1- bob. Moddiy nuqta kinematikasi


Download 77.51 Kb.
bet2/6
Sana22.08.2020
Hajmi77.51 Kb.
#127305
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
1- bob. Moddiy nuqta kinematikasi


Adabiyotlar:

1. Kalashnikov S.T. Elektr Toshkent. �O�qituvchi�., 1979 y.

2. Bellyustin S.V. Klassicheskaya elektronnaya teoriya. Moskva., 1981 g.

Tuzuvchi: f-m.f.n Oxunov X.



3.04 Optika

(ma�ruza-57 soat)

Yorug�lik to�g�risidagi ta�limotning rivojlanish tarixi. Platon, Aristotel, Pifagor, Snellius ishlari. Al-Xorazmiy davri va kashfiyotlari. Nyuton, Gyuygens, Frenel va Yung tajribalari, kashfiyotlari. Elektromagnit to�lqin nazariyasining yaratilish. Nochiziqli optikaning rivojlanishi (4 s).

Fotometriya. Asosiy fotometrik kattaliklar: yoritilganlik, yorqinlik, yorug�lik kuchi, ravshanlik, yorug�lik oqimi. Fotometrlar va ularning qo�llanilishi. Teskari kvadrat usuli (4 s).

Yorug�likning elektromagnit tabiati. Elektromagnit to�lqin shkalasi. Maksvell tenglamalar sistemasi va undan kelib chiqadigan asosiy xulosalar. Elektromagnit to�lqin nurlanishining klassik nazariyasi. Garmonik ossillyator nurlanishi (4 s).

Ikki dielektrik muhit chegarasida yorug�likning sinishi va qaytishi. Frenel formulalari. Yorug�likning to�la ichki qaytishi. Refraktometriya. Sindirish ko�rsatkichining o�lchash usullari. Limitik burchak (3 s).

Optik tolalar, ularning qo�llanilishi. Qaytarish koeffitsenti va uni aniqlash (4 s).

Kogerentlik. Chiziqli optikada superpozitsiya prinsipi. Intensivlik munosabatlari. Interferensiya va uni xosil qilish usullari (2 s).

Yung, Frenel, Mayd ishlari. Yupqa plastinkalardagi interferensiya. Teng og�malik va teng qalinlik. Interferension yo�llar. Interferension manzarani xisoblash usullari. Interferensiyaning qo�llanishi. Interferometrlar. Shalen interferometrlari. Nyuton xalqalari. Ularni xosil qilish va kuzatish usullari (4 s).

Yorug�lik difraksiyasi. Gyuygens-Frenel prinsipi. Frenel difraksiyasi (2 s).

Fraungofer difraksiyasi. Yorug�likning ikki va ko�p tirqishdagi difraksiyasi. Difraksion panjara. Yassi nurlar difraksiyasi. Fazaviy panjaralardagi difraksiyasi. Vulf-Breg formulasi (4 s).

Geometrik optika asoslari. Ferma prinsipi. Yorug�likning qutblanishi. Gyuygens, Malyus, Yung, Frenel, Arago ishlari (2 s).

Island shpatida ikkilanib sinish. Ikkilanib sinishni kuzatish. Nikol prizmasi. Glanfuko prizmasi. Optik anizotropiya. Anizotrop muhitlar. Indikatrisa tenglamasi (4 s).

Fotoelastik. Bartmeni, Bryuster, Zvebek ishlari. Kerr effekti. Zvebek effekti. Kotton - Muton effekti. Yorug�lik dispersiyasi. Dispersiyaning elektron nazariyasi. Yorug�likning sochilishi. Reley qonuni. Yorug�likning molekulyar sochilishi. Fluktuatsiyalar. Dipol momenti fluktuatsiyasi. Sochilgan yorug�lik intensivligi. Sochilgan yorug�likning qutblanishi. Yorug�lik sochilishida kvant hodisalari. Debay to�lqinlari va undagi yorug�lik (4 s).

Mandelshtamm - Brillyuen sochilishi. Yorug�likning yirik zarralarda sochilishi. Sochilishdagi depolyarizatsiya. Uni o�lchash. Yorug�lik sochilishining statistik nazariyasi. Issiqlik nurlanish turlari. Muvozanatli nurlanish. Nomuvozanatli nurlanish (4 s).

Stefan -Bolsman qonuni. Vinning siljish qonuni. Plank formulasi. Yorug�lik kvantlari haqidagi gipoteza va uning fotoeffekt hodisasida ishlatilishi. Yorug�lik bosimi. Lebedev ishlari. Yorug�lik bosimining kvant nazariyasida talqin etilishi (4 s).

Harakatdagi jismlar optikasi va elektrodinamikasi. Fizo va Maykelson tajribalari (4 s).

Maxsus nisbiylik nazariyasi asoslari (2 soat).

Nochiziqli optika asoslari. Optik kvant generatorlari (4 s).



Adabiyotlar:

1. Sivuxin D.V. Umumiy fizika kursi. IV-jild. Toshkent., �O�qituvchi�. 1981-y.

2. Strelkov S.P. Umumiy fizika kursi. Toshkent., �O�qituvchi�., 1977-y.

3. Putilov K.A. Fizika kursi. III-tom. Toshkent., �O�qituvchi�., 1981-y.

4. Frish S.E., Timoreva A.V. Umumiy fizika. III-tom. �O�qituvchi�., Toshkent. 1972-y.

5. Volkenshteyn V.S. Umumiy fizika kursidan masalalar to�plami. Toshkent., �O�qituvchi�. 1969-y.



Optikadan fizika ixtisosligi II-bosqich talabalari uchun amaliy ( praktika ) mashg�ulotlari uchun ishchi dastur (57 soat.)

Geometrik optikaga doir masalalar yechish. Sinish va qaytish qonunlari, linza formulasi, sferik ko�zgular (6 soat).

Yoritilganlik qonunlari. Yorug�lik oqimi, yoritilganlik, ravshanlik, yorqinlik va yorug�lik ukchiga doir masalalar yechish (6 soat).

Yorug�lik interferensiyasi. Yupqa plastinkalarda interferensiya. Nyuton halqalari. Interferension manzarani hisoblashga doir masalalar yechish (6 soat).

Yorug�lik difraksiyasi. Frenel zonalari. Difraksion panjara. Frenel va Fraungofer difraksiyasiga doir masalalar yechish (6 soat).

Yorug�likning qutblanishi. Bryuyer qonuni, qutblanish tekisligini burilishiga doir masalalar yechish (6 soat).

Maxsus nisbiylik nazariyasi. Inersial sanoq sistemalarida massa, uzunlik va vaqtning insbiyligi. Relyativistik energiyaga doir masalalar yechish (6 soat).

Issiqlik nurlanishi. Stefan-Bolsman qonuni. Vinning siljish qonuniga doir masalalar yechish (6 soat).

Yorug�likning kavant tabiati. Fotonlar. Foton massasi, impulsi va energiyasiga doir masalalar yechish (6 soat).

Yorug�likning bosimi. Kompton effektiga doir masalalar yechish (6 soat).

De-Broyl to�lqinlariga doir maslalar yechish (3 soat).

Adabiyotlar.

1. Irodov I.Ye. Zadachi po fizike. Moskva. �Nauka� 1988 g

2. V.S. Volkenshteyn. Umumiy fizikadan masalalar to�plami. Toshkent �O�qituvchi� 1969 y

3. I.V.Sedrik. umumiy fizikadan masalalar to�plami. Toshkent �O�qituvchi� 1991 y

Tuzuvchi: dotsent Ortiqov A.

3.05 Atom fizikasi va atom hodisalari

(ma�ruza-36 soat)

Kirish. Atom, molekula va yadro hodisalari. Mikrodunyo qonunlarining o�ziga xos xususiyatlari. Atom to�g�risidagi tushunchalarning rivojlanishi. Atom va molekulalar. Atomlarning davriylik xossalari (4 s).

Atom spektridagi qonuniyatlar va kombinatsion prinsip. Elementar elektr zaryadi to�g�risida tushuncha va elektronning kashf etilishi (2 s).

Atomning yadroviy modeli. Atom yadrosining zaryadi, massasi, ularni tajriba usuli bilan aniqlash. Kvant tushunchasini rivojlanishi. Modda va nurlanish. Energiyani kvantlash. Yutilish va chiqarish nurlanishining diskretligi (4 s).

Kvant nurlanish chastotalari va statsionar holatlar uchun Bor postulatlari. Frank-Gers tajribalari. Kombinatsion prinsip va uning fizik mohiyati tahlili. Bor atomining modeli. Moslik prinsipi va uni vodorod atomi uchun qo�llash. Aylanaviy orbitalar va ularni xarakteristikalari. Bor-Zommerfeld kvantlash qoidasi. Atomlarning magnit xossalari. Shtern va Gerlax tajribalari (4 s).

Korpuskulyar-to�lqin dualizmi. Nurlanishning korpuskulyar xossalari. Lui-de-Broyl gipotezasi. Elektronlar, atom molekulalari va neytronlarni difraksiyasi (4 s).

Atom sistemalarini kvanto-mexanik nuqtai-nazardan tushuntirish. Kvant holatlari tushunchasi va shu holatlarni to�lqin funksiyasi bilan tushuntirish. To�lqin funksiyasining extimollik interferensiyasi (2 s).

Kvant mexanikasi va klassik mexanika harakatlarni tushuntirishdagi farqlari. Superpozitsiya prinsipi. Noaniqliklar munosabati. Shryodinger tenglamasi. Tanlash qoidasi va matritsa elementlari (4 s).

Kvant mexanikasida oddiy bir o�lchovli masalalar. Potensial o�ra va garmonik ossillyator. Tunnel hodisasi. Energiya satxlari (2 s).

Aynan bir xil zarralar sistemasining kvant mexanikasi. Simmetrik va antisimmetrik to�lqin funksiyalari. Bozon va Fermionlar. Fermi-Dirak taqsimoti. Pauli prinsipi (4 s).

Vodorod atomi. Elektronning kvant sonlari va energetik satxlar (2 s).

To�lqin funksiyasi va extimollik zichligining taqsimoti. Atom spektrlari. Spin-orbital o�zaro ta�sirlashuv va nozik tuzilish. O�ta nozik tuzilish (2 s).

Ko�p elektronli atomlar. Kvant sonlari bilan ayrim elektronlarning xususiyatlarini atroflicha izoxlash. Pauli prinsipining tatbiqi. Atom elektron qobiqlari. Mendeleev elementlar sistemasining davriy qonuni, fizik ma�nosi. Ko�p elektronli atomlardagi elektronlarning o�zaro ta�siri. Moslashuv maydoni to�g�risida tushuncha. Geliy atomining energetik sathlari va spektrlari. Xund qoidasi (4 s).

Molekulalar xarakatining turlari, elektron qobiqlar va ximik bog�lanishlar. Ikki va ko�p atomli molekulalar (2 s).

Tashqi maydondagi atomlar va molekulalar. Zeeman, Pashen va Pfund hodisalari. Magnit rezonansi va uni tekshirish. Elektron paramagnit rezonansi, yadro magnit rezonansi. Atom va molekulalar qutblanishi. Shtark effekti. Elektrik rezonans (4 s).

Qattiq jism kvant xossalari. Zonalarning hosil bo�lishi. Kristallardagi qo�zg�atilgan elektron holatlar. Eksitonlar to�g�risida tushuncha. Gaz va plazmalarda elementar hodisalar. Qo�zg�alish hodisalari (4 s).



Adabiyotlar:

1. Shpolskiy E.V. Atomnaya fizika. 1-2 tom., Moskva., Nauka., 1983 g.

2. Bekjonov R.B., Axmadjonov B., Atom fizikasi. Toshkent., �O�qituvchi�., 1979 y.

3. Sivuxin D.V. Ob��y kurs fiziki. Atomnaya i yadernaya fizika., 1- tom., Moskva., �Nauka�., 1976 g.

Tuzuvchi: dotsent Abdurahimov A.A

3.06. Yadro fizikasi va elementar zarralar

(ma�ruza-38 soat)

Kirish. Yadro va elementar zarralar fizikasining taraqqiyot bosqichlari. Mikrodunyo hodisalarining o�lchovlari (4 s).

Atom yadrosining umumiy xossalari. - zarrachaning sochilishi uchun Rezerford tajribalari. Yadro - proton va neytronlar o�zaro ta�sirini aks ettiruvchi sistema. Yadro zaryadi, massasi va massa soni. Izotop va izobarlar. Yadroning bog�lanish energiyasini ifodalovchi empirik formula. Magik sonlar. Barqaror va radioaktiv yadrolar. Spin va juftlik (4 s).

Bozon va fermionlar. Pauli prinsipi. Radioaktivlik. Tabiiy va sun�iy radioaktivlik. Yemirilishning statistik xarakteri (4 s).

Radioaktiv yemirilish qonuni. - yemirilish. - zarralar spektrlari. - zarra yemirilish davrining - zarraning energiyasiga bog�liqligi. - yemirilish nazariyasining elementlari. Tunnel effekti. Yadro o�lchamlarini - yemirilish natijalari asosida tushuntirish (4 s).

- yemirilish. - yemirilish turlari. Elektronlar energetik spektrlari. Neytrino zarrachasining mavjudligini tajriba yo�li bilan isbotlanishi. - yemirilish nazariyasining elementlari. Kuchsiz ta�sir tushunchasi. Ruxsat etilgan va man etilgan zonalar. - o�tishlar. - yemirilishdagi juftlikning saqlanmasligi. Neytrino massasi masalasi (4 s).

- nurlanish. Elektr va magnit o�tishlar. - o�tishlar uchun moment va juftlik bo�yicha tanlov qoidasi. Har xil multipol holatlar uchun o�tish ehtimolliklari. Yadro izomeriyasi. Ichki konversiya. Myossbauer effekti, uning fizika va texnikada qo�llanilishi (4 s).

Yadro reaksiyalari. Zarralarni qayd qiluvchi asboblar va tezlatkichlar. Yadro reaksiyalarning kesimlari va mexanizmlari. Yadro modeli. Breyt � Vigner formulasi. To�g�ri yadro reaksiyalari. - kvant, elektron, neytron, yengil va ko�p zarrali ionlar bilan amalga oshirilgan reaksiyalarning o�ziga xos xususiyatlari. Tranuran elementlar (4 s).

Atom yadrolarining bo�linishi va sintez qilinishi. Bo�linish nazariyasi elementlari. Neytronlar ta�sirida o�z-o�zidan (spontan) bo�linishi. Yengil yadroldarning sintez qilinishi. Termoyadro sintezini boshqaruv masalalari. Atom yadrolarining modellari. O�rtacha yadro maydonining potensiali. Yadro qobiq tuzilishining fizik asoslari. Kuchli spin-orbital o�zaro ta�sir (6 s).

O�rtacha yadro potensialidagi bir zarrali holatlar. Yadrolar spin va juftlik holatlarini qobiq modeli vositasida tushuntirish, qoldiq o�zaro ta�sirlar. Ko�p zarrali qobiq modeli to�g�risida tushuncha. Yadroning umumlashgan xossalari. Yadroning tebranma va aylanma harakat holatlari (4 s).

Deformatsiyalangan yadrolar. Deformatsiyalangan yadrolardagi nuqsonlar harakat holatlari. Bir zarrali kollektiv harakatdagi bog�liqlik. Nuklon-nuklon o�zaro ta�sir. - sistema. Deyton- bog�langan holat. Deytonning asosiy xossalari. Deytonning to�lqin funksiyasi. Yadro kuchlarining tenzor xususiyatlari. Neytronlarni protonlarda sochilishi. Yadro kuchlarining spin bog�lanishi. O�xshash zarralar sochilishining xususiyatlari. Yadro kuchlarining zaryadga bog�liq emasligi. Izotop spin. Paulining umumlashgan prinsipi. Yadro kuchlarining almashinish xususiyatlari. Yadro kuchlarining to�yinish xossalari (4 s).

Yadro nurlanishining modda bilan ta�siri. Ionlashish va qo�zg�alish jarayonida energiya yo�qotilishi. Vavilov- Cherenkov nurlanish hodisasi. Zaryadlangan zarralarning yugurish so�li. Neytronlarni modda bilan o�zaro ta�siri. Sekin haraktdagi neytronlar. - nurlarni moddadan o�tishi. O�zaro ta�sir mexanizmi effektiv kesimini - kvant energiyasi va moddaning xossalariga bog�liqligi. Hozirgi zamon fizikasi (4 s).

Yuqori energiyalar fizikasidagi eksperimental usullar. Yuqori energiyali zarralar dastasini olish usullari. Qarama-qarshi yo�nalgan zarralar. Relyativistik kinematika elementlari. Zarralarning tug�ilish va yemirilishini kuzatish jarayonlari. Qisqa yashovchi zarralarni kuzatish usullari (2 s).

Elementar zarralarning umumiy xossalari. Leptonlar. Adronlar va bozonlar. Zarralar va antizarralar. Zarralar o�zaro ta�sirining mexanizmlari. Feynmann diagrammalari. Zarralar bir-biriga aylanishining tartibga solishdagi saqlanish qonunlari. O�zaro ta�sir klassifikatsiyasi (2 s).

Elektromagnit ta�sirlar. Kvant elektrodiniamikasi elementlari. Kuchli ta�sir va adronlar tuzilishi. Kvark va glyuonlar, ularning asosiy xususiyatlari. Leptonlar. O�ta noelastik sochilishdagi adronlar kvark-glyuon tuzilishining namoyon bo�lishi. Barion va mezonlarning kvark tuzilishi. Kvark va glyuonlarning yangi kvant xususiyatlari. Asimptotik erkinlik. Adronlar ishtirok etgan asosiy fizik jarayonlar (2 s).

Kuchsiz o�zaro ta�sir. Kuchsiz ta�sirning universalligi. Oraliq bazonlar-kuchsiz o�zaro ta�sir vositachilaridir. Kuchsiz o�zaro ta�sir maydon nazariyasi xaqida asosiy tushincha. Vaynberg-Salam modeli. Kuchsiz o�zaro ta�sir natijasida elementar zarralar bir-biriga aylanishining asosiy turlari (2 s).

Elementar zarralar nazariyasidagi ayrim prinsipial masalalar. Diskret simmetriyalar va SRT teorema. Izatopik va rangli simmetriya. Kuchsiz elektromagnit va kuchli o�zaro ta�sirlar umumiy fizik nazariyani yaratish prinsipi- invariantlik (kalibrovochnaya-invariantnost) prinspidir (2 s).

Kosmik nurlar. Birlamchi kosmik nurlar. Kosmik nurlanishlarni atmosferadan o�tishi. Kosmik nurlar variatsiyasi. Yer radiatsion belbog�i (poyas). Kosmik nurlar kelib chiqishini gipotezasi. Kosmik nurlanish zarralarini tezlatish mexanizmini imkoniyatlari (2 s).

Atom, yadro va yuqori energiya (elementar zarralar) lar fizikasining hozirgi zamon fizikasini taraqqiyotidagi roli (2 s).

Foydalanilgan adabiyotlar:

1. Shpolskiy E.V. Atomnaya fizika. 1,2, tom, M. Nauka 1983.

2. Bekjonov R.B., Ahmadxo�jaev B. Atom fizikasi. Toshkent, �O�qituvchi�, 1979.

3. Sivuxin D.V. Obshiy kurs fiziki. Atomnaya i yadernaya fizika. 1-qism, M. Nauka,1976

Tuzuvchi: dotsent Abdurahimov A.A

3.08 Fizikaviy ekologiya

(ma�ruza-30 soat)

Tushuntirish xati

Mazkur ishchi dastur universitetlarning �fizika-bakalavr� yo�nalishida tahsil oluvchilar uchun o�tiladigan �fizikaviy ekologiya� fani uchun uchun ma�ruza va amaliy mashg�ulotlar uchun mo�ljallangan bo�lib, ish rejaga asosan ushbu fandan ma�ruzaga ajratilgan 30 soat, amaliy mashg�ulotlar uchun ajratilgan 20 soat ish hajmi uchun tuzilgan.

Dasturni fanning yangiligini, fanni o�rganishda bevosita fizikaning bo�limlarini o�qitilishidagi moslikni ta�minlashni, darslik va qo�llanmalarning yo�qligini, o�quv adabiyotlarning taqchilligini e�tiborga olgan tayyorlandi.

Fan haqida dastlabki ma�lumotlar (Ma�ruza 4 soat).

Fizikaviy ekologiya fani haqida tushuncha. Fizikaviy ekologiya fani nimani o�rganadi? Fizikaviy ekologiya fanining maqsad va vazifalari. Fizikaviy ekologiya fanining o�rganish ob�ektlari. Fanning o�rganish uslublari. Kuzatish. Laboratoriya. Ilmiy bashorat. Qiyosiy o�rganish. Empirik o�rganish. Fizikaviy ekologiya fanining asosiy tushunchalari. Biosfera. Ekologiya. Ekologik omillar. Biotik omillar. Abiotik omillar.

Atmosfera fizikasi va ekologiya (Ma�ruza 4 soat, amaliy mashg�ulotlar 2 soat).

Atmosfera haqida tushuncha. Atmosfera bosimi. Atmosfera bosimining balandlikka bog�liqlik masalasi. Atmosfera, atrof-muhit va texnika taraqqiyoti. Ekologiya va uni buzuvchi omillar. Fizik omillar. Kimyoviy omillar. Biologik omillar. Fizikaviy omillarning turlari. Atrof�muhit va fizika. Texnika taraqqiyoti va ekologiya. Namlik va uning inson ahamiyati. Namlikka doir masalalar yechish.

Shovqin va infratovushning fizikaviy ekologiyasi (Ma�ruza 6 soat, amaliy mashg�ulot 4 soat).

Eshitish va og�riq bo�sag�asi. Shovqin. Shovqin kattaliklari. Shovqinni ekologik ta�sirining fizik asoslari. Shovqin kattaliklariga doir masalalar.

Infratovush. Infratovush kattaliklari. Infratovush ta�siriga va kattaliklariga doir masalalar yechish. Infratovushning inson salomatligi va atrof-muhitga ta�siri.

Issiqlik manbalari, avtotransport va Quyosh energiyasidan foydalanishning ekologik aspektlari (Ma�ruza 8 soat, amaliy mashg�ulot 4 soat).

Issiqlik manbalarining ekologiyaga ta�siri. Issiqlik qurilmalarining foydali ish koefitsientiga doir masalalar. �Parnik� effekti. Issiq chiqindilar va ulardan himoyalanish. Issiqlik elektr stansiyalarining atrof muhitga ta�siri. Ichki yonuv dvigatellarining atrof-muhitga ta�siri.

Quyosh energiyasi va undan foydalanish. Geliotexnika. Geliotexnik qurilmalarning afzalliklari va kamchililiklari.

Elektromagnit tebranishlar va to�lqinlarning ekologiyaga ta�siri (Ma�ruza 4 soat, amaliy mashg�ulot 4 soat).

Elektromagnit tebanishlar va to�lqinlar. Elektromagnit tebranishlar va to�lqinlarni xarakterlovchi asosiy kattaliklar. Elektromagnit to�lqin shkalasi. Zararli ETT lardan himoyalanish. ETT ning bosimi. ETT kattaliklari va bosimiga doir masalalar.

Rentgen nurlari. Rentgen nurlaridan ilmiy va amaliy foydalanishning ekologik muammolari. Rentgen nurlari difraksiyasi va kiruvchanligini baholash masalalari.

Radiatsiyaning fizik ekologiyasi (Ma�ruza 4 soat, amaliy mashg�ulot 6 soat).

Radioaktiv moddalar. Radoaktiv yemirilish masalasini yechish. Radiatsion nurlanishlar. nurlanishlar. nurlanishlar va yemirilishlarga doir masalalar. Radiatsion nurlanishlarning ekologiya va insonga ta�siri. Chernobil fojiasi. Radiatsion nurlanishlardan himoyalanish. Radiatsiya darajasi. Nurlanish dozasi. Raditsiya darajasi va nurlanish dozasiga doir masalalar. Radiatsion nurlanishni qayd etuvchi asboblar va ularning turlari.



Fizikaviy ekologiya

( laboratoriya; 22-soat )

Tushuntirish xati

Mazkur ishchi dastur universitetlarning �fizika-bakalavr� yo�nalishida tahsil oluvchilar uchun o�tiladigan �fizikaviy ekologiya� fanidan tajriba mashg�ulotlari uchun mo�ljallangan bo�lib, ish rejaga asosan ushbu fandan tajriba mashg�ulotlar uchun ajratilgan 22 soat ish hajmi uchun tuzilgan.

Dasturni fanning yangiligini, fanni o�rganishda bevosita umumiy fizikaning boshqa bo�limlaridagi tajriba ishlari bilan moslikni ta�minlashni, darslik va qo�llanmalarning yo�qligini, o�quv adabiyotlarning taqchilligini e�tiborga olgan tayyorlandi.

Eritmalar. Eritmaning konsentratsiyasini Vestfal tarozisida aniqlash (4 soat)

Gigrometr va psixrometrlar bilan tanishish. Shudring nuqtasini aniqlash. Namlikni o�lchash usullari (4 soat).

Zaryadlangan zarrachalarni qayd qiluvchi asboblar va ularning turlari. Zaryadlangan zarrachalarni qayd qiluvchi asboblar bilan ishlash. Geyger-Myuller sanagichi. Geyger-Myuller sanagichi yordamida zaryadlangan zarrachalarni qayd qilishni o�rganish (4 soat).

nurlanish. -nurlarning moddalar bilan ta�sirini o�rganish (4 soat).

Radioaktiv nurlanish dozasi. Radioaktiv nurlanish dozasini o�lchash. Dozimetrlar. Dozimetrlar bilan ishlash( 4 soat).

Rentgenometrlar. Rentgenometr bilan ishlashni o�rganish (2 soat).

Tuzuvchi: X. Madaminov



3.15 Fizika o�qitish uslubiyoti va tarixi

(ma�ruza � 30s)

Fizika o�qitish uslubiyoti va tarixi fanining maqsadi va vazifalari. Tabiiy fanlar va fizika tarixi. FO�UT -fan sifatida uning predmeti, ilmiy tadqiqot uslublari, rivojlanish tarixi. FO�UT ning fizika, falsafa, pedagogika, psixologiya fanlari bilan bog�lanishi (2 s).

Fizika tarixining 3 davri; shakllanish, klassik va xozirgi zamon fizika tarixi. Matematika, astronomiya fanlari va tabiiy fanlar. Gretsiya va Misrda fan taraqqiyoti Fales, Pifagor, Demokrit,Aristotel, Arximed, Yevklid, Ptolomey ishlari. Materialistik va idealistik maktablar. Demokrit prinsiplari va atomistika. Platon akademiyasi. Aristotel ta�limoti. Meta-fizik ta�limot (2 s).

Grek fani taraqqiyoti va uning so�nishi va fizika tarixi. Arab xalifaligi davrida fizika va tabiiy fanlar. Davlat orasidagi munosabatlar va fizika fani. G�arbiy Yevropada fizika. Markaziy Osiyo va Beruniy ishlari (2 s).

Evropada fan va olimlarning tabiiy fanlar sohasidagi ishlari. Uyg�onish davri va fizika tarixi, Italiyada fizika fani. Gumanitar dunyoqarash. Yangi fizika tarixi. Kopernikning ilmiy ishlari. Geotsentrik va geliotsentrik sistemalar. XVIII asr fizika tarixi. Fizika fangining bo�limlari. XIX asr boshlari va fizika tarixi. Zamonaviy fizika va uning taraqqiyoti (2 s).

Fizika o�qitishning ilmiy-nazariy va uslubiy asoslari. Fizika � fan va fizika o�quv kursi sifatida. Fizika o�qitish jarayoni �didaktik tizim sifatida. Respulikada fizika o�qitishning uch bosqichli (umumta�lim, o�rta maxsus ta�lim, oliy ta�lim). Bu bosqichlarda fizika o�qitishning tarkibiy tuzilishini belgilashda va takomillashtirib borishda FO�UT ning vazifalari va dolzarb muammolari; ilmiy dunyoqarashni shakllantirish, ta�lim�tarbiya birligi va qobilyatni rivojlantirish (2 s).

O�quvchilarning kasb tanlashda fizikaning roli. Fizika o�qitishda o�quvchilar yoshini hisobga olish. O�rta ta�lim tizimida fizika o�qitishda o�quvchilarning aqliy faoliyatini rivojlanish darajasini bosqichli ravishda tashkil qilish nazariyasidagi tamoyillar. Fizika nazariyasini o�rganishda ilmiy siklik sxema (2 s).

O�rta ta�lim tizimida fizika kursining tuzilishi. Bu tizimda fizika dasturini tuzish asoslari. Oliy o�quv yurtilarda (bakalavriyat va magistratura bosqichlari). Fizika kursini fanlararo hamda o�qitishning mehnat ta�lim bilan bog�lanishi. O�quv dasturlari va darsliklari taxlili. Fizika o�qitishning maqsadlari. Chuqur o�rganiladigan kasbay yo�nalishidagi o�quv yurtlarida fizika o�qitishning asosiy vazifalari. Fizikani mutaxassisliklarga moslab o�qitish. Fizika ta�limi bosqichlarida o�qitishni mutanosibligini (uzluksizligini ta�minlash) (2 s).

O�rta ta�lim o�quv yurtlarida fizika darslarini tashkil qilish. O�rta ta�lim o�quv yurtlari (umumta�lim, kattalar ta�limi o�quv yurtlarida (KTO�Yu), texnikumi kechki o�qishlar, maxsus mutaxassislashtirilgan va tezlashtirilgan (ekstrant), gimnaziyalar)da fizika o�qitishning xususiyatlari (2 s).

Fizika o�qitish tizimi. O�qitishni tashkil qilish turlari; ma�ruza, seminar, ekskursiya, mustaqil topshiriqlar, amaliy, laboratoriya, masalalar yechish, tayanch matnlar ustida ishlash (2 s).

Fizika darslarini turlari va ularning tarkibiy tuzilishi; yangi o�quv materialini o�rganish, mustaxkamlash, umumlashtiruvchi, bilimlarni nazorat qilish hamda baholash,zamonaviy dars. Bu darslarning tavsiflari va ularga ko�yiladigan talablar (2 s).

Fakultativ mashg�ulotlar, ularning maqsadi va vazifalari, o�tkazish uslubi. Fizikadan sinfdan tashqari ishlar qilish va ularni o�tkazish uslublari. Fizika o�qitish maqsadi va vazifalari bilan o�quv jarayonini rejalashtirish orasidagi bog�lanish. Fizika o�quv materialini rejalashtirishga qo�yiladigan uslubiy talablar. Darslarga o�qutuvchining tayyorgarligi, reja, matn tuzish, seminar va boshqa o�quv tadbirlar o�tkazishni rejalashtirish (2 s).

Dars va boshqa mashg�ulotlarda. O�quvchilarni mustaqil ishlashga o�rgatish. Mustaqil ish turlari, ularnim tashkil qilish uslublari. Iqtudorli va iste�dodli yoshlar bilan ishlash (2 s).

Oliy va o�rta maxsus o�quv yurtlarida fizika mashg�ulotlarini tashkil qilish. Turlicha mutaxasislashtirilgan oliy va o�tra maxsus o�quv yurtlarida fizikadan o�quv dasturlari, ularning tarkibiy tuzilish. Bularda fizika fanini o�rnini mutaxasis fanlar bilan bog�lanish. Fizikaning amaliy yo�nalishlari. Ma�ruza va unga bo�lgan uslubiy talablar (2 s).

Fizika ma�ruzasi turlari va tuzilishi. Muammoli ma�ruza. Ma�ruzada namoyishlar. O�TV. Seminar. Amaliy mashg�ulotlar. Laboratoriya ishlari (2 s).

Talabalarning auditoriya mashg�ulotlarida va boshqa vaqtlarida mustaqil ishlashni tashkil qilinishining turli shakllari. Talabalarning ilmiy-tadqiqot ishlari. Talabalarning bilimlarini nazorat qilish shakllari. O�quv ishlarini rejalashtirish (2 s).



Download 77.51 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling