0‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi s. M. MahKamov, K. S. Mahmudjonova
Rotatsion, revolver turidagi tabletKa tayyorlaydigan mashinalar (RTM)
Download 1.46 Mb.
|
Tayyor dori turlari texnologiyasi (S.Mahkamov) unlocked
- Bu sahifa navigatsiya:
- 39-rasm.
Rotatsion, revolver turidagi tabletKa
tayyorlaydigan mashinalar (RTM) Revolver yoki rotatsion tabletka mashinaiari murakkab tuzi- lishga ega bo‘lib, qoliplar soni 10 dan 65 tagacha bofiishi mum- kin. Matritsalar stolga doira bo'ylab joylashtiriladi. Sinxron ravishda quyi va yuqori puansonlar ham matritsalar bilan harakatda bo‘ladi. Hampalar soni matritsalar miqdoriga bog‘liq. ular bitta. ikkita yoki undan ortiq bo'lishi mumkin. lekin amalda ko‘pincha ikkita bo'ladi va ular mashina tanasiga qimiriamay- digan qilib mahkamlab qo'yiladi. Hozirgi vaqtda 80 dan ortiq har xil tuzilishga ega bo‘lgan shu turdagi mashinalar mavjud (17-jadval). Ular qatoriga yuqori unumdorlik bilan ishlovchi. elektron qurilmalar bilan jihozlangan. ma'lum dastur asosida ishlaydigan mashinalar kiradi. Bunday qurilmalar yordamida mashinaning ishlash jarayonini boshqarib turish mumkin. Jum- ladan tabletkaning massasi. bosim kuchi va sifati tekshirib turi- ladi (39-rasm). 39-rasm. Rotatsion tabletka mashinasi, RTM-41. 7-jadval Har xil firmalar ishlab chiqaradigan RTMlarning texnik tavsifi
159 www.ziyouz.com kutubxonasi Ishlash jarayoni: puansonlar g'ildirakli puanson ushlagichlar- ga mustahkamlangan bo'lib. yuqori puansonlar yuqorigi iz. quyi puansonlar quyi iz bo'ylab harakatlanadi (40-rasm). 40-rasnt. RTMning ishlash jarayoni. 1 - hampa; 2 - yuqori va pastki izlar (kopir); 3 - harakatlantiruvchi g;ildiraklar; 4 - bosim hosil qiluvchi g'ildiraklar; 5 - matritsa hajmini belgilovchi g’ildirak; 6 - yuqori va pastki puansonlar; 7 - matritsa. Yuqoridagi rolik bosimni moslashtirishga, pastki rolik matritsa teshikchasi hajmini. chuqurligini belgilashga xizmat qiladi. Pastki puanson kopir (iz)ning eng quyi nuqtasiga, yuqorigisi eng baland nuqtaga kelgan vaqtda qolip hampa ostidan o'tib. matritsa teshigi massa bilan to'ladi. Shundan so'ng ikki tomonlama kopir bo'yJab harakatlanayotgan puansonlar asta-sekin massani taxtakachlay- di. So‘ng puansonlar sekin-asta ko'tarila boshlaydi, shunda pastki puanson tayyor tabletkani stol yuzasiga itarib chiqaradi. Bu tablet- ka yig‘uvchi moslama yordamida qabul qiluvchi idishga tushadi. Ish jarayonida massaning bir me'yorda tushishini ta’minlash va uning qavatlanib qolmasligi uchun hampa aralashtirgichlar bilan jihozlangan bo'ladi. Bu turdagi mashinaning afzalliklari: yuqori unum bilan shov- qinsiz ishlashi. bosimning ikki tomonlama bir me'yorda ko'payib borishi. hampadan tabletka massasi tushayotganda qavatlanib qol- masligi va boshqalar. Kamchiligi: mashinaning murakkabligi, uni sozlash. ishchi qismlarini almashtirish, bir turdan boshqa turga o'tkazish uchun mutaxassis talab qilinishi. Tabletka tayyorlaydigan mashinaning taxtakachlash jaray- onida bevosita ishtirok etadigan qismlari (press-shakl) oliy navli poTatdan tayyorlangan bo*lishi kerak. Chunki bu jarayon murak- kab sharoitda o'tadi: kuchli ishqalanish natijasida qoliplar isib ketib kengayishi, yemirilishi, zanglashi. sinishi mumkin. Kerakli xususiyatga ega bo'lgan material olish uchun po'latning tarkibi- ga har xil elementlar kiritiladi ("Технология металлов и других конструкционнмх материалов". N. F.Kazakov. А.М. Asokin. А.Р. Shishkova. -Moskva. 1976.). Qaysi element kiritilganligiga qarab po'lat yorliqlanadi: U 8, 9XC, I2XH 2. ХВГ. BK16, Х6ВФ, TBK va h.k. Bunda elementlar oldidagi son uglerodning o'rtacha miqdorini belgilaydi, agar ikki xonali son bo'lsa, uglerodning yuz- dan bir ulushi ko'rsatilgan bo'lib. bunday po'lat navi konstruksion podat deb yuritiladi. Bir xonali son bo'lsa uglerodning o'ndan bir ulushini ko'rsatib. bu nav instrumental po'lat deyiladi. Element orqasiga qo'yilgan son uning foiz miqdorini bildiradi. Agar ugle- rod miqdori 1 % gacha bo'lsa, yorliqda ko‘rsatilmaydi. Agar ele- mentning o'zi ko'rsatilib.son ko‘rsati)masa, shu elementlardan bir foizdan saqlashini bildiradi. Misol: 9XC navli po'lat tarkibida 0.9 % uglerod. 1 % xrom va 1 % kremniy saqlab. instrumenta! po'lat deyiladi. ХВГ - bu ligir- langan po'lat bo'lib, tarkibida xrom, volfram va marganesdan 1 % saqlaydi. 12XH2 - bu konstruksion po'lat bo'lib. 0.12 % uglerod. 2 % nikel va 1 % xrom saqlaydi. BK - qattiq qotishmali po'lat bo'lib, volfram va kobaltdan 1 % saqlaydi. TBK - qattiq qotishmali po'lat bo'lib. tarkibida 1 % titan. volfram va kobalt saqlaydi. 161 Bir xil sharoitda ХВГ navli po'latdan tayyorlangan press for- malar BK6 dan tayyorlanganiga nisbatan bir necha marta kam xiz- mat qiladi. Х6ВФ xrom, volfram, vanadiy qotishmasidan tayyor- langani esa 10-15 baravar ko'p xizmat qiladi. Press formalar yuzasining o‘ta silliqligi puansonlar va qolip uchun 12-13 sinfgato'g'ri kelishi kerak. Qattiqligi Rokvell yoki Brinell usullari bo'yicha o'lchanadi. Bunda metall qolip yuzasiga chiniqtirilgan konussimon po'lat yoki olmos bilan bosiladi. Qattiqlik metall yuzasida qolgan iz chuqurligiga binoan hisoblab chiqariladi va HPB indeksi bilan po'lat zoldir bo'lsa HPB indeksi bilan ifodalanadi. Metallning qat- tiqligi puansonlar uchun HPB-54-58, qolip uchun esa HPB-58-62 bo'lishi kerak. Tabletka tayyorlaydigan mashinalarning maqsadga muvofiq, to'g‘ri va uzoq vaqt ishlashini ta'minlashda qolip diametri bilan puanson diametri o'rtasidagi farq ma'lum darajada bo'lishi kerak. Smith ma'lumoti bo'yicha, 8-12 mm diametrli qolip teshik- chalari o'rtasidagi farq 0,05 mm ni tashkil qilsa maqsadga muvofiq deb qaraladi. Ayrim mutaxassislar esa bunday oraliqni 0,01-0,45 mm qilib belgilaydilar. Demak. oraliq farqi dori mod- dalarining fizik-kimyoviy xususiyatlaridan va tabletkaning katta- kichikligidan kelib chiqishi kerak. Ishlash jarayonida vaqti-vaq- ti bilan puanson va qolipning ishchi yuzasi silliqlanib turiladi. Ayrim hollarda esa uglerod, azot va metall bug'lari bilan ishlov berilib qayta tiklanadi. Tabletka tayyorlash o'rtacha 80-120 mPa bosimda olib bori- ladi. Agar modda qayishqoq bo'isa, kamroq, tarang bo'lganda esa yuqoriroq bosimda olib boriladi. Bunda taxtakachlangan tablet- kani qolipdan itarib chiqarish kuchi taxtakachlash uchun sarfian- gan kuchning taxminan 10 % ini tashkil etishi maqsadga muvofiq. Download 1.46 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling