1-§. Bir va ko`p o`zgaruvchili funksiya haqida tushuncha. Funksiyaning aniqlanish sohasi va qiymatlar to`plami
Bir o`zgaruvchili funksiya umumiy xossalari va grafigi. Tes-kari funksiya
Download 486.56 Kb.
|
ko\'p
2. Bir o`zgaruvchili funksiya umumiy xossalari va grafigi. Tes-kari funksiya
(2-rasm)
R1 fazoda, x = 0 nuqtaga nisbatan simmetrik, nuqtalarning V qism to`plami va unda aniqlangan y = f (x) funksiya berilgan bo`lsin. Agar har qanday ± x є V lar uchun f (-x) = f (x) tenglik o`rinli bo`lsa, bir o`zgaruvchili y = f (x) funksiya V to`plamda juft funksiya deyiladi. Juft funksiya grafigi 0u ordinata o`qiga nisbatan simmetrikdir. Agar har qanday ± x є V lar uchun f (-x) = -f (x) munosabat o`rinli bo`lsa, y = f (x) V to`plamda toq funksiya deyiladi. Toq funksiya gra-figi esa koordinatalar boshiga nisbatan simmetrikdir. Masalan, juft natural darajali y = x2n (n є N) funksiya juft funksiyaga misol bo`lsa, toq natural darajali y = x2n–1 (n є N) toq funksiyaga misoldir. y = f (x) funksiya uchun shunday bir musbat t son mavjud bo`lsaki, funksiyaning aniqlanish sohasiga tegishli har qanday x va x + t nuqtalari uchun f (x+t) = f (x) tenglik bajarilsa, y = f (x) funksiya davriy funksiya deyiladi. t soni esa funksiya davri deb yuritiladi. Amalda funksiya davrlari ichidan eng kichigi T ni topish masalasi qo`yiladi, qolgan barcha davrlar uning butun karralisidan iborat bo`ladi. Masalan, y = 5sin(0,25πx) funksiyaning eng kichik musbat davri . y = f (x) funksiya V R1 to`plamda aniqlangan bo`lib, uning biror-bir V1 qism osti to`plamidan ixtiyoriy ravishda tanlanadigan ikki x1 va x2 nuqtalar uchun x1 < x2 munosabatdan f (x1)< f (x2) (f (x1)≤ f (x2)) tengsizlik kelib chiqsa, u holda y = f (x) funksiya V1 to`plamda o`suvchi (kamayuvchi emas) deyiladi. Agarda funksiya aniqlanish sohasiga tegishli V1 to`plamdan ixtiyoriy ravishda tanlanadigan ikki x1 va x2 nuqtalar uchun x1< x2 shartdan f (x1)>f (x2) (f (x1) ≥ f (x2) tengsizlik kelib chiqsa, y = f (x) funksiya V1 to`plamda kamayuvchi (o`suvchi emas) deyiladi. O`suvchi va kamayuvchi funksiyalarga qat`iy monoton funksiyalar deyiladi. Masalan, y = ex aniqlanish sohasi R1 da qat`iy monoton o`suvchi funksiyaga misol bo`lsa, x haqiqiy sonning butun qismi y = [x] esa kamayuvchimas funksiyaga misol bo`la oladi. y = f (x) funksiya D(y) R1 sohada aniqlangan bo`lib, Ye(u) uning qiymatlar to`plami bo`lsin. Ushbu funksiya uchun har qanday x1, x2 є D(y) lar qaralmasin, x1 ≠ x2 shart qanoatlantirilganda, f (x1) ≠ f (x2) munosabat bajarilsin. U holda, har bir u є E(y) songa f (x) = y tenglikni qanoatlantiruvchi aniq bir x є D(y) sonni mos qo`yish mumkin, boshqacha aytganda, E(y) to`plamda berilgan y=f (x) funksiyaga teskari x=g(y) funksiyani aniqlash mumkin. Berilgan y = f (x) funksiyaning qiymatlari to`plami E(y) teskari funksiya uchun aniqlanish sohasi bo`lsa, y = f (x) funksiyaning aniqlanish sohasi D(y) teskari funksiya uchun qiymatlar sohasi rolini o`taydi. Biror–bir [a; b] kesmada aniqlangan, qat`iy monoton va uzluksiz y = f (x) funksiya, o`zining [f (a); f (b)] kesmada aniqlangan, qat`iy monoton va uzluksiz x = g(y) teskari funksiyasiga ega. Masalan, y = sin x funksiya kesmada aniqlangan, qat`iy monoton o`suvchi va uzluksiz bo`lganidan, [ -1 ; 1 ] kesmada aniqlangan, qat`iy o`suvchi va uzluksiz x = arcsin y teskari funksiyasiga ega. O`zaro teskari f (x) va g(x) funksiya grafiklari birinchi chorak simmetriya o`qi y = x to`g`ri chiziqqa nisbatan simmetrikdir. Download 486.56 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling