0‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi s. M. MahKamov, K. S. Mahmudjonova
Download 1.46 Mb.
|
Tayyor dori turlari texnologiyasi (S.Mahkamov) unlocked
- Bu sahifa navigatsiya:
- Radiatsion usulda sterillash.
- Ampulalardagi eritmalarning tozaligini va sifatini tek- shirish.
Filtrlash orqali sterillash. Eritmalarni mexanik usulda steril- lash „Millipor", „Vladipor". „Bakterial shamchalar" orqali suzish bilan amalga oshiriladi.
Gaz yordamida sterillash. Bu maqsadda etilen oksidi yoki uning metil bromid. karbonat angidrid, xladon (freon) lar bilan aralashmasi ishlatiladi. Sterilizatsiya gazogenerator yoki mik- roaerOstatlarda amalga oshiriladi. Bunda harorat 1 8-55 °C, nis- biy namlik 80 %, sterilizatsiya vaqti 4-16 soatgacha, gazlar ara- lashmasining dozasi 1200-2000 mg/dm ni tashkil etadi yoki normativ texnik hujjatda koTsatilgan boshqa sharoitda sterillash mumkin. Radiatsion usulda sterillash. Bu usulda sterillash gammaquril- malarda. elektron tezlashgichlarda yoki boshqa radiatsion manbalar yordamida amalga oshiriladi. Bunda ishlatiladigan doza 15-25 kGr (2.5 1/rad) yoki sharoitga qarab boshqacha dozalar bo'lishi mum- kin. Har bir buyum yoki dori turi instruksiyasida ko'rsatiigan doza va vaqtga muvofiq sterillanadi. Inyeksion eritmalaming sterilligi bakteriologiya laboratoriyasi tomonidan nazorat qilib turiladi. Ampulalardagi eritmalarning tozaligini va sifatini tek- shirish. Ampuiadagi eritmaiarning tozaiigi qorong'iiashtirilgan xonada qora va oq fonda 40-60 vattli reflektor lampa yordami- da 100 % tekshiriladi. 5-10 ta ampula kapillarlarini pastga qara- tib yaxshilab chayqatiladi. lampa nurida qurollanmagan ko'z bilan kuzatiladi. Eritmadagi suzib yurgan zarrachalar o'zida nur sindi- rishi natijasida ko'zga ko'rinadi. Bu usul ko'zni tez charchatadi va har bir ishchining qobiliyatiga bog'liq. Shuning uchun 1.54-4 marta kattalashtiradigan linzali solusioskop orqali ko'rish amali- yotgatatbiq etilgan. Buning yordamida 8 mkm gacha. qo'shimcha moslamalar yordamida esa 2 mkm gacha kattalikdagi zarrachalarni ko'rish imkoniyati yaratildi. ..Bayer" firmasi (Germaniya) tomonidan elektroavtomatik qurilma saratildi. Buning yordamida yot moddalar aralashib qol- gan, to'lmay qolgan va yomon kavsharlangan ampulalar chiqarib tashlanadi. Avtomat bir kishi tomonidan boshqariladi. [sh unum- doriigi bir soatda 8.5-9 ming ampuia. ish natijasi diagramma shak- lida hisoblab chiqariladi. Bunda umumiy tekshiruvdan o'tgan. yot modda aralashgan. to'lmagan va yomon kavsharlangan ampulalar soni ko'rsatiladi. Shunga o'xshash elektron qurilma Bolgariya- da ham ishlab chiqilgan va tatbiq etilgan. Uning ishlash jarayo- ni quyidagicha: ampulalar sentrifugaga o'xshash moslama diski- ga 10 donadan joylashtiriladi. disk daqiqasiga 4000 marta aylan- tirilib, birdan to'xtatiladi. Bunda ampula ichidagi suyuqlik hali aylanishda davoni etadi. Ampula nur bilan yoritiladi. Taqqoslash uchun eritma bilan yonma-yon toza distillangan suv to'ldirilgan ampula joylashtiriladi. Ampulalardan o'tayotgan nur elektr quril- masi yordamida taqqosiab ko'riiadi. Agar eritmada yot moddalar bo'lsa, ampuladan o'tayotgan nur uzluksiz bo'lmay, uzilib-uzilib o‘tadi va fotoelement yoki elektron qurilma orqali hisobga olina- di. Sankt-Peterburgdagi ..Progress“ ilmiy ishlab chiqarish birlash- masi shu prinsipda ishlaydigan asbob yaratdi. Uning yordamida 5 mkm dan ham kichik zarrachalarni ko'rish mumkin. Lekin Dav- lat Farmakopeyasida ruxsat etiladigan zarrachalarning miqdori va katta-kichikligi koTsatilmagan. Amaliyotda esa eng kichik qon tomirlari (kapillarlar) diametri 10 mkm ga teng boTganligidan eritmaning tarkibida shundan katta zarrachalar boTmasligi tek- shiriladi. Buni qurollanmagan ko‘z bilan ko‘rish mumkin. Hozir- gi zamon talabi zarrachalar kattaligi 2-5 mkm dan oshmasligini taqozo etadi. Inyeksion eritmalardagi yot moddalarning miqdori va katta- kichikligi Avstriya sogTiqni saqlash vazirligi 1966-yilda chiqar- gan birinchi rasmiy davlat standartida keltirilgan. Shu standartga binoan 1 ml eritmada 250 dan ortiq 3.5 mkm kattalikdagi zarra- cha boTmasligi kerak. Keyinchalik shunday takliflar AQSh. Ang- liya, Yaponiya farmakopeyalariga kiritildi. 1982-yildagi AQSh va 1981 -yildagi Yaponiya farmakopeyalari talabiga binoan bego- na zarrachalami aniqlash mikroskop yordamida amalga oshirila- di. Bunda membranali filtrdan oTkazilgan 1 ml eritmada diametri 10 mkm li 50 tagacha va 25 mkm li 5 tagacha zarracha boTishiga ruxsat etiladi. Buyuk Britaniya farmakopeyasiga binoan konduk- tometrik usulda aniqlanganda 1 ml eritmada 2 mkm li zarrachalar- dan 100 tadan ortiq bo'lmasligi talab qilinadi. Ampuladagi inyek- sion eritmalar pirogenlikka va zaharlilikka X DFda keltirilgan usul- iarga muvofiq tekshiriladi (X DF. 1 tom. ,,Медицина“. 1989). Eritmalaming pH i NTXga muvofiq tekshiriladi. rangi esa tegishli andoza (etalon) eritmaga solishtirib ko'riladi. Ta’sir qiluv- chi moddaning miqdori DF. FM yoki VFM bo'yicha tekshirilib ko'riladi. Download 1.46 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling