rezinali g'ildiraklar ostidan o‘tayotganda uning ustiga kerakli yozuv o‘tadi.
Ampulalarni qadoqlash uchun tegishli avtomatyoki yarim avto- matlar mavjud bo‘lib, ular yordamida ampulalar qog‘oz yoki plast- massa qutichalarga joylashtiriladi.
Ampulalardagi eritmalarni qaytadan tiklash (regene- ratsiya). Ampula tayyorlash jarayoni ko*p bosqichli, murakkab bo‘lganligidan ma'lum miqdor ampulalar tekshiruvdan o‘ta olmay-
144
di (darz ketgan. yarim to'lgan. steril bo'lmagan va h.k.). Bunda tiklash iqtisod jihatdan maqbul bo'lsa yoki dori noyob bodsa. erit- malar qayta tiklanadi. Buning uchun ampulalar tegirmonda mayda- lanadi.faollashtirilganko‘mirbilanishlanadi.suziladi vame'yoriga yetkaziladi.
Moyli eritmalar tayyorlashning o'ziga xos tomonlari. Moy- larning qovushqoqligi yuqori bo'lganligidan dori moddalaming erishi qiyin bo'ladi. Shu sababli dori moddalar oldindan mayda- langan. moy esa ma'lum haroratgacha isitilgan bo'lishi lozim. Undan tashqari, dorilar erishini yaxshilash maqsadida etiloleat. benzil-benzoat kabi yordamchi erituvchilar qo shiladi. Moy- li muhitda mikroorganizmlarning vegetativ shakllari va spora- lari suvdagidan ko'ra uzoqroq muddat saqlanib qoladi. Shu sab- abli moyli eritmalarni sterillash yuqori haroratda va uzoq davom etishi kerak. Shuning uchun moylarni avtoklavda 120 °C da 2 soat sterilizatsiyalash kerak. Moyli eritmalar shisha bilan aloqada bo'lmaganligi sababli, ularni tayyorlashda turg'unlashtiruvchilar qo'shilmaydi. Eritmani faqat quritilgan ampulalarga shpris usuli- da quyish lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: |