RTM-12 ning ish faoliyatini baholash. RTM-12 mashinasi- ni ishlash jarayonini baholash uchun. belgilangan tartibga binoan. 500,0 g massada taxtakachlash jarayonini kuzatish bilan olib bori-
ladi. Bunda boshlang'ich davr uchun 10 marta va tugallanish davri uchun 10 marta to'liq aylanishda olingan tabletkalar hisobga olin- maydi. Tabletka og'irligini 0,5g dan deb olinsa, bu 20 % massani tashkil qiladi (K.S.Mahmudjonova. S. A.Karimova. 2002). Qol- gan 400,0 massadan 800 ta tabletka olinadi va bu har bir matritsani 60 martadan taxtakachlashga ishtirok etishi kerakligini ko'rsatdi. Amalda 55-60 martadan qaytarilganini yetarli deb hisoblash mum- kin. Bunda jarayon silliq va bir me’yorda kechsa mashina ishini qoniqarli deb topiladi.
Taxtakachlash bosimini belgilash Buning uchun quyi puanson- ni qolipga asos qilgan holda 0,3-0.5 g massa solinadi. Keyin yuqori puanson kiygizilib. taxtakachlash asbobining plunjeriga joylashti- riladi. So'ng ushlagich yordamida asta-sekin ma'lum bosim hosil qilinadi. Masalan. natriy bromidning og'irligi 0.5 g. diametri 9 mm bo’lgan tabletkasini tayyorlash uchun 160 mPa (1600 kg/sm2) yetar- li bo'ladi. U quyidagicha hisoblanadi:
p _ ^man '26,4
'taxtakachdan „ >
^tabl
bunda:
^man ~ nianometr ko'rsatkichi, atm;
26.4 - gidrotaxtakachlash plunjerining yuzasi, sm2;
Stabi. ~ tabletka yuzasi, sm 2.
Tenglamaga qiymatlarini qo’ysak:
p ~ 2_«Ю0 3.14 t O.4S)* _38.40 .lm_
SaM m“ 26,4 26,4
Demak, og'irligi 0.5 g, diametri 9 mm bo'lgan natriy bromid tabletkasi OCT 64-7-170-75 talabiga javob berishi uchun 40 atmosfera bosim ko'rsatkichida taxtakashlash lozim, bu esa 160 MPa (1600 kg/sm2)ga to'g'ri keladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |